Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi andijon dаvlаt universiteti


Fozalon, omayt va mavriklaming mitoxondriya funksiyasiga ta'siri



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə14/17
tarix02.06.2022
ölçüsü1,5 Mb.
#116524
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
AKBARJONOVA RAYHONA

3.1. Fozalon, omayt va mavriklaming mitoxondriya funksiyasiga ta'siri
Ma'lumki, pestitsidlar (fozalon, omayt, mavrik, sanolen va stomp) qishloq xo'jaligida turli maqsadlarda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu pestitsidlaming inson organizmiga ta'sirini o'rganish bugunda membranalogiya oldida turgan muhim ishlardan biridir.
Shu sababdan adabiyotlarda turli pestitsidlar (fozalon, omayt va mavrik) ning mitoxondriyalarning strukturasi va funksiyasiga, xususan, nafas zanjiri va oksidlanishli fosforlanish, ichki membrana o'tkazuvchanligiga hamda ion transport mexanizmlari jarayoniga ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatib o'tilmoqda.
Ushbu avtorlarning ishlarida yuqorida nomlari aytib o'tilgan pestitsidlarning mitoxondriyaning turli parametrlariga ta'sir mexanizmlari o'rganilgan. Quyida biz mualliflar tomonidan olingan natijalarga qisqa-qisqa to'xtalib o'tamiz.
Tajriba ma'lumotlariga asoslanib shuni ta'kidlash lozimki, fozalon pestitsidi kalamush jigari mitoxondriyalari oksidlanishli fosforlanish jarayoniga ta'sir ko'rsatadi (3.2-Jadval).
Olingan natijalar ko'rsatishicha, o'rganilgan insektitsid 50-100 mkM konsenratsiyalarda V3 holatda mitoxondriya nafasolishini in gib ir lay di. Nafas olish kontroli va ADF/O ni tushiradi. Yanada yuqori konsentratsiyada (150 mkM)
oksidlanishli fosforlanish jarayonini to'liq buzadi, buning natijasida nafas kontroli 1 ga tenglashib qoladi.


3.2-jadval
Jigar mitoxondriyalari oksidlanishli-fosforlanish jarayoniga fozalonning turli konsentratsiyalarining ta'siri

Tajriba
variant

Kontsentratsiya,
mkm

Kislorodni qabul qilish tezligi ng-atora O/rnib 1 mg oqsil

V3

V4

NK

ADF/O

Control




82.9

21.4

3.86

1.92

Tajriba
(fozalon)

50

81.3

21.8

3.68

1.65

100

64.8

23.8

2.72

1.21

150

31.9

31.9

1.0

-

200

31.7

31.7

1.0

-

Oksidlanishli-fosforlanish jarayonining buzilishi mexanizmini aniqlash maqsadida ushbu insektitsidning energiyasizlantirilgan mitoxondriyalar ichki membranasining passiv o'tkazuvchanligiga ta'siri o'rganildi. Fozalonnning turli konsentratsiyalari mitoxondriya ichki membranasining Mg2+ va Ca2+ ionlari uchun o'tkazuvchanligini oshiradi, lekin K+, Na+ va H+ ionlari o'tkazuvchanligiga ta'sir ko’rsatmaydi.


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin