Turizm faoliyati bilan shug‗ullanuvchi subyektlarga litsenziya berish tartibini tushuntirib bering .
Turfirmalarning litsenziyaga amal qilish shartlari nimalardan iborat? 3.Litsenziyalar reyestrida qanday ma‘lumotlar beriladi 4.Litsenziyaning amal qilishini to‗xtatib turish, to‗xtatish, litsenziyani bekor qilish kanday amalga oshiriladi?
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonini
Сафарова Н. Н. Туризм ривожланишининг илмий-назарий асослари / Сафарова Н. Н., Нарзикулов М. П.. - Тошкент : IFMR, 2017. - 220 б
Turizm: nazariya va amaliyot : darslik / Boltabayev M. R., Tuxliyev I. S.,
Safarov B. Sh., Abduxamidov S. A.. - Toshkent : Barkamol fayz media, 2018
Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‗urtalashning chet el tajribalari.
Turistik sug„urta va uning turlari
O‗zbekiston Respublikasi "Turizm to‗g‗risida"gi qonunining 20- moddasi "Turistlarni sug‗urta qilish",-deb nomlanib, unda: Turistlarni sug‗urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat subyektlari tomonidan sug‗urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‗lgan tegishli sug‗urta tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi deyiladi. Biror joyga yoki mamlakatga qatnovchi turist mahalliy aholiga qaraganda ko‗proq noqulay omillarga duch keladi. Shuning uchun avvalambor turistning sog‗ligi sug‗urtalanadi. Keyin esa mol-mulki sug‗urtalanadi.Turistning bir kunlik turistik sug‗urtasi o‗rtacha bir yarim dollorga to‗g‗ri keladi. Endi dunyodagi turistlar soni yarim milliard bo‗lib, sayohat 5-7 kun davom etsa, turizmning sug‗urtalash sohasida aylanayotgan mablag‗ hajmini baxolash qiyin emas. Turizm rivojlangan mamlakatlarda maxsus tezkor xizmat guruhlari tashkil etilgan bo‗lib, turistga biror korhol bo‗lsa u telefon orqali o‗zining shaxsiy nomerini aytadi va unga zarur bo‗lgan yordam ko‗rsatiladi.
Turizm statistikasiga qaraganda, sug‗urta to‗lash holati har bir 100 ta turistning bittasiga to‗g‗ri keladi. Shu o‗rinda ta‘kidlab o‗tish kerakki, turistlar bilan ro‗y bergan har qanday holatlar sug‗urta kompaniyasi tomonidan tan olinmaydi va unga sug‗urta puli berilmaydi. Hozirgi vaqtda turizm sohasida sug‗urta tizimi 10 dan ortiq sug‗urta xizmatini taklif etadi.
2. Respublikamizda turistlarni shaxsiy sug‗urta qilish - sug‗urta qilishning maxsus ko‗rinishi bo‗lib, turistlarning mulkiy manfaatini u turistik safarda, sayohatda bo‗lganda himoya qiladi. Umuman olganda turistlarni shaxsiy sug‗urta qilish, sug‗urtalashning xavfli bir turi bo‗lib, uning asosiy xususiyati (ahamiyati) qisqa muddatliligi shuningdek sug‗urta holatida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan katta darajadagi zararlardadir.
Asosan turistlarni shaxsiy sug‗urta qilish hodisalariga baxtsiz voqealardan sug‗urtalash, kasalliklardan sug‗urtalash, o‗lim yoki qurbon bo‗lish hodisalari kiradi. Agarda Germaniya, Fransiya, Amerika va boshqa davlatga safarga chiqish oldidan bu borada so‗raladigan bo‗lsa, u allaqachon sug‗urta muassasasiga murojaat qilib, bunga erishganini bilib olish mumkin. Shaxsiy sug‗urta qilish turizmda alohida o‗rin tutadi, garchi sug‗urta qilish holatlari turlari juda kengdir. Sug‗urta badali (sug‗urta to‗lovi) ko‗rsatiladigan xizmatning murakkabligiga, turiga, turist o‗zi uchun xoxlagan sug‗urta qoplamining miqdoriga, turist yo‗l olgan mamlakat holatiga bog‗liqdir67.