35
javob berishga o'rgatadi. Agar pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi o'qituvchilarni
tayyorlash
haqida gapiradigan bo'lsak, unda psixologiyani o'qitishda quyidagicha vaziyatlar asosiy rol
o'ynashi mumkin. «Dars», «orqada qolganlar bilan ishlash», o'qishda orqada qolayotgan
o'quvchi va xatolarni psixologik tabiatini psixologik sababini, masalan, diqqatni yoki
matematikadan yozma ishda dars natijalarini tahlil qilish sharti va boshqalar. Bunda talabalar
turli rollar bilan chiqish qilishlari mumkin: o'qituvchi, metodist, ta'lim departamenti
inspektori,
amaliyotchi talaba va hatto o'quvchini (a'lochi, qoloq va h.) bunday ishbilarmon o'yinlar usuli
oldindan rejalashtirilishi (ssenariy tuzish, rollarga bo'lish vaziyatni tanlash va h.) va amaliy
mashg'ulotlarda o'tkazish mumkin.
Masalan, darsda o'quvchilar diqqatining rivojlanishi mavzusidagi amaliy mashg'ulotda
ishbilarmon o'yin usuli o'qituvchi tomonidan tashkil qilindi. Unda psixologiya o'qituvchilari va
talabalari ishtirokida maktabda darsni o'tish oldindan berildi. Bu sinflar rus tilini yaxshi
o'zlashtirmayotgan o'quvchilardan tuzilgan. S.V.Ivanov, AN.Ivanova tomonidan ishlab chiqilgan
yangi rus orfografiyasi metodikasirti tajriba qilish uchun tuzilgan tanlanma sinflar edi.
Keyin talabalar mana shu dars va sinfni kuzatishdan to'plagan materiallari asosida
ishbilarmon o'yinlar usuli o'tkazildi, ayni ekspremental xarakterga ega o'qitish qo'yilgan edi.
Ular darsga katta qiziqish bilan munosabatda bo'lishdi, demak, ularning diqqati ham faolroq
bo'ldi.
Amaliyotchi talabalar o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini diqqat bilan kuzatadilar,
yozib
boradilar, ishbilarmon o'yin uchun keyinchalikka material to'playdilar. Ishbilarmon o'yinlar
usulida ishtirok etishi uchun talabalarga rollar taqsimlanadi. Shunday qilib 3 ta talabaga
o'qituvchi roli berildi (ular 2 soatli psixologiya darsidan amaliy mashg'ulot olib borishlari lozim
edi). 7 ta talabaga esa ta'lim departamenti inspektor — metodisti roli berildi va 2 ta talabaga
maktab mudiri va ilmiy xodim roli berildi. Shu orqali ish o’yini tashkil qilinib o'rtaga tashlangan
muammo hal qilinadi.
Ishbilarmon o'yin usuli amaliy mashg'ulotda qanday tashkil qilinadi? O'qituvchi otlarga
suffikslarni qo'shish mavzusi bo'yicha dars olib bordi. Boshqalar esa dars metodikasi bo'yicha
o'z fikrlarini bildirishdi. Ularning xulosalarida tanqidiylik mavjud edi (asosan, eksprement
o'tkazuvchi o'qituvchini ijobiy tomonlarini ko'p qo'llanilganligi uchun) «mudir» va ilmiy xodim
esa, o'z o'qituvchilarining xato va kamchiliklarini oqlashga urinishdi. Suhbat nafaqat metodik
nuqtayi nazardan muvaffaqiyatli chiqdi, shuningdek, psixologik asoslangan tanqidlar ham ko'p
bo'ldi. Psixologik tahlil qilish nuqtayi nazaridan ham diqqatni rivojlantiruvchi
ijobiy vaziyatlar
36
namoyon bo'ldi. Ishbilarmon o'yin usuli oxirida asosiy xulosaga kelinsa va u quyidagicha
shakllangan edi. O'quvchilarning diqqati darsga va o'rgatilayotgan mavzuga nisbatan faol
qaratilgan. O'quvchilar vazifani a'loga bajarganlarida va bundan ma'naviy qoniqish
olganlaridagina qiziqish hosil bo'ladi.
O'qituvchining diqqati bu faoliyatni to'g'ri bajarishga qaratilgan ichki nazoratdir. Uni
o'qituvchi vazifa bajarishga yo'naltirganda boshqariladi deb xulosa qilindi. Bu shuni anglatadiki,
diqqatni o'stirish va tarbiyalash uchun o'quvchilarni iloji boricha to'g'ri faoliyat bajarishga
yo'naltirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu nafaqat mashg'ulotlarni o'qitishga tegishli,
shuningdek, har qanday aqliy va amaliy faoliyatni o'rganish uchun ham kerak. Yo'naltirishga
asoslangan faoliyat (P.Ya.Galpirin) ayni psixologik sharoitlarni yaratadi.
Ishbilarmon o'yin usuli ayni vaqtda boshqa usullarga ko'ra samaraliroq chiqdi. Chunki u
talabalarni real vaziyatlarga qo'yib aniq shaxslaming rolini o'qituvchi, metodist,
ilmiy mudir,
direktor rollarini o'ynab aniq fikrlashga majbur qiladi va bu vaziyat o'quvchilar diqqatini,
tafakkurini yo'naltiradi, yaxshi o'zlashtirishiga imkoniyat yaratadi.
Talabalarni interfaol o'qitish usullaridan yana biri
trening hisoblanadi. O'qitishning bu yangi
usuli sifatida, birinchidan bizda u haqida ancha vaqtgacha bilishmagan, shunga qaramay g'arbda
psixokorreksiya ishlarini bevosita amalga oshirish maqsadida kichik guruhlarda tuzilgan va
maxsus munosabat tashkil etish usuli sifatida tarqalgan. Ikkinchidan u psixologiya yoki boshqa
fanlarni yangi o'qitish usuli hisoblanmagan, hatto hozir ham shunday bo'lib ulguigani yo'q. Zero,
ba'zi oliy o'quv yurtlarida ijtimoiy psixologiyani o'qitishda trening amaliy mashg'ulotlarda
hamkorlikdagi faoliyat jarayonlarini shakllantirish uchun qoilana boshlaydi. Trening guruhlarida
vujudga keladigan turli vaziyatlarni o'rgatuvchi hisoblanadi va shu ma'noda o'quvchilar uchun
to'la real vaziyat sifatida namoyon bo'ladi va o'z faoliyati natijasiga javobgarlik bilan harakat
qilishi kerak. Javobgarlik hissi faoliyatga kirishganda alohida ahamiyatga egadir. Nafaqat o'zi
oldinga intilishi kerak, bu individual o'qitishda, hatto, guruhni o'qitishning erkin muhokamasida
qo'l keladi, lekin guruhdagi sheriklar bilan oldinga intilishi har bir harakat yutug'i - bu butun
guruh faoliyatining yutug'ining garovidir.
Bu aspekt treningning ishbilarmon o'yinlarga shunisi bilan o'xshaydiki, undan holi
ishtirokchilar bir-biri bilan bog'liq
javobgarlik kuchli, lekin o'qitish usullari orasidagi farq
yaqqol ko'rinadi, ulardan bin nazorat, ishini nazariyaga asoslanganligi, tamoyili bo'yicha amalda
qo’llashga o'rgatishga xizmat qiladi, boshqa esa amaliyotda nazariyani o'rganishga (amaliyotda
nazariya) xizmat qiladi.
37
Guruhiy trening usulining ijtimoiy psixologiya fanini o'qitishda qo'llash bejiz emas, chunki
butun tarkibi nazariy qonuniyatlar guruhlararo va guruh ichidagi munosabatlarga bag'ishlangan,
ularni amaUy mashg'ulotning guruhiy shaklida ko'proq yaxshi tushunish va o'zlashtirish
mushkul, chunki fainni nazariy ahvoli o'rganilgan boshqa usullarida (ma'ruza ilmiy adabiyotlami
o'qish) shakllangan oliy o'quv yurtlarida fanlarni an'anaviy akademik usulda o'qitish va
talabalarda o'sha akademik bilimlarida psixologik texnologiyalami ama'iiyotda qoilanilishi
zamon talablariga to'la javob bermaydi. Tarmoq kasblar (o'qituvchi, rejessyor, trener va
boshqalar) egalari bilan ishlashda qanday usullarda tashkil qilinadi.
Trening usuli bilan darslar kamdan-kam o'tkaziladi. Bunday bo'lishiga
quyidagi sabablar
mavjud:
Dostları ilə paylaş: