O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
fayl 773 20210505

 
2.2.  Oila va uning vazifalari. 
REJA: 
1. Oila tushunchasi.  
2. Oilaning vazifalari.  
3. Jamiyatga  munosabati  bo‘yicha  oilaning  vazifalari.  
4. Odamlarga  munosabati  bo‘yicha  oilaning  vazifalari. 
 
Tayanch  tushunchalar:  oila,  jamiyat,  oila  vazifalari,  jamiyatga 
munosabat, odamlarga munosabat. 
 
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila - bu nikoh 
va  qon-qaridoshchilikka  asoslangan  kichik  ijtimoiy  guruh,  uning  a’zolari 
birgalikda  yashaydilar  va  uy  ishlarini  bajaradilar,  bir-biriga  nisbatan  o‘zaro 
majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu-ijtimoiy institut bo‘lib, unda 
odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana 
shu  o‘zaro  munosabatlar  doirasida  odamlarning  kundalik  hayoti  asosiy  qismi 
amalga  oshiriladi:  intim  munosabatlari,  farzand  ko‘rish  va  bolaning  boshlang‘ich 
ijtimoiylashish, tarbiyalash, tibbiy hizmat ko‘rsatish va boshqalar.  
Oila  -  nikoh    munosabatlari  insoniyatga  qadim  davrlardan  ma’lum. Neolit 
davridayoq (15-20  ming yij ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi 
paydo  bo‘lgandayoq  ularning  birgalikda  xo‘jalik  yuritishdagi  va  bola 


61 
 
tarbiyalashdagi    vazifalari    tabiiy    jinsiyligi,  yoshiga  qarab  (erkak,  ayol) 
ajratilishiga  asoslangan.  Tarixda  qayd  etilgan  oilaviy  munosabatlarda  farqlar 
bo‘lishiga  qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir  umumiylik  bor. 
Bu  oilaviy  tarzda  hayot  kechirishdir,  bunda  insoniyat  yashashning    yagona 
imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi 
navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin