O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Oilaning tuzilishi xarakteristikalari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
fayl 773 20210505

        
Oilaning tuzilishi xarakteristikalari 
1. Nikohli  sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la,,to‘la emas). 
2. Oilaning hayotiy sikli  bosqichi (yosh, yetuk, qari). 
3..Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy...). 
4..Oiladagi avlodlar soni (bitta, yoki bir necha avlodlar). 
5. Bolalar soni (ko‘p bolali, kam bolali...). 
Oila a’zolarining individual xususiyatlari. 
Bularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining 
patologik  odatlari  kiradi  hamda  bolaning  xarakteristikasi  kiradi:  yoshi,  bola 
yoshiga  munosib  nutqi  rivojlanganligi,  jismoniy    va    psixologik  rivojlanish 
darajasi;  uning  qiziqishlari  va  qobiliyati;  u  boradigan  ta’lim  tashkilotlari, 
munosabat  va  o‘qitishdagi  muvaffaqiyatlari:  o‘zini  tutishdagi  chetlashishlar, 
patologik odatlari, ruhiy va psixik buzilishlar mavjudligi. 
Oila  a’zolarining  individual  xususiyatlari  uning  tuzilishi  va  funksional  
ko‘rsatkichlari  bilan  birgalikda  kompleks  xarakteristikasini  tashkil  etadi  –  oila 
statusi (lotincha status-holati, vaziyati).  


66 
 
Oilaning  ijtimoiy  moslashishi  birligi  tashkil  etuvchisi  –  oilaning  moddiy 
ahvoli. 
Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorli va 
sifatli  ko‘rsatkichlar  bilan  baholanadi.  Bular  oilaning  daromad  darajasi,  uning 
hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda 
uning  a’zolarining  ijtimoiy-demografik  xususiyatlaridan  iborat,  bu  oilaning 
ijtimoiy-iqtisodiy  mavqeini  tashkil  etadi.  Oilaning  daromadlari  darajasi  hamda 
turar  joyi  sharoitlari  belgilangan  normadan  past  bo‘lsa,  (tirikchilik  minimumi  va 
boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim, turar joyi 
uchun haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunday oila kambag‘al hisoblanadi 
va  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  statusi  (maqomi)  –  past  hisoblanadi    Agarda  oilaning 
moddiy ta`minlanishi ijtimoiy  normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni  ongli hayot 
kechirish  uchun  asosiy  talablarni  qondira  olsa,  lekin  moddiy  mablag‘i  dam  olish, 
ta’lim  va  boshqa  talablarni  qondirishga  etmasa,  bunday    oila  kam  ta`minlangan 
hisoblanadi.  Daromadi  darajasi  va  yashash  sharoiti  yuqori  bo‘lib  (ijtimoiy 
normalardan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgina asosiy talablarini qondirib 
qolmay,  yana  turli  xil  xizmatlardan  foydalanish  imkoni  bo‘lsa,  bu  oila  moddiy  
ta’minlangan hisoblanadi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘ladi.  
Oilaning  ijtimoiy  moslashishi  ikkinchi  tashkil  etuvchisining  psixologik 
muhiti- oila azolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga  munosabati
boshqa  odamlarga,  ishga,  atrofdagi  xodimlarga  qarashlari  natijasi  sifatida  yuzaga 
keladigan barqaror mustahkam emotsional kayfiyatdir.  
Oilaning  psixologik  kayfiyati  holatini  baholash  uchun  er-xotinlar   
o‘rtasidagi,  bolalar  va  ota-onalar  hamda  yaqin  qarindoshlar  o‘rtasidagi  o‘zaro 
munosabatlarini hisobga olish  kerak bo‘ladi. Oilaning  psixologik kayfiyati holati 
ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi. Emotsional erkinligi darajasi, havotirlanish 
darajasi  bir-birini    tushinish,  hurmat  qilish,  qo‘llash,  yordam  ko‘rsatish, 
hamdardligi,    bir-biriga  ta`siri  darajasi,  dam  olish  joyi  (oilada  yoki  undan 
tashqarida)  oilaning  yaqin  atrofdagilar  bilan  munosabatlari  ochiqligi.  Teng 
huquqlilik  va  hamkorlik  tamoyillari  asosiga  qurilgan  munosabatlar  ma’qul 


67 
 
hisoblanadi.  Oilada  bir-birining  huquqlarini  hurmat  qilishadi,  bir-biriga  
bog‘langanlik, mavjud emotsional yaqinlik his etiladi.  
Oilaning  har  bir  a’zosi  o‘zaro  munosabatlar  sifatidan  xursand.  Bular 
mavjud bo‘lgan  holatda - oilaning  ijtimoiy-psixologik  mavqei yuqori baholanadi. 
Oilada  nosog‘lom  psixologik  muhit  er-xotinlar  yoki  ota-onalar  va  bolalar 
o‘rtasidagi  doimiy  qiyinchiliklar  va  janjallar  bo‘lgan  holatda  yuzaga  keladi,  oila 
a’zolari doim havotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin  his eta olmaydilar; oila a’zolari 
o‘rtasida  begonalik  hissi  hukmron  bo‘ladi.  Bularning  hammasi  oilaning  asosiy 
vazifalaridan biri bo‘lgan  – psixoterapevtik,  ya’ni  stressni  yo‘qotish,  jismoniy  va 
ma’naviy  kuchlarni  tiklab  olish  kabi  vazifalarni  bajarishga  harakat  qilinadi. 
Bunday  holatda  ijtimoiy-psixlogik  muhit  past  darajali  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga 
yomon  munosabatlar  inqirozni,  butunlay  bir-birini  tushunmaslik,  bir-biriga 
dushmanlik,  jahl  bilan  kuch  ishlatish  (jismoniy,  seksual),  ajratish  istagi  paydo 
bo‘lishi 
bilan 
ifodalanuvchi 
holatlarga 
aylanishi 
mumkin. 
Inqirozli 
munosabatlarga:  ajralish,  bolaning  uydan  qochib  ketishi,  qarindoshlari  bilan 
munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda, doimiy bo‘lmaganda, oilaning oraliq holatda 
bo‘lganida oilaning ijtimoiy-psixlogik mavqei o‘rtacha hisoblanadi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin