O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
fayl 773 20210505

Nikoh to‘ylari. Har bir kishining hayotida  yangi sahifa ochadigan, muhim 
burilish  yasaydigan  eng  muhim  voqeaning  tantanali  nishonlanishidir.  Nikoh  to‘yi 
oilaviy  marosimlar  ichida  eng  yirigi  bo‘lib,  uni  tashkil  qilish  va  o‘tkazish  uzoq 
muddatni  o‘z  ichiga  oladi.  Nikoh  to‘yi  bilan  bog‘liq  odatlar,  irim,  rasm-rusmlar 
ham  juda  ko‘p.  O‘zbeksitonning  turli  shahar,  qishloqlarida  o‘tkaziladigan  nikoh 
to‘ylarining    umumiy  jihatlari  bo‘lganidek,  har  bir  hududdagi  to‘ylarning  o‘ziga 
xos tomonlari ham mavjuddir. 
O‘zbek  nikoh  to‘ylari  uch  bosqichli  jarayonni  o‘z  ichiga  oladi.  Birinchi 
bosqich  –  kelin  tanlash,  unga  sovchi  yuborish,  non  sindirish  fotiha  qilish  kabi 
marosimlardan iborat. Xalqmizning to‘y marosimi bilan bog‘liq “sovchilik” udumi 
haqida ikki og‘iz so‘z. 
Sovchilar ko‘pni ko‘rgan obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan kishilar bo‘ladilar. 
Sovchilar  bo`lg‘usi  kelinning  ota-onasini,  oilaviy  hayotini,  hovli-joyining 


118 
 
ozodaligini,  ota-onasining  muomalasini  kuzatadilar.  Ayniqsa,  bo‘yiga  yetgan 
qizning  uyiga  sovchi  kelganda,  sovchilar  birinchi  galda  shu  xonadonning 
oshxonasiga  va  hojatxonasiga  e’tibor  berganlar.  Agar  oshxona  sarishta  bo‘lsa, 
hojatxona ham toza bo‘lsa, sovchilar bu xonadonning  qizi farosatli, mehnatsevar 
ekan degan tasavvurga ega bo‘lganlar. Ayniqsa,  qizning onasiga e’tibor berganlar, 
“Onasini ko‘rib, qizini ol” degan maqol shu ma’noda ishlatiladi. Sohibqiron Amir 
Temur  o‘z  tuzuklarida  shunday  vasiyat  qiladi:  “O‘g‘illarim,  nabiralarim  va 
yaqinlarimni  uylantirmoq  tashvishida  kelin  izlamoqqa  e’tibor  berdim.  Bu  ishni 
davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim”, – deya farzandlarga juft tanlash masalasiga 
katta e’tibor bergan. 
Ikkinchi  bosqich  –  kelinni  kuyovning  uyiga  olib  kelish,  nikohlash,  to‘y-
tomosha, bazm kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Uchinchi  bosqich  –  nikoh  to‘yidan  so‘ng  o‘tadigan  “yuz  ochdi”,  “kelin 
salom”, “kuyov chaqirdi” kabilardan iborat. 
Nikoh to‘ylarida o‘zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy fazilatlari namoyon 
bo‘ladi;  to‘yga  barcha  oldindan  tayyorlanadi,  hamma  o‘zining  yaxshi  ko‘rgan 
liboslarini kiyadi, barchada ko‘tarinki ruh, xursandchilik hukm suradi. 
Hhozirgi paytda nikoh to‘ylarida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi 
nikoh  to‘ylari  yigit-qizning  roziligi,  o‘zaro  muhabbati  asosida  o‘tkazilmoqda. 
Balog‘atga  yetmagan  yoshlarni  nikohdan  o‘tkazish    butunlay  yo‘qoldi.  “Qalin”, 
“sut  puli” kabi  ortiqcha  harajat talab    qiladigan qadimiy  udumlar  deyarli  barham 
topdi. Ortiqcha harajatlar butunlay yo‘q bo‘lmasa-da, ular o‘rnini yangi oila uchun 
zarur  bo‘lgan  jihozlarni  olib  berish  an’anasi  egalladi.  Mustaqillik  sharofati  bilan 
yoshlarni  nikoh  oldidan  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazish  yaxshi  an’anaga  aylandi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  Kodeksining  17-moddasida  ko‘zda  tutilgan: 
“Nikohlanuvchi yoshlar tibbiy ko‘rikdan faqat ularning roziligi bilan o‘tkaziladi” – 
degan  qoidadan  kutilgan  maqsad-muddao  g‘oyat  qutlug‘dir.  Bu  qoida  mohiyatan 
jamiyatda  sog‘lom  oilani  shakllantirish,  sog‘lom  avlodni  dunyoga  keltirish  va 
ularni barkamol bo‘lib tug‘ilishini ta’minlashga qaratilgan  an’anadir. 


119 
 
O‘zbek  nikoh  to‘ylari  hozirgi  paytda,  asosan,  uchta  marosimdan  iborat 
bo‘lmoqda: 
1.  “Non  sindirish”  marosimi 
–  kelin  va  kuyovning  ota-onasi, 
qarindoshlarining  nikoh  to‘yini  o‘tkazish  rejasini  tuzib  olishlari  uchun  zarur 
bo‘lgan muloqot – kengash vazifasini o‘taydi; 
2.  Kelin-kuyovning FHDYo byurosi ro‘yhatidan o‘tishi. Bu an’ana oilaning 
huquq va majburiyatlarini  qonunlashtirish  vazifasini bajaradi; 
3.  To‘y  marosimi  yosh  yigit-qiz  oila  qurganligini  tantanali  nishonlash 
uchun xizmat qiladi. 
Oilaviy  marosimlarni  o‘tkazish  jarayonida  namoyon  bo‘ladigan 
insonparvarlik,  mehribonlik,  mehmondo‘stlik  kabi  fazilatlar  yoshlar  tarbiyasiga 
ijobiy ta’sir etadi. Bu tadbirlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq 
odatlari,  folklor  janrlari,  lapar,  yor-yor,  o‘lan  marosim  qo‘shiqlari,  o‘yin-
musobaqalar,  duolardan  foydalanish  –  yoshlarning    ma’naviy    kamol  topishida 
katta  ahamiyatga  ega. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin