59
mashallaga yetgudek muntazam chalinishi ham madaniy bezorilikning bir alomati
emasmi? Ajoyib milliy an’analarimizni bunday bema’ni zamonaviylashtirishning
oldini olsa bo‘ladi. Buning uchun mahalla ahli maslahat chog‘i
kelishib olishlari
mumkin. Axir o‘zbek xonadonlarida kechadigan har bir ma’raka tarbiyaviy
yo’nalishi bilan ajralib turadi-ku?
O‘zbek xonadonlarida asrlar mobaynida hukm surib kelayotgan ertalabki
kelin salom, kelinlarning barvaqt turib hovli va darvoza oldilarini supurib-sidirib
qo`yishlari va keksa qaynona-qaynotalarga nonushta tayyorlab, tavoze bilan choy
uzatishlari milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga yorqin misol emasmi?
Yaqinda bir oilaviy janjalga guvoh bo`ldim. Kuyovning o‘ta injiq va tirnoq
ichidan kir qidirish odatlarini bir yoqqa qo‘yib, yoshgina umr yo‘ldoshi oldiga
qo‘yayotgan talablarga quloq tutilsa, uning gaplarida ham jon borligi sezildi.
Uning xotiniga e’tirozlari quyidagicha edi: «Ertalab ishga ketayotganimda «yaxshi
boring», kechqurun xizmatdan qaytsam, «yaxshi keldingizmi?» demaydi. Biror
qarindosh-urug`larim kelsa «xush kelibsizlar», ketishayotganda «yaxshi boringlar»
demaydi. Piyolaga choy quyib uzatmaydi, har kimning oldidagi piyolaga
sharillatib choy quyadi. Shimlarimga vaqtida dazmol urilmaydi, oq ko‘ylagimning
yirtilgan joyini sariq ip bilan chatib qo`yibdi» va hokazo. Ana shu sabablar bahona
yigit yosh bolali xotinini uydan haydab yuborish arafasida ekan.
Ikki tomonga nasihat qilindi. Yigitning injiqligi, noo‘rin gumonsirashi,
«erkakcha» muomalasi, uy-ro‘zror ishlariga aralashmasligi aytib o‘tildi. Rus
maktabini bitirgan kelin tabiatidagi ayrim sifatlar ham ko`rsatildi. Biror jiddiy
sababsiz buzilish oldida turgan oila mahalla oqsoqollari aralashuvi bilan saqlab
qolindi. Kattalarning aqlli maslahati yoshlarga malhamdek zarur.
Dostları ilə paylaş: