O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti


“Elementar zarrachalar” modulidan keyslar to‘plami va amaliy



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix19.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#130600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

3.1.“Elementar zarrachalar” modulidan keyslar to‘plami va amaliy 
topshiriqlar 
1-Keys bayoni 
Issiqlik manbai o‘ziga yaqin turgan narsalarni yaxshiroq isitadi. Unda nima uchun 
Sham ustidan qo‘limizni tez o‘tkazganimizda qo‘limiz kuymaydiyu, ammo uzoqroqda 
qo‘lni qibirlatmay tursak qo‘limiz qizib ketadi va olishga majbur bo‘lamiz? Nima uchun 
Venera sayyorasi, Merkuriyga qaraganda Quyosdan ikki marta uzoqroqda joylashishiga 
qaramay eng issiq sayyora hisoblanadi? 
Savollar: 
1. Muammo nimadan iborat? 
2. Issiqlik manbai o‘ziga yaqinroq turgan narsalarni ko‘proq qizdirmasmidi?
3. Siz qanday fikrdasiz, balki boshqa omillar ham ta’sir qilardi? 
4. Siz ushbu muammoni qanday hal etgan bo‘lardingiz? 
 
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar: 
Perel’man “Qiziqarli astronomiya” va M.Mamadazimov “Umumiy astronomiya” 
darsligi 
Talabalar uchun ko‘rsatmalar: 
1. Keys mohiyatini yaxshilab tushunib oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang ya’ni 
Merkuriy va Venera sayyoralarini sinchiklab o‘qib va o‘rganib chiqing.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga ko‘proq dahldor bo‘lgan omil 
(sabab)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
5. O‘z fikringizni bayon eting.
3. Sizningcha kuzatuvchi Yerning qaysi joyida turibdi? 
4. O‘z fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni: 
1. Talabalar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama 
qiladi.
2. Talaba kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin 
tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib 
olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin