O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


 – XV - XVII asrlarda O’zbek xonliklarida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix10.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ozbek xonliklari davridagi etnomadaniy jarayonlar

1.2  XV - XVII asrlarda O’zbek xonliklarida
etno – madaniy jarayon 
Shayboniyxonning Movarounnahr va Xorazmdagi hukmronligi uzoqqa 
cho‘zilmadi. 1510 yilda Eron shohi Ismoil bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi. 
Shayboniy o‘limidan keyin mamlakatda parokandalik boshlandi. Xurosonni 
Safaviylar egallaydilar. Shayboniy avlodlari va ayrim qabila boshliqlari alohida 
viloyatlarni (Balx, Hisor, Badaxshon, Samarqand, Toshkent va boshqalar) egallab, 
markaziy hokimiyatga itoat qilmay mustaqil bo‘lishga intiladilar. Shayboniy 
zurriyotlari orasida ham taxt uchun kurash avj oladi. Mana shu janglarda 
Abdullaxon II g‘olib chiqib, 1560 yilda Buxoro taxtini egallaydi
2
, taxt da’vogarlari 
va bebosh amirlarga qattiq zarba berib, Buxoroda markazlashgan kuchli feodal 
davlat tuzishga erishadi. Uning davrida mamlakat rivoj- lanadi, dehqon, chorvador 
va hunar axdi orom topadi. U mamlakatni iqtisodiy jihatdan oyoqqa qo‘yadi. 
Biroq, uning o‘limidan keyin, uning vorislari mamlakatni boshqarishga 
ojizlik qildilar. Valiahd Abdul Mo‘min taxtda atigi yarim yilgina o‘tira oldi. U 
otasining safdoshlari tomonidan o‘ldirildi. Buxoro xonligida yana tartibsizliklar 
boshlanadi. Tashqi vaziyat ham tang holga tushib qolgan edi. Ichki va tashqi 
vaziyatni kuzatib borayotgan bir guruh qabila boshliqlari va ta’sirchan ulamolar 
Shayboniy avlodlaridan taxtga yaroqli biror kimsa qolmaganligidan (ularni o‘z 
vaqtida Abdullaxon II tinchitib bo‘lgan edi) xonga kuyov o‘g‘il ashtarxoniy Din 
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 498. 
2
Бухоро шаҳри Шайбонийлар давлатининг пойтахти эди. 


21 
Muhammad Sultonni taxtga o‘tqazadilar. Shunday qilib, Buxoro tarixida 
Ashtarxoniylar sulolasi mamlakatni boshqara boshlaydilar. Biroq, Ashtarxoniylar 
xonadonidan biroz durustroq xon chiqmadi, mamlakatda parokandalik, saroy 
o‘yinlari, bebosh amirlarning o‘zaro mojarolari to‘xtamadi. Parokandalik 
Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi vakili Abulfayzxon (1711 - 1747) davrida 
yanada jadallashdi. XVIII asrning 20 - yillarida Balx viloyati Buxoro xonligi 
tarkibidan chiqib ketdi. Toshkent va Toshkent vohasini qalmiqlar (jungarlar), keyin 
qozoqlar egallab oldi. Shahrisabzni kenagaslar, Qarshini mang‘itlar, qtoy va 
qipchoqlar Mirzacho‘lni, Farg‘onani minglar va yuzlar, Zarafshon vodiysini 
naymanlar egallaydilar. O‘ta maishatga berilib ketgan Abulfayzxonning sanoqli 
kunlari qoldi. Buxoro xonligidagi bu ahvolni kuzatib kelayotgan Eron hukmdori 
Nodirshoh Buxoroni bosib olish uchun Amudaryodan o‘tib, Buxoro yaqinidagi 
Chor - Bakrda to‘xtaydi. Chor - Bakr ta’sirchan saidlar makoni edi. Bundan xabar 
topgan Abulfayzxon, unga peshvoz chiqib, uning yordamida atrofidagi ta’sirchan 
amaldorlarni Buxorodan boshqa yurtlarga badarg‘a qilmoqchi bo‘ladi. Ular orasida 
Hakim Otaliq mang‘itning o‘g‘li Rahimbiy ham bo‘lgan. Bundan xabar topgan 
Rahimbiy uni iziga tushib, 1747 yilda o‘ldiradi va uning 9 yoshli o‘g‘lini taxtga 
o‘tqazadi
1
. Bir yil ham o‘tar-o‘tmas uni ham qatl etib, hukmronlikni o‘z qo‘liga 
oladi. Rahimbiy Otaliq juda ustomonlik bilan sekin - asta o‘z mavqeini 
mustahkamlab olgach, 1753 yilda mangit sulolasining birinchi hukmdori sifatida 
Buxoro taxtiga o‘tiradi. Shunday qilib, Buxoroda 1753 yilda xonlik tugatilib, 
Buxoro amirligi davri boshlanadi. Demak, ko‘chmanchi Dashti Qipchoq 
o‘zbeklarining yirik mang‘it qabilasi uch o‘zbek xonliklarining Buxoro amirligiga 
asos soladi. 
Mang‘itlar haqida etnografik asarlarda ma’lumotlar uchraydi. Ularda 
mang‘itlarni mo‘g‘ul qabilasi sifatida XIII asr boshlaridan tilga olinadi. Ana shu 
XIII asr davomida mang‘itlar Dashti Qipchoqda yashar edilar. Ularning katta qismi 
XIII - XIV asrlarda Volga daryosi bilan O‘rol daryosi oralig‘ida joylashgan edi. 
Shu davr ichida qipchoqlarning ta’sirida o‘z mo‘g‘ul tillarini unutib, turk - qipchoq 
dialektida so‘zlashar edilar. XIV asr oxirlarida o‘z mustaqil davlatini, ya’ni 


22 
Mang‘itlar O‘rdasini tuzadilar
1
. XV asr o‘rtalarida mang‘itlar no‘g‘aylar atalib, 
ularning davlati endi No‘g‘ay O‘rda deb ataladigan bo‘ldi. XVI asr o‘rtalarida 
No‘g‘ay O‘rda ikkiga, ya’ni Katta no‘g‘ay va Kichik no‘g‘ayga bo‘linib ketdi. 
Keyinchalik Katta no‘g‘ay mang‘itlari o‘zbek, qoraqalpoq, qisman qozoqlar etnik 
tarkibiga singib ketgan, Kichik no‘g‘ay mang‘itlari esa asosan qozoqlar etnik 
tarkibiga qo‘shilgan. XVI asr boshlarida Shayboniyxon yetakchiligida 92 bovli 
ko‘chmanchi Dashti Qipchoq o‘zbeklarining Movarounnahrga kirib kelishi haqida 
Muhammad Solih o‘zining «Shayboniynoma» asarida shunday yozadi: «O‘zbeklar 
elidan kelganlar orasida askarlar ko‘p edi. Xo‘ja Go‘gi mang‘itlar urug‘ining 
sardori edi. Bu yerda o‘zbeklar 4000 bo‘lib, ularning barchasi o‘zaro qon - 
qorindosh edilar. Ular orasida qo‘ng‘irotlar, mang‘itlar, do‘rmanlar, ushunlar va 
uyrotlar ham bor edilar»
2

Ularning bir qismi bu zaminda qadimdan yashab kelayotgan mahalliy o‘troq 
aholi iqtisodiy xo‘jalik va etnomadaniy ta’sirida asta - sekin dehqonchilik bilan 
shug‘ullanib, o‘troq aholi qatlamiga aylanib ketadilar, ularning boshqa qismi XIX 
asrning oxiri - XX asrning boshlarigacha yarim ko‘chmanchi hayot tarzini o‘tab, 
yaylov chorvachilik bilan shug‘ullanishda davom etadilar
3

Hozirgi vaqtda mang‘itlar o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketgan, ular o‘z- 
larini o‘zbek millati ekanliklaridan faxrlanadilar. Ammo, etnik kelib chiqishi 
chorvador bo‘lgan ajdodlarimizning keksa avlodi hozirgacha qabilaviy etnik 
nomlarini unutmaganlar. Bu xalqning qoniga singib ketgan yetti pusht avlodni 
eslash, shajarani unutmaslik bilan bog‘liq turkona an’anadir. 
Mang‘itlar jonli sheva tilida o‘zbek tilining qipchoq lahjasida so‘zlashadilar. 
Yozma ijodda o‘zbek adabiy tilida faoliyat olib boradilar. 
O‘zbek xalqining tarkibiga kirgan Dashti Qipchoq ko‘chmanchi 
o‘zbeklaridan yana biri qo‘ng‘irotlardir. Manbalarda xabar berilishicha, 
qo‘ng‘irotlar ilk o‘rta asrlarda Oltoy, Mo‘g‘ulistonning shimoliy qismida 
yashaganlar. Rashididdin Fazlallaxning «Jom-i at-tavarix» va Abulg‘ozi 
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 85. 
2
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 503. 


23 
Bahodirxonning «Shajarai turk» asarlarida XIV asr qo‘ng‘irotlarining kelib 
chiqishi haqida ko‘p rivoyatlar keltirilgan. Ko‘p asarlarda ularning kelib chiqishini 
mo‘g‘ullar bilan bog‘laydilar., Taniqli etnograf olima B.X.Karmisheva 
qo‘ng‘irotlar mo‘g‘ulmi yoki turk muhim emas, XVI asr boshlariga qadar 
Movarounnahrga kirib kelgan ko‘pgina mo‘g‘ul qabilalari qaysi tilda 
gaplashishlaridan qat’i nazar, tili, madaniyati va etnik tarkibi bo‘yicha turklashib 
ketgan edilar
1
, degan haq gapni aytgan. 
I.P. Magidovichning ta’kidlashicha, XVI asrga qadar Xorazm o‘zbeklarining 
katta qismi qo‘ng‘irotlardan iborat bo‘lib, Shayboniyxon bilan Qadimgi Xorazmga 
kirib kelgan qo‘ng‘irotlarning katta qismi Dashti Qipchoqda qolib ketgan qozoq 
qo‘ng‘irotlari bilan emas, balki avvalroq bu zaminga ko‘chib kelgan 
qo‘ng‘irotlarning yaqin qabila va urug‘doshlari bo‘lgan
2
. Ular azaldan chingiziylar 
bilan quda - anda bo‘lib bog‘lanib ketgan
3
, ular Amir Temur hukmronlik 
davridayoq Qadimgi Xorazmda qo‘ng‘irotlar sulolasini mustaqil davlat sifatida 
tiklashga intilib, Amir Temurni Xorazm ustiga 5 marta harbiy yurishlar qilishga 
olib kelgan. 
Qo‘ng‘irotlarning kelib chiqishi haqida, ular orasida keng tarqalgan 
rivoyatga ko‘ra, Chingiziylar bilan qarindoshlik rishtalarini o‘rnatgan qo‘ng‘irot 
qabilasining sardori Qo‘ng‘irot ota birinchi xotinidan to‘rt o‘g‘il (Vaxtamg‘ali, 
Qo‘shtamg‘ali, Qonjig‘ali, Aynli), kichik xotinidan esa bir o‘g‘il (Tortuvli) 
ko‘rgan. Ularning har biri 6 tadan to 18 tagacha o‘g‘il ko‘rishib, ulardan tashkil 
topgan urug‘lar soni 66 taga yetgan. Tilshunos olim X.D. Doniyorov 
qo‘ng‘irotlarning etnik kelib chiqishini mo‘g‘ullar bilan bog‘laydi va «qo‘ng‘irot» 
so‘zi mo‘g‘ulchada «qoraqarg‘a» ma’nosini anglatadi
4
deydi. Surxondaryo viloyati 
qo‘ng‘irotlarining oqsoqollari ajdodlarini aynan Xorazmdan ko‘chib kelgan, deb 
biladilar
5
. Xorazm qo‘ng‘irotlari bilan Qoraqalpoq, Buxoro, Qashqadaryo va 
Surxondaryo qo‘ng‘irotlari bir-birlari bilan genetik qon - qarindoshdirlar. Ular 
tarkibidagi urug‘ nomlari bundan dalolat beradi. Qo‘ng‘irotlar allaqachon o‘zbek 


24 
xalqi tarkibiga singib, o‘zlarini o‘zbek ekanliklaridan faxrlansalar-da, ular orasida 
hozirgacha o‘z urug‘ nomlarini unutmagan keksa avlod vakillari uchrab turadi.
1
Farg‘ona mulki esa XVIII asr boshlarida Buxorodan ajralgunicha mustaqil 
bo‘lib olgan edi. Farg‘ona davlatining birinchi xoni o‘zbeklarning ming qavmidan 
Shohruxbiy bo‘lgan. Uning o‘g‘li Rahimbiy davrida Qo‘qonga Marg‘ilon va 
Andijonni qo‘shib olinib, Samarqand va Kattako‘rg‘onga hujum uyushtiriladi va u 
shaharlar ham Qo‘qonga qo‘shib olinadi. Rahimbiyning valiahdi Abdukarimbiy 
davrida mamlakatda tinchlik o‘rnatilib, shahar va qishloqlarda iqtisodiy 
yuksalishlar boshlanadi. XVIII asr o‘rtalariga kelganda Qo‘qon xonligi har 
jihatdan o‘zini o‘nglab olgan mustaqil davlatga aylanadi. XVIII asr oxirlarida 
mustaqil Toshkent hokimligi Ohangaron vodiysi, Sayram, Chimkent va Turkiston 
shaharlarini o‘z ta’sir doirasiga oladi. Biroq, XIX asr boshlariga kelganda 
Toshkent hokimliklarining o‘zaro feodal janjallari oqibatida Qo‘qon xonligi 
ta’siriga tushib qoladi. Qo‘qon xoni Olimxon (1800-1809 y.y.) mamlakatda 
markaziy hokimiyatni kuchaytirish borasida harakatlar qilib, Qo‘qonning 
aslzodalari noroziligiga uchraydi, hokimiyatga esa endi uning ukasi Umarxon 
keladi. Uning davrida madaniyat ravnaq topadi, markaziy hokimiyat 
mustahkamlanadi. Qozoq biylarining Chimkent, Sayram kabi shaharlarini qo‘lga 
kiritish yo‘lidagi harbiy yurishlari muvaffaqqiyatsizliklarga uchraydi. Qo‘qon 
Muhammad Ali davrida (1822-1842 y.y.) hatto Qoshg‘arga harbiy yurish 
uyushtiradi. Tojiklarning Darvoz viloyatiga, Shugnan, Roshan va Vaxan kabi aholi 
punktlariga qo‘shin tortadi. Biroq, Muhammad Ali siyosatidan norozi aslzodalar 
ruhoniylar bilan til biriktirib, Buxoro amiri Nasrulloxon bilan aloqa bog‘laydi. 
Nasrulloxon Qo‘qon ustiga harbiy qo‘shin tortib, Xo‘jandni qo‘lga kiritadi va uni 
qaram xonlikka aylantirib, Toshkentni ham undan tortib oladi. Qo‘qon xonligi va 
Buxoro amirligi o‘rtasidagi bosqinchilik urushlari va xalq qo‘zg‘olonlari goh u 
tomon, goh bu tomon ustunligi bilan davom etsa-da, XIX asr o‘rtalariga kelganda 
har ikkala tomonni ham tinkasini quritgan edi. Nihoyat Qo‘qonning oxirgi xonlari 
(Xudoyorxon, Mallaxon, Po‘latxon, Nasriddinbek) davrida mamlakat Rossiya 
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 499. 


25 
imperiyasining tobe bir o‘lkasiga, Turkiston harbiy general - gubernatorligiga 
aylanadi.
1
XVI - XVIII asrlar davomida Movarounnahrda yuz bergan siyosiy 
vaziyatning bu qadar murakkabligiga qaramay, mamlakat aholisining etnik 
tarkibida azaldan yashab kelayotgan o‘troq etnik qatlamning mavqei juda katta edi. 
Qishloq aholisi asosan an’anaviy sug‘orma dehqonchilik bilan, shahar aholisi ko‘p 
tarmoqli hunarmandchilik va savdo - sotiq bilan shug‘ullanishda davom etar edilar. 
Adir va dashtga yaqin aholi punktlari aholisi esa yaylovga haydab boqiladigan 
chorva podalari bilan kun kechirar edilar. Umuman, sug‘orma va lalmikor 
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi turg‘un aholi hayotida chorva yordamchi 
xo‘jalik manbai hisoblangan. Yordamchi chorva xo‘jaligi nafaqat qishloq, balki 
shaharlik har bir o‘zbek xonadoni uchun ham zaruriy xo‘jalik an’anasi 
hisoblangan. 
Movarounnahr va Xorazmga turli davrlarda (XIII - XIV asrlarda) kelib 
o‘rnashib qolgan turkiy qabilalar (abdal, qarluq, qang‘li, az, uz, kaltatoy, turk, tuxsi 
va boshqalar) o‘z urug‘doshlari - Shayboniy o‘zbeklari bilan tezda qorishib 
ketadilar. Ularning badavlat qismigina XVI- XVIII asrlarda o‘z qabilaviy etnik 
nomlarini saqlab qolgan holda, yarim o‘troqlikda hayot kechiradilar. Ko‘chmanchi 
o‘zbeklarning davlatmand aslzodalari shaharlarga joylashadilar va mamlakat 
siyosiy hayotida hukmronlikni qo‘lga kiritib, mahalliy aholi bilan asta - sekin 
qarindoshlashib, o‘troq hayot kechira boshlaydilar. Davlatmand chorvadorlarning 
siyosiy hokimiyat bilan bog‘liq bo‘lmagan aksariyat qismi XVI – XVIII asrlar 
davomida O‘rta Osiyoning tog‘oldi hududlarida adir va dashtlarga joylashib, 
o‘zlarining an’anaviy chorvachilik xo‘jaliklari bilan shug‘ullanishda davom 
etadilar. Ularning hayot tarzi yarim o‘troqlikda o‘tgan. Ular vohaga tutash adir va 
cho‘llarda kapa va yurtalarda yashaganlar. Erta bahor chorva mollarini haydab 
dasht - adirlarga chiqib ketadilar. Kuzda don va poliz ekinlarini yig‘ishtirib 
olganlaridan keyin, chorva mollarini haydab qishlov joylariga qaytib, kech kuz va 
qishni o‘tkazadilar. Shunday hayot erta bahorda yana qaytarilgan. Etnograf 
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 113. 


26 
K.Shoniyozovning kuzatuvlariga ko‘ra, turli davrlarda O‘rta Osiyoga kelib 
o‘rnashib qolgan turkiy qavmlarning aksariyat ko‘pchiligi o‘troqlashib, ularning 
yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchilik bilan shug‘ullangan qismi XIII asrda 
taxminan 100 mingdan oshmas edi.
1
XIII – XV asrlarda O‘rta Osiyoga kelib qolib ketgan turkiy va turkiylashgan 
mo‘g‘ul qabilalari asosan Amir Temur va Bobur qo‘shinlarida xizmat qilardilar. 
Ularning ko‘pchiligi harbiy yurishlardan so‘ng tobe mamlakatlarda turli 
vazifalarda qolib, u yerlarda bolalari bilan yashab qolardilar. Masalan, 
barloslarning ayrim guruhlari Afg‘onistonda, Dehli atroflarida, Kashmirda 
o‘rnashib qolgan. Arlot, qipchoq, nayman, arg‘in, mo‘g‘ul guruhlari 
Afg‘onistonda, jaloyirlarning katta qismi Eronning shimolida va Ozarbayjonda 
qolib ketganlar. 
Ta’kidlash joizki, an’anaga ko‘ra, jangga otlangan turk - mo‘g‘ul chavandoz 
o‘zi bilan oila va urug‘ - aymoqlarini birga olib yurgan. Shayboniyxon 
Movarounnahrga qo‘shin tortib kelganda, uning armiyasida 92 qavm chavandozlari 
xizmat qilgan. Demak, har bir qavmni ming oiladan iborat desak, har bir oila 
o‘rtacha 6 - 7 kishidan iborat bo‘lsa, u holda, XVI asr boshlaridagi 
Shayboniyxonning harbiy yurishlari munosabati bilan kamida 500-600 ming 
Dashti Qipchoq o‘zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kirib kelgan. O‘rta Osiyo 
hududlarida ularning barchasi qolib, tub joyli aholi bilan qorishib ketganda ham, 
bu raqam mahalliy turg‘un etnik qatlamga nisbatan hech narsa emas edi. Shuning 
uchun ham antropologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, XVI asr davomida aholi etnik 
tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermadi. Masalan, ko‘chmanchi o‘zbeklar 
ko‘proq kirib kelgan Xorazm o‘lkasini olsak, XIV – XVI asrlar davomida mahalliy 
Xorazm aholisining ma’lum qismi Movarounnahrga ko‘chib kelgan. Amir Temur 
o‘zining Xorazmga oxirgi yurishida (1388 y.) Urganchni olgach, shahar 
aholisining ko‘pchiligini, birinchi navbatda, hunarmandlarni bola – chaqalari bilan 
Samarqandga ko‘chirib, ustalarni Oqsaroy qurilishida ishlatgan. Shayboniyxon 
Xorazmni istilo qilgach, Qiyot va boshqa shaharlar aholisini majburan 
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 504. 


27 
Movarounnahrga ko‘chirgan
1
. Buxoro amirlari ham Xorazm ustiga bir necha bor 
yurish qilib, uning talay aholisini Hisorga, Buxoroga, Samarqand va Toshkentga 
ko‘chirgan
2
. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Movarounnahrning turli 
joylarida «Urganji»lar etnik nomlarini uchrashi ana shu ko‘chganlarning avlodlari 
bo‘lsa kerak. Shunga qaramay, so‘nggi o‘rta asrlarda Xorazm aholisining asosini 
sartlar tashkil etardi. Xorazmning janubida turkmanlar ham yashab, asosan 
chorvachilik bilan shug‘ullanardilar. Bu zaminga chetdan kirib kelgan talaygina 
qabilalar: bajanaklar (pecheneglar), qipchoqlar, o‘g‘uzlar, qo‘ng‘irot va chagraklar 
esa ko‘proq shimoliy Xorazmda yashardilar. 
Dashti Qipchoqlilar tiliga kelsak, ular turkiy tilning «jo‘qiyuvchi» qipchoq - 
o‘g‘uz lahjasida so‘zlashardilar. Mahalliy turkiyzabon aholi esa Movarounnahrga 
moslashgan «yo‘qiyuvchi» qarluq - chigil lahjasida gaplashgan. Demak, 
Movarounnahr turkiylarining qadimiylari qarluq lahjasida so‘zlashsa, Chingizxon 
bosqinidan boshlab bu zaminga kirib kelgan turkiy ko‘chmanchilar turkiy tilning 
qipchoq va o‘g‘uz lahjalarida so‘zlashganlar. 
XVI asr boshlarida Shayboniy o‘zbeklarining bu zaminga katta - katta 
guruhlar bo‘lib kirib kelishi bilan qipchoq va o‘g‘uz lahjalarida so‘zlovchi aholi 
yanada qalinlashadi. Chunki, unga qadar ham bu lahjalarda so‘zlashuvchi etnik 
guruhlar Movarounnahr va Xorazmda keng tarqalgan edi. 
Movarounnahrda qarluq - chigil lahjalarida so‘zlashuvchi aholi o‘troq turkiy 
etnosning asosini tashkil etardi. Keyinchalik qipchoq va o‘g‘uz lahjalarida 
so‘zlashuvchi aholining o‘troq hayotga o‘tganlari mahalliy tub joyli aholi bilan 
aralashib, qorishib ketgach, ular ham Movarounnahrning barcha qadimiy turkiy 
qavmlari kabi qarluq - chigil lahjasida so‘zlashadigan bo‘ladilar. Ana shu uch 
turkiy til lahjalarining qorishuvi natijasida shakllangan til o‘zbek tilshunoslik 
fanida shartli ravishda «chig‘atoy tili» yoki «eski o‘zbek tili» deb ataladigan 
bo‘ldi. 
1
Абулғозий: Шажараи турк. - Т.: 1992. - 134-бет. 
2
Шарафуддин Али Яздий Зафарнома. - Т.: 1997. — 119-бет. 


28 
O‘zbek tilshunosligida, eski o‘zbek tili Movarounnahr va Xorazmning 
barcha aholisini umumxalq tiliga aylandi
1
. Ammo, «eski o‘zbek tili» haqida gan 
ketganda, aslida XI - XII asrlarda G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida, aynan 
Movarounnahrda umumturk tilidan ajrab chiqib, qarluq - chigil lahjalari asosida 
shakllangan turkiy tilni tushunmoq kerak. Bu til juda qadim - qadim zamonlardan 
sug‘diy va xorazmiy, VIII – IX asrlardan boshlab arab va fors - tojik so‘zlari bilan 
boyib bordi. Eski o‘zbek tili tarkibiga XVI – XVIII asrlar davomida qipchoq va 
o‘g‘uz lahjalarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar yanada ko‘proq qo‘shilgan holda, u 
qarluq - chigil lahjalari asosida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. 
Xullas, ko‘chmanchi o‘zbeklar Movarounnahr va Xorazmga kelib 
o‘rnashganlaridan keyin vaqt o‘tishi bilan mahalliy aholi bilan yaqinlashib, ular 
bilan quda - anda bo‘lib aralashib, qorishib muqim yashovchi turkiy o‘zbeklarga 
xos moddiy madaniyat, ma’naviy - axloqiy hayotni, etnik urf - odatlar va ibratli 
udumlarni o‘zlashtira boshlaydilar. O‘troq aholiga xos turmush tarzi va mushtarak 
ma’naviy dunyo fazilatlari ularning ruhiga singib boradi. 
XVI – XVIII asrlarda va undan keyin ham O‘zbekiston hududida jonli xalq 
tili o‘zbek tili edi. Tojik tili o‘zbek aholisining ma’lum qismi uchun (xususan 
Zarafshon vodiysining ayrim shahar va tog‘li qishloqlarida) ikkinchi til 
hisoblangan. Eski o‘zbek tili Movarounnahrda tojik - fors tili bilan juda yaqin va 
doimo uzviy aloqada rivojlandi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Movarounnahr 
aholisining talay qismi, ayniqsa, ziyolilar tabaqasi ikki tilda: turkiy va tojik - forsiy 
tilida so‘zlashar va yozisha olar edilar. 
Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligida rasmiy mahkama tili forsiy va qisman 
o‘zbek tilida bo‘lgani holda, Xorazmda Xiva xonligida nafaqat jonli xalq tili, balki 
rasmiy mahkama tili ham eski o‘zbek tilida olib borilar edi. Chunki, Xorazm tilida 
arab va tojik tillarining ta’siri qamroq edi. Shunga qaramasdan xorazmlilar tiliga 
ham o‘zga tillardan ba’zi so‘zlar kirib qolgan. 
XVI asrda Dashti Qipchoqdan Xorazm vohasiga ko‘chib kelgan 
ko‘chmanchi o‘zbeklar mintaqa aholisini nafaqat son jihatdan ko‘payishiga, balki 
1
Абдурахмонов Ғ.А., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. - Т.: 1973. - 16-18- бетлар. 


29 
etnik jihatdan rang - barang bo‘lishiga olib kelgan. Ko‘chib kelgan etnik guruhlar 
ekinbop yer va yaylov talashib, bir-birlari bilan urushib turganlar. Hukmronlikni 
da’vo qilishib, ba’zi qabila boshliqlari xonlar bilan raqobatlashib, mamlakat 
tinchligini tez - tez buzib turardilar. XVII asrga kelib bu kurashlarga barham berish 
va mamlakatda osoyishtalikni o‘rnatish zarur bo‘lib qoldi. Xiva xoni Abulg‘ozi 
mamlakatda osoyishta hayot ta’minlash maqsadida 1646 yilda islohot o‘tkazib, 
bunga ko‘ra, Amudaryo quyi havzalarida yashovchi o‘zbek qavmlarini har 
ikkitasini bir jamoaga birlashtirib, to‘rt juft (qo‘ng‘irot - qiyot, qang‘li - qipchoq, 
nukus - mang‘it, uyg‘ur - nayman) to‘p tashkil qilgan. Har bir juftga ekin 
maydonlari, ariq va kanallar va yaylovlarni bo‘lib bergan. Ularga 14 ta kichik etnik 
guruhlarii qo‘shib qo‘ygan. 
Lekin Buxoro amirligi va Xiva xonligi o‘rtasidagi o‘zaro talonchilik 
urushlari mamlakat iqtisodiy hayotiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. XVIII 
asrning oxirgi choragiga kelib, mamlakatda ocharchilik, undan keyin o‘lat kasali 
boshlanib, ko‘pchilikni yostig‘ini quritdi. Aholining talay qismi o‘zga yurtlarga 
ketishga majbur bo‘ladilar
1
. Xiva xonligida yuz bergan vaziyatdan ustalik bilan 
foydalangan qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Muhammad Amin taxtni osongina 
egallaydi. Xorazmda qo‘ng‘irotlar sulolasiga asos solinadi
2
.
Shunday qilib, XVIII asr davomida O‘rta Osiyoda uchta xonlik tashkil topib, 
Xorazmda qo‘ng‘irotlar, Buxoroda mang‘itlar, Qo‘qonda minglar hokimiyat 
tepasiga keladilar. Ular Dashti Qipchoqning o‘zbeklar elidan kelgan ko‘chmanchi 
qavmlar bo‘lib, iqtisodiy - xo‘jalik, siyosiy va etnomadaniy jihatdan yuksak 
darajada rivojlangan tub joyli mahalliy aholi ta’sirida vaqt o‘tishi bilan
o‘troqlashib ketadilar. Ammo, siyosiy hokimiyat ular qo‘lida bo‘lganligi va 
tub 
joyli aholining aksariyat ko‘pchiligi turkiyda so‘zlashganliklari uchun 
Turkistonda turkiy etnosga xos o‘zbek ruhi barcha aholi qoniga singib boradi. 
XVIII asrda bu yurt o‘troq o‘zbeklar eliga, o‘zbeklar yurtiga aylanadi.
1
Ўзбекистон тарихи. - Т.: 1993. - 263-бет. 
2
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 95. 


30 
Volga va O‘rol daryolari oralig‘ida ko‘chib yurib, Abulxayrxonning 
tayanchi bo‘lgan mang‘it qabilalari XV asrning ikkinchi yarmida «No‘g‘oy O‘rda» 
nomi bilan tarixga kirgan davlatni barpo qiladilar. No‘g‘oy O‘rdadan shimolda 
mustaqil 
«Sibir xonligi» tashkil topadi. Bir guruh o‘zbek qabilalari (200 minga 
yaqin oila) Abulxayrxon davridayoq Chu daryosi vodiysiga borib, 1466 yildan 
mustaqil yashay boshlagan edilar. Abulxayrxon o‘limidan keyin taxt uchun 
kurashlarga qatnashishni istamagan Oq O‘rda o‘zbeklarining ayrim guruhlari Chu 
vohasida yashovchi ko‘chmanchilarga borib qo‘shiladilar. Manbalarda qayd 
qilinishicha, ular 
XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi choragida o‘zlarini «o‘zbek - 
qozoq»lari deb ataganlar
1
. XVI asrning o‘rtalaridan, qachonkim qozoqlar elat 
bo‘lib shakllangach, ular tarixiy manbalarda «qozoqi»lar deb tilga olinadi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida qozoqlar shunday kuchayib ketdiki, hatto o‘z yaylovlarini himoya qila olishlaridan tashqari, o‘zbek shayboniylari bilan ham bemalol kurasha olardilar. Ular XVII asrda 
Shayboniy o‘zbeklaridan qolgan Sharqiy Dashti Qipchoq yerlarini bosib olish bilan 
chegaralanmay, hatto, Toshkentga ham hujum qilib, jung‘orlardan Toshkent va 
Toshkent vohasini tortib oladi. 
Elshunos K. Shoniyozovning yozishicha, Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga ko‘chib kelgan etnoslarning hammasi ham ko‘p sonli bo‘lavermagan. Ularning ayrimlarigina, masalan, qipchoq, saray, qo‘ng‘irot, yuz, ming, nayman, mang‘it, qtoylar boshqalarga nisbatan yirik 
etnik guruhlar edi. Bularning har biri 30 - 50 mingdan to 200 minggacha bo‘lishi 
mumkin. Tilga olingan etnoslar ichida eng ko‘p sonlisi qipchoqlar edi
1
. XVIII asr 
oxiri - XIX asr boshlarida qipchoqlar 270 ming atrofida bo‘lgan
2
. Ta’kidlash 
joizki, Dashti Qipchoq ko‘chmanchi qabilalarining hammasi ham Movarounnahrga 
ko‘chib kelmagan. Ularning bir qismi o‘z ona yurtlarida qolib, keyinchalik qozoq, 
qoraqalpoq, qirg‘iz, tatar, boshqird va boshqa turkiygo‘y etnoslarning tarkib 
topishida faol ishtirok etganlar. Masalan, qo‘ng‘irotlarning katta guruhi 
qoraqalpoq, qozoq, Xorazm aholisini; qipchoqlar qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, 
boshqird, turkman xalqini; naymanlar qozoq va qirg‘iz xalqini; qtoylar qoraqalpoq, 
qozoq, 
boshqird 
xalqini 
tarkib 
topishida 
ishtirok 
etganlar. 
Ularning 
Movarounnahrga kelib, bu zaminda qolib ketganlari XVIII asr boshlarida 
1
Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. - Т.: 2001. - 414-бет. 
2
Шаниязов К К этнической истории узбекского народа. Т.: 1974. С. 110. 


31 
O‘zbekiston aholisining taxminan 4/1 ni tashkil etgan
1
. Ko‘chmanchi o‘zbeklar 
o‘troqlikka o‘tishi bilan muhim etnik jarayon yuz beradi, ya’ni kelib chiqishi har 
xil bo‘lgan qavmlar orasida o‘zaro aralashish boshlanadi. Ayni vaqtda ular 
mahalliy o‘troq aholi bilan ham aralashib, qorishib boradi. Zamon o‘tishi bilan bu 
jarayonlar tufayli aholi nomida ham o‘zgarish hosil bo‘ladi
2
. Darhaqiqat, XVI asr 
boshlarida Buxoro aholisi (ko‘chib kelgan ko‘chmanchi o‘zbeklardan tashqari) 
«chig‘atoy» yoki «turk chig‘atoy» va tojikka bo‘lingan. XVII asr oxirlariga kelib 
esa bu aholi manbalarda faqat o‘zbek va tojikka bo‘lingan
3
. Demak, XVII asr 
oxirlaridan bu dalillar o‘zbek atamasi etnik ma’no va mazmun kasb eta 
boshlaganligidan dalolat beradi. 
XVI – XVII asrlarga kelib «sart» atamasining ham mazmuni o‘zgarib qoldi. 
Ma’lumki, avvallari bu atama fors manbalarida faqat tojikka nisbatan qo‘llanilgan 
bo‘lsa, XVI – XVII asrlardan bu atama ko‘proq Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi 
va Xorazmda turg‘un yashovchi muqim o‘zbeklarga nisbatan qo‘llaniladigan 
bo‘ldi
4

O‘zbek xalqi o‘zining XVI - XVIII asrlardagi etnik taraqqiyotida oldingi 
davrlardagidek, turkman, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoqlar bilan yaqin iqtisodiy, 
siyosiy va etnomadaniy aloqada bo‘lib keldi. Ayniqsa, uzoq asrlar davomida bir 
hududda yashab kelgan o‘zbek va tojiklar o‘rtasidagi etnomadaniy taraqqiyot har 
ikki xalqning mushtarak rivojlanishi uchun xizmat qildi va ularni bir - birlariga 
yanada yaqinlashtirdi. Natijada, ayrim turkiy tilli guruhlarning tojiklar tarkibiga, 
tojikzabon guruhlarning o‘zbeklar tarkibiga qo‘shilib, qorishib ketishiga olib keldi. 
Tojikzabon aholining o‘zbeklashish jarayoni, ayniqsa, Fargona vodiysi va 
Zarafshon vohasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida jung‘orlarning siquvi ostida 
Qozog‘iston cho‘llaridan Movarounnahrga bir necha qabilaviy etnik guruhlar 
ko‘chib keladilar. Mana shu etnik to‘lqinda qoraqalpoqlarning bir qismi Zarafshon 
vohasiga ko‘chib kelib, Nurota tog‘ tizmalarining janubiy yonbag‘irlariga 
1
Мулладжанов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. Т.: 1988. С. 123. 
2
Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. - Т.: 1996. - 415-бет. 


32 
joylashadilar. Shu to‘lqinda qipchoqlarning katta guruhi Zarafshon vodiysi, 
Toshkent vohasi va Mirzacho‘lga kelib joylashadilar. Ungacha Toshkent vohasida 
turkiy qabilalardan qurama, do‘rman, qirq, yuz, ming va boshqa qabilalar yashab 
kelar edi. XVIII asrning 30- yillarida qipchoqlarning bir qismi yaylov qidirib, 
shimoliy Farg‘onaning tog‘oldi mintaqalariga ko‘chib o‘tadilar. O‘sha kezlarda 
qoraqalpoqlarning bir qismi Markaziy Farg‘onaga kelib o‘rnashadilar. Keyinchalik 
bu yerlar «qoraqalpoq cho‘li» nomini olgan. 
Xulosa. Shunday qilib, XVI – XVIII asrlar davomida Movarounnahr va 
Xorazm vohasida siyosiy vaziyat juda murakkab kechgan. Oqibat natijada, yagona 
Shayboniylar - Ashtarxoniylar davlati uchta o‘zbek xonliklariga bo‘linib ketdi. Bu 
bo‘linish markazlashgan davlatning etnik va iqtisodiy omillarga asoslanmagan 
qabilaviy - sulolaviy parchalanishi edi. Natijada, Movarounnahr va Xorazmda 
feodal beboshliklar avj oldi. Yuz bergan bu ziddiyatlar Movarounnahr va Xorazm 
aholisining etnik tarkibi va rivojlanishiga ham katta ta’sir etdi. 
Dashti Qipchoq o‘zbeklarining etnik tarkibida o‘z tillarini allaqachon 
yo‘qotib, turkiyda so‘zlashuvchi elatlar ko‘p edi. Ularning antropologik tipi 
Janubiy Sibir tipini eslatar edi. Ularning katta qismi O‘rta Osiyo ikki daryo 
oralig‘iga kelib o‘rnashgach, mahalliy aholi bilan aralashib ketishi oqibatida 
o‘zbeklarning antropologik tipida mo‘g‘ul qiyofa etnik guruhlar qatlami 
qalinlashadi. Ayniqsa, o‘zlarini kelib chiqishini qo‘ng‘irot, do‘rman, ming, arlot, 
qatag‘on kabi etnik birliklar bilan bog‘lovchi o‘zbeklarda bu yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Shunga qaramay, XVI – XVIII asrlarda Dashti Qipchoq o‘zbeklarining 
Movarounnahr va Xorazmga kelib joylashishi XI – XII asrlarda shakllangan 
o‘zbek xalqining etnik tarkibini tubdan o‘zgartira olmasada, «O‘rta Osiyo ikki 
daryo oralig‘i tipi» tarkibida XIII – XIV asrlarda mo‘g‘uliy elementlarni 
ko‘payishi sezila boshlaydi. XV asrning oxiri va XVI – XVII asrlarda Dashti 
Qipchoqdan 92 bovli chorvador o‘zbek urug‘larining Movarounnahr va unga 
tutash viloyatlarga kelib o‘rnashishi oqibatida o‘zbek xalqining etnik tarkibida 
mo‘g‘uliy elementlarni sezilarli darajada yuz berishiga olib keldi. Ammo, aholi 
etnik tarkibida braxikefal yevropeoid qatlam «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i 


33 
tipi»ning mutlaq asosi bo‘lib qolaverdi. XVIII - XX asr boshlarida o‘zbek 
xalqining antropologik tarkibida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmaydi
1

Shayboniyxon yetakchiligida O‘rta Osiyoga birga kirib kelgan Dashti 
Qipchoq o‘zbeklari mahalliy turkiyzabon o‘troq aholiga «o‘zbek» nomini berdi. 
Bu nom O‘zbekiston tarixining bundan keyingi taraqqiyot bosqichlarida mahalliy 
aholi ruhiga singib, o‘zbek atamasi butun bir xalqning etnik nomiga va milliy 
iftixoriga aylandi. Hozirgi o‘zbeklar orasida mo‘g‘uliy qiyofa asosan ayrim qishloq 
o‘zbeklari (qo‘ng‘irot, mang‘it, ming, do‘rman, qurama, jaloyir kabi o‘zbek 
urug‘lari) etnik tarkibida saqlangan. Ammo, shahar aholisining etnik tarkibida 
braxikefal yevropeoid qatlam mutlaq asos bo‘lib qolavergan. XX asr ikkinchi 
yarmi - XXI asr boshlarida yuz berayotgan globallashuv jarayonlar ta’sirida 
O‘zbekiston xalqining katta shaharlar aholisi etnik tarkibida mo‘g‘uliy qiyofali 
elementlarning paydo bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin