O„zbеkiston rеspublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim


Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari



Yüklə 2,65 Mb.
səhifə90/97
tarix05.12.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#138261
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97
TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI

Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari.


Jahon tajribasida tashkilot usullarining agentliklar bilan o‗zaro aloqasi va agentlik tarmoqlarining qurilishi tashkil topgan va yaxshi ishlangan. Bu murakkab zanjirning hamma xalqalari agentlik shartnoma asosida, ba‘zilari odatdagi turlarni sotish shartnomasidan farq qilgan holda bir-biriga ta‘sir qiladi. Qoida bo‗yicha agentlik shartnomasida ikkita qatnashuvchi bo‗ladi. Mohiyati va ichki tabiatiga ko‗ra agentlik shartnomasi ahdnoma topshirig‗iga yaqin, har qanday holatda ham agentlik shartnomasi - bu ishlab chiqaruvchi va agent sotuvchi orasidagi ahdnoma bo‗lib, agentlik rag‗batlantirish shartlari bo‗yicha turlarni sotish va jo‗natish ishlarini amalga oshiradi.


Agentlik bitimini tuzish shartlari har bir davlatning fuqarolik kodeksida bo‗ladi va agentlik shartnomalariga topshiriq va komissiya ahdnomalari haqidagi qoidalar qo‗llanishi belgilangan. Bunga mos ravishda agentlik shartnomasi quyidagi sharoitlarga ega bo‗lishi mumkin;

      • bir tomon (turagent) o‗z nomidan va boshqa tomon hisobiga (turoperator) belgilangan yuridik kuchni bajarish majburiyatini o‗z zimmasiga oladi;

      • bir tomon (turagent) mukofotlash uchun boshqa tomon (turoperator) topshirig‗i bo‗yicha yuridik va boshqa faoliyatlarni o‗z nomidan va turoperator (prinsipial) hisobiga bajarish majburiyatlarini oladi. Bunda agar turagent turist bilan turni o‗z nomidan sotish bo‗yicha ahdnoma tuzsa, u turist oldidagi huquq va majburiyatlariga turist bilan tuzilgan

bitimda turoperator aytilgan yoki aytilmaganligidan qat‘iy nazar, turistga turoperator bevosita xizmat qilishidan qat‘iy nazar ega bo‗ladi.

20.3. Turistik shartnomaning zaruriy shartlariga quyidagilar


kiradi:

  1. Shartnomani nomlash. Ahdnomaviy ish yuritishda hujjatlarni

individuallashtirish qabul qilingan, shuning uchun har bir shartnoma o‗z nomi va ro‗yxat raqamiga ega bo‗lishi kerak. Raqamlashda tomonlar ish tartibi bo‗yicha kelishadi, masalan, ikkitalik raqam beriladi: bittasi biror sherikning ro‗yxati bo‗yicha, keyingisi boshqa sherik ro‗yxatining chiziq raqami orqali.

  1. Bitim joyi va sanasi. Shartnoma haqiqiyligini baholash masalasida qo‗llanishi mumkin bo‗lgan huquqni aniqlash uchun albatta uning imzolanish joyini, shuningdek sanasini ko‗rsatish kerak bo‗ladi (tuzish va bajarish).

  2. Shartnoma ishtirokchilarini ta‘riflash (hujjat preambulasida joylashadi). Unda quyidagilar ko‗rsatiladi:

    • shartnoma ishtirokchilarining yuridik nomlari;

    • shartnoma matnida eslatish uchun qisqacha nomlash;

    • ro‗yxatga olish haqida guvoxnoma raqami, sana va ro‗yxat raqami;

    • faoliyatning ushbu ko‗rinishdagi litsenziya raqami va uning berish sanasi;

    • hujjatni imzolovchi shaxslarning lavozimlari va familiyalari, ismlari, shariflari. Agar hujjatni imzolovchi shaxslar topshiriq bo‗yicha harakat qilsa, shartnomaga bu shaxslarning qonuniy huquqqa ega ekanliklarini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, notariusda tegishlicha rasmiylashtirilgan ishonch qog‗ozi) qo‗shib qo‗yiladi. Bu ishonch qog‗ozi shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ishonch qog‗ozining asl nusxasi sherik shartnomasining boshqa namunalariga ko‗chirmalar qo‗shib qo‗yiladi. Ilovada shartnomaning qaysi nusxasiga ishonch qog‗ozining asl nusxasi qo‗shib qo‗yilgani va u sheriklarning qaysi birida joylashganligi ko‗rsatiladi;

- matnda eslatilgan tomonlarni birgalikda nomlash (masalan, nomlangan tomonlarni birgalikda sheriklar, ishtirokchilar va boshqalar, lekin har doim bir xil nomlanadi



Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin