O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
fayl 773 20210505

Birinchi qadam bayrami.  O‘zbek xalqining farzandlar tarbiyasiga alohida 
e’tibor  berishi  bolaning  ilk  bor  mustaqil  qadam  qo‘yishiga  bag‘ishlangan 
marosimda ham o‘z aksini topgan. Ota - bobolarimiz bu marosimda “bolaning beli 
baquvvat  bo‘lsin  deb,  beliga  belbog‘  bog‘lashgan”,  “to‘qlik  bo‘lsin,  bola 
ocharchilikni  bilmasin!”  deb  mazali  kulchalarni  kichkintoylarga  tarqatishgan, 
“suvdek  serob bo‘lsin!” deb  marosim  o‘tkazilgan vaqtda bolaning  qadam  bosgan 
erlariga  suv  sepishgan,  “bolaning  hayoti  shirin  bo‘lsin!”  deb  bolaning  boshidan 
shirinliklar  sochishgan,  “chiroyli  bo‘lsin!”  deb  bola  yura  boshlaganda  yo‘llariga 
gullar  sochilgan,  “boy  bo‘lsin!”  deb  bolaning  ustidan  pullar  sochilgan,  “kasalga 
chalinmasin!” deb isiriq tutatishgan, “omon bo‘lsin!” deb duolar o‘qishgan.  
Bolaning    birinchi  qadam    qo‘yishini    marosim    sifatida  nishonlashning 
o‘ziga  xos  ramziy  ma’nosi  ham  bor.  Birinchi  qadam  bolaning  shunchaki  oddiy 
harakati  bo‘lib  qolmay,  kelajakda  qilinadigan  ko‘plab  ishlarning  debochasi  deb 
ham  qaralgan.  O‘zbekistonning  turli  hududlarida  “birinchi  qadam”  marosimi 
turlicha  o‘tkazib  kelingan.  Ayrim  joylarda  bu  tadbir  faqat  ayollar  va  bolalar 
ishtirok  etadigan  kichik  oilaviy  marosim  sifatida  uyushtirilgan,  unda  erkaklar 
qatnashmagan. Tog‘li qishloqlarda esa “Birinchi qadam” katta anjumanga aylanib 
ketgan. 
 “Birinchi qadam” marosimi madaniyat uylari, bolalar bog‘chalari va oilalar 
bilan hamkorlikda keng doirada o‘tkazilsa, yanada  qiziqarli  bo‘ladi. 


116 
 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin