O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix10.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ozbek xonliklari davridagi etnomadaniy jarayonlar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Ходжайов Т.К., Ходжайова Г.К. Историческая антропология. В кн. «Узбеки», Москва, 2011. С. 17-18. 


34 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II – Bob. Rossiya imperiyasi bosqinidan so’ng O’rta Osiyoda siyosiy va 
madaniy hayot. 
 
2.1 - Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida O’rta Osiyoda 
 iqtisodiy ahvol. 
Jahonda kapitalistik munosabatlar ijtimoiy - iqtisodiy hayotda o‘z o‘rnini 
topayotgan kezlarda O‘rta Osiyo hududlari o‘zining tabiiy - geografik boyliklari va 
arzon ishchi kuchi cheksiz bo‘lgani holda, XIX asr o‘rtalarigacha hech kimga 
qaram bo‘lmagan, feodal mustabid tartiblari keng ildiz olgan hududlar edi. Bu 
imkoniyatga kapitalistik iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanib 
borayotgan qo‘shni podsho Rossiyasi befarq qarab tura olmas edi. Shu boisdan, 
Rossiya davlati podsho Ivan Grozniydan boshlab O‘rta Osiyoni o‘z 
mustamlakasiga aylantirishni rejalashtirgan edi. Tarix taqozosiga ko‘ra, XVIII asr 
davomida katta, kichik va o‘rta Qozoq juzlari birin - ketin Rossiya tobeligiga o‘tib, 
rus ishbilarmonlari uchun O‘rta Osiyo tomon jadal harakat qilishga keng 
imkoniyatlar ochildi. Faqat XVIII asrda Qozoq juzlari hududida 46 ta katta, 96 ta 
kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar qurilib, ularga harbiy qismlar joylashtirildi
1

O‘rta Osiyo yerlariga kirib borish ayniqsa, podsho Nikolay I davrida (1825 - 1855) 
1
Ўзбекистон янги тарихи. Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. 1-китоб. - Т.: 2000. 38-бет. 


35 
kuchaydi. Podsho Rossiyasi tomonidan har xil bahonalar bilan O‘rta Osiyo 
hududlarini bosib olishga intilish, harbiy yurishlar uyushtirish avj oldi. Rossiya - 
Qo‘qon, Rossiya - Xiva chegaralarida harbiy istehkomlar qurish davom etdi. 
Rossiya bosqini arafasida O‘rta Osiyo uch xonlikka bo‘linib, ular o‘rtasida 
hukm surgan feodal urushlari, chegara janjallari, hatto har bir xonlik doirasida yuz 
bergan o‘zaro ichki feodal kurashlar Podsho Rossiyasi harbiylari va 
siyosatdonlarining e’tiborini o‘ziga tortmay qo‘ymas edi. Afsuski, bu suronli 
yillarda O‘rta Osiyo xonliklari birlashib, bo‘lajak tashqi xavfni oldini olish o‘rniga 
o‘zaro ichki urushlar, jangu jadallar bilan band bo‘ldilar. 
XIX asrning birinchi yarmida Angliya o‘z maqsadlarini ko‘zlagan holda 
Rossiyaga qarshi Turkiston xonliklarini ittifoqini tuzishga harakat qiladi. Bu yo‘lda 
Angliya o‘z ayg‘oqchilarini (Konolli, Berns, A. Todd, Stoddart, Abbot, Shekspir 
kabi zobitlarni) «sayyoxlar» sifatida O‘rta Osiyoga yuborib, Rossiya tashqi 
siyosatiga xalaqit bera boshlaydi. Ulardan Stoddart va Konollilar Buxoro 
rasmiylariga diplomat vakolatiga tegishli hujjat ko‘rsata olmagach, ular Buxoro 
zindonida qatl qilingan. Angliya o‘z diplomatiyasini Turkiya orqali amalga 
oshirmoqchi bo‘lib, qanchalar harakat qilmasin, ammo bu ham ish bermadi
1

Ayni chog‘da Rbssiya diplomatiyasi xonliklar o‘rtasida tobora kuchayib 
borayotgan ziddiyatlarni hisobga olib, 1853 yilda Oqmachit qal’asini bosib oldi. 
Oqmachitni olinishi munosabati bilan mahalliy tarixchi Muhammad Solih 
Toshkandiy o‘zining «Tarixi jadidai Toshkand» asarida quyidagilarni yozadi: 
«Qo‘qonda Oqmachit voqeasini esdan chiqarib aysh - ishrat, kayfu safo, o‘yin - 
kulgi va parvosizlikka berilib, mamlakat ishidan ko‘z yumib, Qozog‘istondagi 
xiroj, boj va zakotni g‘ayridin millatlarga topshirib, hukmronlikni g‘animat bilib, 
yomon odamlarni, o‘g‘rilarni va harom kishilarni to‘plab amaldor qilib va valiy 
belgilab, har bir shaharga yubora boshladilar. Ayrim johil mullalar va nodon 
ulamolar so‘ziga ishonib, aholi shariatdan uzoqlashib, ilmsiz johillarni mansabdor 
qilib qozi, rais, hokim, valiy lavozimlariga o‘tqazdilar. Poraxo‘rlik va haromlik 
rivojlandi, ishni tekshirmay aytuvchilar so‘ziga amal qilib, poraxo‘r, 
1
Ўша асар,. 1-китоб. 54—55-бетлар. 


36 
xushomadgo‘y va umuman nobob odamlar hokim va mansabdor bo‘ldilar. 
Aksincha, dono, aqlli, fozil va bilimdon kishilar xo‘rlandi va oyoq osti qilindi. 
Kengash va maslahat bilan ish yuritishga yo‘l berilmadi»
1

Mahalliy tarixchi Muhammad Solih kuyinib yurgan kezlarda Podsho 
Rossiyasining harbiy qo‘shinlariga birin - ketin Pishpak, To‘qmoq qal’alari, 
Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlari taslim bo‘ldi. 1864 yilning oktabrida 
general Chernyaev Toshkentga kirib keldi. Toshkent dahalarida boshlangan janglar 
1865 yil iyulida yakunlandi. Bosqinchilarga qarshi Yoqubbek va amir lashkar 
Aliqul kabi mahalliy qo‘shin sardorlarining qahramonlarcha kurashiga qaramay, 
Abdurahmonbek Shodmon, Muhammad Soatboy, Said Azim Muhammad kabi 
xoinlarning xiyonatlari ham dushmanga g‘alaba keltirdi. Toshkentdan so‘ng 
Qo‘qon xonligining boshqa shahar va qishloqlari ham ishg‘ol qilinib, 1867 yilda 
Turkiston harbiy general - gubernatorligi tuzildi, unga Fon Kaufman boshliq qilib 
tayinlandi. Shunday qilib, Qo‘qon xonligi hududining bir qismi bevosita Rossiya 
imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. 1876 yilda esa Rossiya Qo‘qon xonligini 
butunlay bosib olib, xonlik bekor qilinadi. 
Rossiya imperiyasining istilochilari Buxoro amirligiga qarshi 1866 va 1868 
yillarda ikki marta yurish qilib, birinchi yurishda amirlikning Uratepa, Jizzax va 
Yangiqo‘rg‘on bekliklarini bosib oladi. Ikkinchi yurishda Samarqand taslim bo‘ldi. 
Buxoro hukmdori amir Muzaffarning Turkiya va Angliyaga murojaat qilib madad 
so‘rashi ham ish bermadi. U mamlakat mudofaasiga tayyor emas edi. Umumxalq 
siquvi bilan uyushtirilgan amirlik qo‘shinlarining qarshi hujumi Chernyaev, 
Romanovskiy qo‘shinlariga bardosh bera olmadi, muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1868 yil 
1 mayda Cho‘ponota tepaligida bo‘lgan jangda amir Muzaffar qo‘shinlari mag‘lub 
bo‘ldilar. Shundan so‘ng, rus qo‘shini general Kaufman boshliq Samarqandning 
sotqin, qo‘rqoq, xushomadgo‘y qozikalon, ulamolari va amaldorlari kuzatuvida 
shaharga tantana bilan kirib keladilar. Amir Muzaffar qanchalar urinmasin 
Zirabuloq jangi urush taqdirini hal qildi. 
1
Ўзбекистон янги тарихи. 1-китоб. 58- бет. 


37 
Ammo, amirlikning janubiy bekliklarini birlashgan qo‘shini amir 
Muzaffarning valiahdi Abdumalik yetakchiligida kechagina qo‘ldan ketgan 
Samarqandga yurish boshlaydilar. Biroq, bu amir Muzaffarga yoqmaydi. Chunki, u 
qaram bo‘lsada, amirlik taxtini qo‘lda tutib turish ilinjida Rossiya harbiy 
generallari bilan til topishga, nima bo‘lsa ham taxtni o‘g‘liga topshirmaslika 
harakat qiladi. Shuning uchun amir Muzaffar yaqinlari bilan maslahatlashib, 
Kaufmanning asoratli sulh shartlariga ko‘nadi va valiaxd Abdumalik qo‘shinlari 
ichiga ayg‘oqchilar yuborib, Samarqandda Rossiya qo‘shinlari g‘alabasiga 
ko‘maklashadi. Hatto, Abdumalikni Qarshidagi qarorgohiga hujum uyushtirib, 
uning jangovar vatan himoyachilarini Qarshidan siqib chiqaradi. Shundan so‘ng, 
Abdumalik chavandozlari bilan do‘stlari - erksevar beklar Jo‘rabek, Yoqubbek va 
Sulton Sodiqlar bilan birlashadi. Bu birlashgan kuchlar Abdumalikni Shahrisabz 
Oqsaroyida Buxoro amiri deb e’lon qiladilar. Vatan himoyachilari Shahrisabzdan 
so‘ng Qarshini qayta egallaydilar. Karmana, Chiroqchi bekliklari ham tez orada 
ular qo‘liga o‘tadi. Muzaffar va general Abramov qo‘shinlari bilan vatanparvarlar 
o‘rtasida Qarshida qattiq janglar bo‘ladi. Kuchlar teng bo‘lmagan jangda 
vatanparvarlar Xiva tomonga chekinishga majbur bo‘ladilar. Shahrisabz va Kitob 
beklari Yoqubbek va Bobobeklar esa mintaqada qolib, to 1870 yil kuzigacha amir 
Muzaffar va Abramov qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishda davom etadilar
1

Rossiya imperiyasi Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligini bartaraf qilgach, 
endi navbatni Xiva xonligiga qaratdi. Shu masalada 1872 yilda Rossiya harbiy 
vaziri Sankt - Peterburgda maxfiy kengash chaqirib, Xiva xonligini bosib olishga 
qaror qilinadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Rossiya tajovuzidan xavotirlanib, 
Hindiston orqali Angliyadan madad so‘raydi. Biroq, Angliya o‘zining Afg‘oniston 
va Hindistondagi manfaatiga putur yetish ehtimolidan cho‘chib, Xivaga yordam 
qo‘lini cho‘zmaydi. Oqibat natijada, Rossiya qo‘shinlari xonlik yerlarini uch 
tomondan (Turkiston, Orenburg, Kavkaz) qurshovga olib, 1873 yilda Xivani taslim 
1
Ўзбекистон янги тарихи, 1-китоб. 92-136-бетлар. 


38 
etadi va Gandimiyon sulhiga ko‘ra, Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi Rossiyaning 
yarim mustamlaka protektoratiga aylanadi
1

Shunday qilib, podsho Rossiyasi harbiy yurishlar yo‘li bilan O‘rta Osiyoda o‘z 
siyosiy mavqeini mustahkamlab oladi. Endi, Rossiya hukumatining asosiy maqsadi 
ushbu mintaqani o‘zining xomashyo bozoriga aylantirishi kerak edi. Buning uchun 
mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini o‘rganish, arzon ishchi kuchi bozorini tashkil 
etish, o‘lkani boshqarish tizimini ishlab chiqish kerak edi. Rossiya imperiyasi juda 
uzoqni o‘ylab ish tutdi, ya’ni qanday qilib bo‘lsa ham o‘lka boyligini Rossiya 
manfaatiga xizmat ettirish yo‘llarini qidirib topadigan iqtisodchi, moliyachi, 
injener - texnik va irrigator mutaxassislarni Turkistonga yubora boshladi. 
Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatini davlat mulklari va 
ziroatchilik vaziri A.V. Krivosheyn uch so‘zda ifodalaydi. Buning birinchisi - 
paxta, ikkinchisi - sug‘orish, uchinchisi - ruslarni ko‘chirib keltirishdir. Chunki, 
bizning ichki bozorimiz, deydi u, so‘nggi 20 yil ichida Amerika paxtasi uchun 
faqat boj tariqasida 700 million rubl to‘lashga to‘g‘ri keldi. 1900 yildan esa yiliga 
40 million rubldan to‘lab kelmoqdamiz. Oliy lavozimli yana bir arbob M. 
Brodovskiy «Turkiston o‘lkasi imperiyaga ko‘shib olingan. Unga mustamlaka 
sifatida qaralishi lozim... bu mamlakatda manufaktura sanoati juda past 
rivojlangan. Shuning uchun ham u tabiiy ravishda Yevropa Rossiyasi manufaktura 
mahsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi», deydi. 
Mana shunday mutaxassislar fikrlari hisobga olinib, Rossiya imperiya- si 
hukumatida 1886 yilda Turkiston o‘lkasini boshqarish bo‘yicha maxsus «Nizom» 
ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, paxtadan yuqori hosil olish maqsadida Amerika paxta 
navini olib kelish va o‘lka sharoitiga moslashtirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, 
sug‘orish kanallari qurish, o‘lkaga temir yo‘l olib kelish, Rossiya gubernalaridan 
rus dehqonlarini ko‘chirib keltirish va ularga 10 desyatinadan kam bo‘lmagan yer 
bilan ta’minlab joylashtirish qonunlashtirildi. O‘lkadagi barcha yerlar davlat 
xazinasiga tegishli deb e’lon qilindi. O‘troq mahalliy aholiga tegishli yerlar qozilar 
tomonidan 
berilgan 
vasiqaga 
qarab 
emas, 
balki 
uni 
amalda 
kim 
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 198. 


39 
foydalanayotganligiga qarab, yer merosiy yakka xo‘jalik egaligi bo‘ladi, deb 
ko‘rgazma berildi. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar katta yer 
egalari tomonidan dehqonlarga ijaraga berilgan yerlar endilikda ijarachilarga 
merosiy tarzda foydalanishga topshirildi. Imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga 
boshqalar qatori soliq solinadigan bo‘ldi, endi ular xususiy mulk emas, balki davlat 
yerlari deb e’lon qilindi. 
Yerga egalik qilish masalasida rus amaldorlari o‘rtasida ikki xil fikr kelib 
chiqdi. Birinchisi dvoryan - pomeshchiklar manfaatini ko‘zlovchi fikrlar bo‘lib, 
bunga ko‘ra, Turkiston o‘lkasini podsho Rossiyasi mustamlakasi sifatida qarash, 
ya’ni mahalliy dehqonlarni krepostnoylikda saqlab ishlatish; ikkinchisi - Turkiston 
dehqonlarini erkin yer egalari deb e’lon qilish, ularni yerga o‘z shaxsiy mulklari 
sifatida qarab, shu yo‘l bilan Turkiston qishloq xo‘jaligida kapitalistik 
munosabatlarga keng yo‘l ochish ko‘zda tutilgan. Bu yo‘l mustamlakachi Rossiya 
burjuaziyasining manfaatini ko‘zlagan fikr edi. 
Podsho Rossiyasi amaldorlari tuzgan va joriy etgan qonunlarda ana shu ikki 
qudratli sinflar manfaatlari to‘qnashuvi o‘z aksini topgan. 1882 - 1884 yillarda 
o‘lkada taftish o‘tkazgan imperatorning maxfiy maslahatchisi Girs podshoga 
taqdim etgan qonun loyihasida rus burjuaziyasining manfaatlarini ifodalaydi. U 
Turkiston dehqonlari o‘z yerlariga to‘la egalik qilsalar, imperiya sanoatiga ko‘proq 
xomashyo yetkazib berishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Uning birdan - bir to‘g‘ri 
fikriga ko‘ra, an’anaviy odat bo‘yicha har bir dehqonga to‘la xususiy mulk sifatida 
yer biriktirilsa, «erga bunday egalik qilishdan xalq mamnun ekan, bu shaklni 
saqlab, uni qonunan tasdiqlash kerak»
1
deyildi. Ammo, dvoryan - pomeshchiklar 
bunga qarshi, Turkiston yerlarini talon - toroj qilishni istaganlar. Sankt - 
Peterburgda Oliy doirada ham har ikki tomon fikrlarini muhokamasida bahslar 
davom etgan. Ko‘pincha imperator hukumati, Davlat kengashi va Vazirlar 
qo‘mitasi dvoryanlarga yon bosgan. Ular Turkistonda kapitalistik munosabatlarni 
erkin rivojlanishiga to‘sqinlik qilardilar. 
Podsho hukumati senator K.K. Palen takdimnomasiga ko‘ra, Turkiston 
o‘lkasi dehqonlaridan olinadigan soliqlarni to‘lashda qishloqlarga «jamoaviy 


40 
javobgarlik»ni joriy etdi
2
. Bunda rus amaldorlari Turkistonda qadimdan davom 
etib kelayotgan jamoachilik an’analariga ko‘ra, qishloq kambag‘allari uchun 
ularning boy qishloqdosh qarindoshlari yoki hamqishloqlari, uning to‘lay olmagan 
solig‘ini to‘lab yuborishini bilib, shu usulni qonunlashtirganlar. Unga qadar rus 
amaldorlarining soliq yig‘ishdagi noma’qul xatti - harakatlari haqida 
tumanboshilar yig‘inida (1898) shunday so‘zlar yangragani ma’lum: «soliqlar 
kambag‘allarga ko‘p, boylarga esa kam tushadi»
1
. Albatta, bu qishloqlarda 
sudxo‘rlikning keng ildiz otib, mahalliy dehqonchilikning kapitalistik asosda 
rivojlanishiga xalaqit berar edi. 
Imperiyaning qora tuproqli markaziy hududlarida yer tanqisligi tufayli 
hamda rus kapitalizmining tayanchi sifatida Rossiyaning markaziy gubernalaridan 
rus dehqonlarini ko‘chirish boshlanib ketdi. 1875 - 1890 yillar oralig‘ida 
Turkistonga 1300 oila ko‘chib kelib, o‘lkada 19 ta rus qishloqlari tashkil topdi. 
1891 - 1892 yillardagi ocharchilik tufayli ko‘chib keluvchilar soni nihoyatda 
ko‘payib ketdi. Natijada, yana 25 ta rus qishloqlari tashkil topdi. 1886 yildagi 
«Nizom»ning «bo‘sh davlat yerlari» bandiga ko‘ra, mahalliy dehqonlardan turli 
bahonalar bilan hosildor, suvga yaqin yerlar tortib olinib, kelgindi rus mujiklariga 
berildi. Natijada, mahalliy aholi bilan rus dehqonlari o‘rtasida yer - suv masalasida 
to‘qnashuvlar kelib chikdi. Chor hukumati 1889 yil 13 iyulda qonun qabul qilib
bunga ko‘ra, barcha masalada rus dehqonlarining manfaatini himoya qildi. Bu 
choralar Turkistonni ruslashtirish siyosatida 1892 yilda keskin burilish boshlandi. 
O‘z ixtiyori bilan ko‘chib kelgan rus dehqonlarining huquqi ma’muriyat nazorati 
bilan kelgan dehqonlar huquqi bilan tenglashtirildi. O‘lkada maxsus «ko‘chirib 
keltirish boshqarmasi» tashkil etildi. Rossiya amaldorlari o‘lkadan keladigan sof 
foydani ko‘paytirish maqsadida 1886 yilda qabul qilingan «Nizom»ga 
o‘zgartirishlar kiritib, 1896 yilda yangi «Nizom» qabul qildi. Yangi «Nizom» 
loyihasini tayyorlashda ikki qudratli kuch - dvoryanlar va burjuaziya tarafdorlari 
orasida jiddiy bahslar bo‘lib, rus burjaziyasi Turkistonda mustamlaka siyosatini 
o‘tkazishda yangi usullarni, ya’ni O‘rta Osiyo iqtisodiga kapital kiritish, 
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 205. 


41 
dehqonlarga qarz berish, konsessiyalar ochish, xomashyo manbalarini qo‘lga 
kiritish kabi usullarni qo‘llashni ko‘tarib chiqsa, dvoryan - pomeshchiklar mahalliy 
aholi yerlarini tortib olish, ularni rus pomeshchiklariga taqsimlab berish, hayotda 
patriarxal - feodal tartiblarini saqlab qolishga intilar edilar. Bu kurashlarda rus 
burjuaziyasi o‘z manfaatini himoya qila oldi. Chunki, Turkistondagi rus savdo - 
sanoat va moliya burjuaziyasiga paxta, pilla va qorako‘l teri mahsulotlari kerak. 
Buning uchun mahalliy paxtakor, pillakor va chorvador ularga suv va havodek 
kerak. Ulardan xomashyoni juda arzonga sotib olish mumkin. Shuning uchun ham 
rus burjuaziyasi 1886 yilgi «Nizom»ning 270 - bandiga o‘zgartirishlar kiritish 
haqidagi dvoryanlar harakatiga qat’iy qarshi turib, o‘z maqsadlariga erishdilar.
1
Vazir A.V. Krivosheyn tahliliga ko‘ra, o‘lkada paxta yetishtirishni yuksaltirish 
davlatga yiliga 70 million rublni tejashga imkon beradi. «Ko‘p millionli vatan 
paxta tolasini qayta ishlash Rossiya sanoatini xonavayron bo‘lishdan saqlovchi 
kafolat rolini o‘ynaydi. Mana shuning o‘zi Turkistonni Rossiyaga ko‘rsatadigan 
buyuk iqtisodiy xizmatidir»
1
. Shunday qilib, 1896 yilgi «Nizom» Turkistonda 
paxta yakkahokimligiga yo‘l ochdi. Turkistondan Rossiyaga yuboriladigan 
paxtadan boj olinmaydigan bo‘ldi. Soliq olishda ham paxtakorlarga ayrim 
imtiyozlar berildi. Bunday siyosat Turkistonga Rossiyadan ko‘chib keladigan rus 
dehqonlarini sonini ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Natijada, XX asr boshiga kelib, 
Turkistondagi rus kelgindilarining soni 197 mingdan oshib ketdi. Ular Turkiston 
umum aholisini atigi 5 foizini tashkil etgan holda, hosildor yerlarning 60 foizini 
egasi bo‘lib olgan edilar
2
. 1906 - 1915 yillarda Sirdaryo va Farg‘ona vodiysida rus 
dehqonlari uchun mahalliy aholining 749,9 ming tanob yeri musodara qilindi. 1912 
yilda vazir A.V. Krivosheyn safari haqida imperatorga yo‘llagan xatida o‘lkadagi 3 
million tanob sugoriladigan yerlarni rus xo‘jaliklari foydasiga musodara qilishni 
taklif qilgan
2
. 1914 yilga kelib, Rossiyaning Turkistondan oladigan daromadi 300 
foizga oshdi. 1916 yilda Rossiya Turkiston o‘lkasidan 38329 ming sof daromad 
oldi. Masalan, to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining qiymati 1900 yilda 150 
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 514. 
2
Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т.: 2000. - 225-бет. 


42 
foizga oshdi. Rossiya uchun paxta ekiladigan maydon 1885 yilda 41, 4 ming tanob 
bo‘lsa, 1915 yilga kelib, uning miqdori 541, 9 ming tanobga yetdi. Ayniqsa, yengil 
sanoati rivojlandi. 1869-1896 yillarda imperiya xazinasiga o‘lkadan 158 million 
rubl daromad tushgan
4

O‘lkaning birgina Farg‘ona viloyatida XX asr boshida mahalliy, rus va chet 
el kapitaliga qarashli 157 ta paxta tozalash zavodlari ishlar edi. Samarqand va 
Sirdaryoni ham qo‘shganda 1900 yilda ularning soni 170 taga yetdi. 1900 - 1910 
yillar davomida yana 220 ta korxona qurilib, ishga tushirildi. 1910 - 1914 yillar 
ichida yana 180 ta korxonalar ishga tushirildi
1
. Afsuski, «Nizom»ga ko‘ra, 
Turkistonda metropoliya sanoati siyosatini faqat rus burjuaziyasi belgilashi 
mumkin edi. Bu bilan ishbilarmon mahalliy burjuaziyaning tadbirkorlik va 
tashabbuskorlik faoliyati bo‘g‘ib qo‘yildi, ya’ni xomashyo ishlab chiqarishdan 
keladigan mo‘may daromad metropoliya burjuaziyasi foydasiga hal etildi. 
Rus iqtisodiy siyosatchilaridan knyaz Masalskiy Turkistonda paxtachilikni 
rivojlantirish rus to‘qimachilik sanoati uchun «yaqin kelajakda hayot - mamot 
masalasiga aylanadi», degan edi
2
. 1884 yilda Turkistonga paxtaning amerika navi 
keltirildi. 1889 yilda amerika navi 50 ming, 1895 yilda 100 ming tanob maydonga 
ekildi. 1906 yilda Turkiston o‘lkasi Rossiya to‘qimachilik sanoatiga 566878 pud 
paxta yetkazib bergan bo‘lsa, 1915 yiga kelib 2.426.298 pud paxta yetkazib berdi. 
1916 yilga kelib, Turkistonda paxtaning amerika navini ekish 7 marta kengaydi
1

Turkiston o‘lkasi imperiyaning xomashyo manbai bo‘lishidan tashqari, u 
Rossiyaning jahon bozorlarida raqobat qila olmaydigan bozoriga ham aylandi. XX 
asr boshlarida Turkistonga keltirilayotgan temir, mis, chinni idishlar, gazlama va 
boshqa sanoat mahsulotlarining mikdori 8 martaga ko‘paygan
4
. Turkistonda 
Rossiyaning choy sotish firmalari, chinni buyumlar sotish firmalari, savdo uylari, 
katta manufaktura va savdo - sotiq shirkatlari tashkil etilib, ular Turkiston bozorida 
hukmron mavqeni egallagan edilar. Turkistonda xususiy tijorat banklari tashkil 
etilib, ular o‘lka iqtisodiyotida nufuzli o‘rindan joy olgan edilar. 
1
Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т.: 2000. - 231-бет. 


43 
Turkiston iqtisodiyotiga rus kapitalining bunday kirib kelishi o‘lkada 
kapitalistik munosabatlarni jadal rivojlanayotganligidan dalolat berar edi. Bu 
jarayonlarga mahalliy boylar ham tortildi. Ammo, o‘sib kelayotgan Turkiston 
burjuaziyasi ko‘p jihatdan Rossiya burjuaziyasiga raqobatchi emas, balki podsho 
Rossiyasi qabul qilgan «Nizom»ga ko‘ra, unga xizmat qiluvchi yangi sinfga 
aylanib bormoqda edi. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan Turkistonga Rossiya sanoat mollarini 
kiritilishi munosabati bilan mahalliy hunarmandchilik zaminiga zil ketdi. Chunki, 
ularga sarflangan mehnatga ko‘ra, ular rus sanoat mollariga nisbatan qimmat edi. 
Rus sanoat mollari oldida ularning bozori sindi. Masalan, Farg‘ona va Sirdaryo 
viloyatlarida 1890 yilda mahalliy korxonalar soni 1099 ta bo‘lsa, 1913 yilga kelib, 
ularning soni 774 taga tushib qoldi. Ularda ishlaydigan ishchilar soni 1180 tadan 
853 taga kamaydi. Ulardan olinadigan daromad esa 250,4 ming rubldan 158, 2 
ming rublga tushib ketdi. O‘lka hunarmandchiligining markazi hisoblanib kelgan 
Samarqand, Marg‘ilon, Qo‘kon, Andijon, Buxoro kabi shaharlarda ommaviy 
mahsulot ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalar hali yo‘q edi. 1841 yilda 
Buxoroda atigi 6 ta cho‘yan eritish sexi ishlab turgan. Turkistonda birinchi paxta 
tozalash zavodi 1874 yilda Toshkentda qurilgan. 1880 yilda shunday zavod 
Andijonda mahalliy boy Olimxo‘ja Muhammadjonov tomonidan qurildi. 1881 yili 
uchinchi zavod Kattaqo‘rg‘onda qurildi. 1914 yilga kelganda ularning soni 220 
taga yetdi. Shunday zavodlar 1905 yilda Buxoro amirligida 9 ta bo‘lgan bo‘lsa, 
1913 yilga kelib, ular 26 ta bo‘ldi. Xiva xonligida esa fevral inqilobi arafasida 36 
ta paxta tozalash zavodi, 4 ta yog‘ zavodi bor edi
1

Mahalliy burjuaziya vakillari rus va chet el kapitalistlari bilan hamkorlikda 
jahon bozoriga chiqishga harakat qiladilar. O‘lkada ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
nafaqat Rossiyaga, balki Angliya va Germaniyaga ham olib ketilgan. Masalan, 
Turkiston yog‘ zavodlarining kunjara mahsulotlariga chetda talab katta edi. XIX 
asrning oxirlaridan Turkiston iqtisodi kapitalistik rivojlanish yo‘liga tushib oldi. 
Paxta zavodlarining monopol birlashmalari vujudga keldi. Masalan, 1915 yilda 5 ta 
1
Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т.: 2000. – 237 - 238-бетлар. 


44 
yirik firmani birlashtirgan «Beshbosh» savdo - sanoat shirkati tashkil etildi. Bank - 
moliya kapitali O‘rta Osiyo iqtisodiyotining barcha sohalariga kirib bordi. 
Turkistonga Rossiyadan tashqari boshqa xorijiy firmalar va ularning mablaglari 
ham kirib keldi. Masalan «Zinger» firmasi. 
O‘lkani Rossiya bilan bog‘laydigan temir yo‘l ishga tushgach, rus va chet el 
kapitalining Turkistonga kirib kelishi yanada jadallashdi. O‘lkada 1895 - 1914 
yillar oralig‘ida 11 ta urug‘ zavodi, o‘nlab ko‘n, g‘isht, ohak qizdirish, mis eritish 
zavodlari, jun yuvish sexlari, vino, pivo, farmatsevtika, oziq – ovqat korxonalari 
ishga tushirildi. Birinchi jahon urushi arafasida Turkistonda dastlabki elektr 
stansiyalar paydo bo‘ldi. Masalan, «Chimyon» neftni haydash zavodi dizel elektr 
stansiyasidan quvvat olardi. Qovunchi qand zavodi o‘z xususiy GRS siga ega edi. 
Biroq, bu zavod va fabrikalarda ishchilarning asosiy qismi yevropaliklar bo‘lib, 
mahalliy aholi esa juda kamchilikni tashkil etgan. Ular asosan kon qazish sanoati 
va temir yo‘l qurilishida ishlashar edi. Mahalliy ishchi xotin - qizlar pilla quritish, 
pilla tolasini chuvash, qurt urug‘ini olish tarmoqlarida ishlaganlar. 
XX asr boshlariga kelganda o‘lka qishloq xo‘jaligida sanoat uchun paxta 
yetishtirish bosh masala bo‘lib qoldi: paxta maydonlari kengaydi, kanal va ariqlar 
qurilishiga e’tibor kuchaydi, avval dehqon paxtani o‘z xo‘jaligi ehtiyojini 
qondirish uchun eksa, endi paxtani bozor uchun ekadigan bo‘ldi. Turkiston dehqon 
xo‘jaligining bozor munosabatlariga moslashish sur’atlari G‘arbga nisbatan juda 
tez yuz berdi. 
Savdo - sanoat burjuaziyasi, moliya - bank oligarxiyasi nochor mayda 
dehqon xo‘jaliklariga davlat tomonidan yengil shartlar bilan kredit beradigan 
shirkatlarni tashkil etilishiga erishdi. Mayda dehqon xo‘jaliklari 12 foiz foyda 
to‘lash evaziga davlat shirkatlaridan kredit olishlari mumkin edi. Kredit olish 
shartlariga ko‘ra, kredit oluvchi shaxslardan mulkini garovga qo‘yish talab etilgan. 
Ammo, ekin maydonlari chegarali bo‘lgan mayda dehqon xo‘jaliklari yerlaridan 
ajrab qolishlikdan qo‘rqib, bunday imkoniyatlardan foydalana olmaganlar. Boz 
ustiga, musulmon dunyosida ma’lum miqdorda foiz to‘lash sharti bilan kredit olish 
va berish odati bo‘lmagan. Soddadil dehqon xo‘jaliklari g‘arb dunyosidagi bu 


45 
moliyaviy tartib - qoidani esa tushunmaganlar. Natijada, davlat kredit 
shirkatlaridan asosan rus dehqonlari va o‘ziga to‘q mahalliy mulk egalari 
foydalandilar. Mahalliy mayda dehqon xo‘jaliklari bilan davlat kredit shirkatlari 
o‘rtasida sudxo‘r vositachilar paydo bo‘lib, ular 10 - 12 foiz atrofida foyda to‘lash 
sharti bilan kreditga olgan mablag‘ni 40 - 60 foizgacha foyda olish sharti bilan 
nochor mayda dehqon xo‘jaliklariga berardilar. Biroq, shirkatlar faoliyatidagi 
qonunbuzarliklarni oldini olish ham qiyin bo‘lgan. 
Davlat kredit shirkatlari nafaqat dehqon xo‘jaliklari doirasida, balki ular 
shahar hunarmandlari, izvoshchilar uchun ham tuzilgan. Shirkatchilik 1910 - 1917 
yillarda avvalgilariga nisbatan 18 marta ko‘paydi, ularning a’zolarini soni 43 
marta, moliyaviy hissasi 243 martaga oshgan. 
XX asr boshlarida xo‘jalik yuritishning kooperativ shakli Turkistondagi 
iqtisodiy munosabatlarning muhim qismiga aylandi. Mayda dehqon xo‘jaligining 
an’anaviy faoliyati saqlangan holda, bozor munosabatlari keltirib chiqargan 
muammolar kooperatsiya orqali hal qilindi. Biroq, mahalliy sarmoya sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarishda rus kapitali tomonidan siqib qo‘yildi. Paxta va 
boshqa xomashyolar yetishtirish asosan mahalliy burjuaziya va mayda dehqon 
xo‘jaliklari qo‘lida bo‘lsa-da, ularni chetga chiqarish metropoliya sanoat egalari 
qo‘lida edi. Mamlakat ichida chakana savdo qilish jabhasi to‘la mahalliy 
savdogarlar qo‘lida edi. O‘lka iqtisodiy hayoti kapitalistik munosabatlarga keng 
ko‘lamda tortildi. 1917 yil fevral inqilobi arafasida o‘lkada bu jarayonlarga 
tortilgan milliy burjuaziya sinfi shakllandi. Rossiyadan keltirilayotgan mollar 
oldingi davrga nisbatan 8 marta oshgan bo‘lsa, o‘lkadan Rossiyaga chiqarilayotgan 
tovar mahsulotlari 7 martaga o‘sdi. 
Shunday qilib, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkiston o‘zaro 
savdo aloqalariga keng jalb etilib bordi. Turkistonda yagona ichki bozorning 
shakllanishi boshlandi. Biroq, Turkiston Rossiyaning yagona xomashyo bozoriga 
aylanib bordi. Uning xomashyo boyliklarini ko‘p bo‘lishiga qaramay, Rossiya 
savdo - sotiq burjuaziyasi Turkistonda mahalliy to‘qimachilik sanoatining 
rivojlanishiga to‘sqinlik qilishda davom etdi.


46 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin