Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi andijon dаvlаt universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə8/17
tarix02.06.2022
ölçüsü1,5 Mb.
#116524
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
AKBARJONOVA RAYHONA

1.3.1. Mitoxondriyalarga Ca2+ ning kirish yo'llari
Mitoxondrial membrana potensiali (ΔΨm ), odatda 150 va 180 millivoltlar orasida bo'lib, mitoxondriyaga kalsiyni kirishini ta'minlovchi kuch hisoblanadi. Mitoxondrial membrana orqali passiv kalsiy taqsimlanishi deb olib, ichki mitoxondrial kalsiy konsentratsiyasi [Ca2+]i bunday ΔΨm ma'nosidan 5-6 marta katta bo'lishi mumkin. Lekin tinch sharoitda mitoxondriyada kalsiy miqdori kam. Bundan tashqari, transmitoxondrial membrana potensiali kollapsida tinch holatdagi hujayralarda SSSR yoki FSSP kabi protonoforlar bilan kalsiy odatda erkin holida bo'linib chiqmaydi, tinch mitoxondriya ozroq bo'linib chiqqan kalsiy tutadi. Buning sababi shuki, ichki membrana kalsiy uchun juda yomon o'tkazuvchanlikka ega. Agar mitoxondriyaning kalsiy o'tkazuvchanligi ortib ketsa, oksidlanishli fosforlanish jarayoni ingibirlanadi. Bu esa mitoxondriyada apoptotik yoki nekrotik jarayonlarning yuzaga kelishiga turtki bo'lishi mumkin.
Umuman olganda, kalsiyning mitoxondriyadan o'tishi haligacha molekulyar darajada o'rganilmagan 2 ta mexanizm orqali o'tkazilishi aniqlangan: to'yinadigan past moyillikdagi (10-20 mM) tashuvchi tizim hamda to'yinadigan tez ta'sir qiluvchi sezuvchanlik rejimi (RaM). Zararlanmagan hujayralarda to'g'ridan-to'g'ri endogen modullash dalili yetmasada tashuvchini faollashtiruvchi va shu bilan mitoxondrial kalsiy sezuvchanlikni boshqarishi mumkin bo'lgan ko'pchilik fiziologik va farmakologik agentlar aniqlangan. Tashuvchi tizim spermin va taurinning fiziologik konsentratsiyalari bilan faollantiriladi va 0,5 nM ruteniy qizili bilan bloklanadi. Hujayralardagi o'tkazuvchanlikning kuchayishi bilan bog'liq bo'lgan yarimmaksimal faollanish (K0,5) mitoxondrial kalsiy tashuvchi tizimning tezligi 3-10 mM konsentratsiyada o'zgarib turishiga asoslanadi. In vitro sharoitida ham kalsiy tashuvchi tizim faol bo'lmaydi, uning faollanishi uchun eritmada kalsiy miqdorini oshirish talab qilinadi.
Fiziologik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan sezuvchanlik mexanizmi bu - RaM dir. Bu mexanizm kalsiy konsentratsiyasining ozgina o'zgarishini ham sezadi. Uning ishlash mexanizmi to'liq o'rganilgan emas.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin