2.BOB. MATERIAL VA METODLAR. 2.1. Mitoxondriya ichki membranasi o'tkazuvchaiiLigining o'zgarishini aniqlash Mitoxondriyalaming shishish kinetikasi (1 mg oqsil/ml SI) aniqlash 280C haroratda 540 nm to'lqin uzunlikda 3 ml hajmli kyuvetadagi mitoxondriya suspenziyasining optik zichligining o'zgarishiga asoslanadi. Energiyalangan mitoxondriyalar uchun inkubasiya muhiti tarkibi quyidagicha: 125 mM KC1, 10 mM tris-HCl, 2,5 mM KH2PO4, 1mM EGTA, 5 mM glutamat, 1 mM malat, pH 7,4; energiyalanmagan mitoxondriyalar uchun esa - 0,24 M saxaroza, 10 mM tris-HCl, 1mM EGTA, 1 mkM rotenon, pH 7,4. Muhit tarkibidagi kalsiy konsentrasiyasini aniqlash uchun Ca2+-EGTA buferidan foydalanildi.
2.2. Mitoxondriyalar ichki membranasining turli kationlar uchun o'tkazuvchanligining o'zgarishini aniqlash Mitoxondriya membranasi passiv transport turli tuzli eritmalarda (2.1jadval) ularning energiyaga bog'liq bo'lmagan shishish kinetikasi bo'yicha baholanadi. Elektrolitlar ishtirokidagi osmotik shishish muhim ahamiyatga ega. Mitoxondriya matriksiga anion va kationlaming kirishi natijasida organella ichida osmotik bosimning oshishiga sabab bo'ladi, lekin bu diffuziya potensialiga bog'liq emas. Mitoxondriya ichki membrana orqali H+- o'tkazuvchanlikni aniqlash uchun ammoniy nitratning izoosmotik eritmasidan foydalanildi. Mitoxondriya membranasi NO3- va NH3+ ionlari uchun yaxshi o'tkazuvchanlikka ega, lekin NH+ ionlari uchun o'tkazuvchan emas.
2.1-jadval Jigar mitoxondriyasi ichki membranasining passiv o'tkazuvchanligini о’rganish uchun inkubasiya muhitlari