O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o’tkazish



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o’tkazish
yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi.
Agar yakuniy nazorat “Test topshiriqlari” asosida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli 
usulda kompyuter sinflarida o‘tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan test topshirig‘i bo‘lib, 
talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Har bir test topshirig‘iga 
talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball bilan baholanadi.
Berilgan test topshiriqlarining 26-30 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 26-30 ball 
oralig‘ida baholanadi.
Berilgan test topshiriqlarining 22-25 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 22-25 ball 
oralig‘ida baholanadi.
Berilgan test topshiriqlarining 17-21 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 17-21 ball 
oralig‘ida baholanadi.
Berilgan test topshiriqlarining 16 va undan kamiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 0-16 
ball oralig‘ida baholanadi.


86 
12-mavzu. PSIXOLOGIYANI O'QITISHNING XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1. Psixologiya fanlar tizimi. 
2. Psixologiya fanlarini o’qitish xususiyatlari. 
Nazariy umumiy psixologiyani va uning nazariy sohalarini o'qitish faqatgina mazmuniy 
tomonidan emas, balki metodikasi bilan ham o'ziga xos xususiyatlariga ega, chunki o'qitishning 
metodikasi doimiy ravishda eng tushunarli usullari va metodlarini izlar ekan unda bugungi 
kundayoq uning ba'zi bir metodik xususiyatlarini ko'rsatish mumkin. 
Ularga qisqacha to'xtalib o'tamiz. 
Psixologiya tarixi bo'limi. Psixologiya tarixi — universitetlar va akademiyalarda 
psixologiya fakultetlarida o'rganiladigan psixdlogiya fanning sohasidir, lekin bu amaliy emas, 
balki nazariy fan hisoblanib u psixologiyani hozirgi kundagi holati uning reproduktiv tahlili 
asosida tushuntiradi. Psixologiya tarixi qadimgilarning psixikaga (jonga) qarashlaridan boshlab 
va u haqidagi bugungi kundagi ilmiy tasavvurlar bilan fanning rivojlantirish jarayonini uning 
dinamikasini qayta tiklaydi. 
Talabalar psixologiya tarixini o'rganishlarida fanni vaqt davomida rivojlanish mantiqini 
o'zlashtirib olishlari muhim ya'ni qanday ijtimoiy talablar uni yaratgani va u qanday qilib ularni 
qondirishga yordam berganini bihb olishlari kerak. Psixologiya tarixi fani qadimgi davrlaridan 
to bizning kungacha rivojlanishini kuzatadi, tushuntiradi, zamonaviy nazariya va farazlarni 
chuqurroq tushuntirishga imkon beradi, ularga tarixiy yondashishni o'rgatadi. 
Fanning rivojlanish mantiqi va tarixini tushunish talabalarga o'z imkoniyatlari ongida 
ishonch hissini namoyon qilish, milliy psixologik bilimlarni faqatgina adabiyotlardan balki 
shaxsiy tadqiqotlarida, ilmiy psixologiyaning amaliy sohalarida yoki amaliy psixologiyaning 
aniq sohalarida yangi ilmiy yoki amaliy xulosalarga kelishiga yordam beradi. 
Shunday qilib, ilmiy fikrning o'zaro aloqasi qonuniy sodir bo'ladi. Turli psixologik 
maktablar va yo'nalishlarda o'z aksini topgan alohida farazlar, modellar, faktlar umumlashtirish 
turlari ko'pligiga qaramay bunda turli aholilar va rapg-baranglikka qaramay doimiy jaranglovchi 


87 
«kuy» mavjud. U fanning butun tarixi orqali o'tadi. Bu uning rivojlanishining mustahkam 
tuzilishlarini qamrab oladi, unga asos bo'lib xizmat qiladi. 
Zamonaviy psixologiya fanini o'rganar ekan, inson ana shu o'q chizig'iaan o'rganib 
chiqishi kerak. Ana shunda u yo'ldan adashmay oxirigacha ilmiy psixologik fikrlarni egallab 
olishgacha o'tadi. 
Psixologiya tarixini rivojlanishi yuksak e'tibor va ehtiyotkorona munosabatni talab etadi. 
Psixologiya tarixining nazariy fan sifatidagi xususiyatlari bir vaqtning o'zida ham psixologik fan 
bo'lishi o'qituvchidan bu fan bo’yicha dars berishda alohida metodik yondashishni talab etadi. 
Ikki nazariy fanlar - umumiy psixologiya va psixologiya tarixi fanlarini o'qitish ketma-ketligini 
qayta aniqlash lozim. Ba'zan psixologiya tarixi oldin o'qitiladi, ba'zan aksincha, ko'pincha esa 
ular birgalikda olib boriladi. 
Agarda psixologiya tarixi bo'yicha ma'ruzalarda keyinchalik xato deb hisoblanib yo'q 
qilingan qarashlar bayon etilsa, lekin talabalar ham bu muammolarga zamonaviy qarashlarni 
bilmasalar, unda tarixiy jarayonni mantiqiy mos ravishda tushuntirishda jiddiy qiyinchiliklar 
yuzaga keladi. Ular zamonaviy psixologiya kategoriyalarini bilmay, bugungi kungacha kashf 
etilgan psixologik, mexanizmlarni va boshqa narsalarni bilmay bir-birini to'ldirib kelgan turli 
psixologik maktab va psixologlarning nazariyalari va qarashlari haqidagi tarixiy ma'lumotlarni 
tanqidiy qabul qilish va ularning fan tarixida tutgan o'rnini to'g'ri baholash, fanning 
rivojlanishiga qo'shgan hissalarini bilib olish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar. 
Talabalarga qachonlardir rivojlangan bir nazariyaning keyinchalik esdan chiqarilishi va 
zamonaviy psixologiyada hech qanday rol o'ynamasligini tushunishi ba'zan qiyin bo'ladi. Ular 
misol uchun R.Dekart va I.M.Sechenovlarning refleks tushunchalaridagi asosiy farqni 
ko'rmaydilar. Psixologiya tarixida haqiqiy rivojlanish sifatida qoldirgan I.M.Sechenovning 
reflektorlik nazariyasini XVII asrda R.Dekartning reflektor yoyi kashfiyoti bilan taqqoslanganda 
yangilik nimalardan iborat? 
Bunday misollar juda ko'p, ular zamonaviy psixologik qarashlar bilan dastlab tanishib 
olmay turib psixologiya tarixini o'zlashtirish qiyin bo'lishini ko'rsatadi. 
Agarda psixologiya tarixi umumiy psixologiyadan keyin yoki hech bo'lmasa nazariyadan 
keyin o'rganilsa, unda bu qiyinchiliklar ancha kamroq bo'lar edi. Psixologik fikrlashning 
rivojlanishi tarixiy mantiqni va doimiy ravishda umumiy psixologiyaning zamonaviy 
nazariyalariga murojaat etish, o'qitishda psixik holatlarga amal qilish u yoki bu qarashlar, 


88 
konsepsiyalar, nazariyalarning noto'g'ri ekanligi sabablarini tushuntirishi kerak. Psixologiya 
tarixini o'rganishning boshqa bir qiyinchiligi qadimgi va o'rta asrdagi g'oya va fikrlari 
allaqachon esdan chiqib ketgan va ba'zan juda ham sodda psixologik tasavvurlarni shu bilan 
birga xato va mantiqsiz deb tan olingan ba'zi zamonaviy nazariyalarni va ilmiy psixologik fikrlar 
yo'nalishlarini o'rganish zarurligini tushunmasliklari bilan bog'liq. Hozirgi zamonda to'g'ri yo'l 
to’tish va kelajakni tahlil qilish asosiysi esa psixologiya rivojlanishining ijtimoiy tarixiy jarayon 
sifatida obyektiv qonuniyatlarni ijodiy o'zlashtirish uchun haqiqiy tarixiy rolini tushunmaslik va 
to'g'ri baholamaslik talabaga xalaqit beradi. 
Talabaning o'z fikrini psixologiya tarixining umumiy psixologiya bilan hamda uning aniq 
sohalari bilan bog'liqligini tahlil qilishga yo'naltirishga yordam berish uchun muammoni o'quv 
masalalari kabi metodik vositalardan foydalanish mumkin. Masalalardan shunday savollar 
qo'yiladiki, talaba psixologiya tarixini o'rganar ekan zamonaviy nazariyaga murojaat etish va 
aksincha, umumiy psixologiya yoki psixologiyaning boshqa zamonaviy sohasini o'rganishda 
uning o'rnini fan tarixida paydo bo'lishi va rivojlanishini taqqoslash kerak bo'ladi. 
Bu talabaga zamonaviy juda dolzarb hisoblangan psixologik nazariyanigina emas, balki 
uning rivojlanishi va yaqin tarixini ham o'rganish mazmunini tushunishga fan tarixida yuzaga 
kelgan va insoniyatning psixik tushunishda ilgari olib borilayotgan har bir yangi g'oyalarning 
obyektiv ijtimoiy zarurligini tushunishga yordam beradi. 
Psixologiya tarixini o'rganish bo'yicha yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlari va uni talabalar 
o'zlashtirishlari, qiyinchiliklari bo'yicha aniq bir xulosaga kelish mumkin: o'qituvchi uchun 
o'ziga xos metodik vazifa — talabalarning o'quv faoliyatini boshqarish ularning ma'ruza 
eshitishlaridan boshlab, to mustaqil ishlar bilan yakunlanishi hisoblanadi. Tarixiy hodisalarni 
uzoq davrlarda sodir bo'lganligi va shu sababli ularni bevosita kuzatish imkoniyatini yo'qligi, 
subyektni o'rganuvchi uchun bittagina tarixni fikrlash kuchi bilan tushuntirib beradi. Shundan 
kelib chiqib, o'qituvchi uchun ham «bitta yo'l qoladi—talabalarga kerakli o'quv masalalarni 
mustaqil bajarish uchun imkoniyatni yaratib berib, ularning fikrlash faoliyatlarini boshqarish, 
ma'ruzalarda hamisha faktlarni yuzaki keltirish, kitobdan matnlarni oddiy aytib berish usulida 
emas, balki ma'lumotlarni bayon etish va mulohaza uslublari va keyingi seminar mashg'ulotlari 
haqida gapiradigan bo'lsak, ularni dasturlashtirilgan ta'lim metodi yordamida boshqarish yaxshi 
bo'ladi; o'qilgan ma'ruzalar va tavsiya etilgan adabiyotlarda bayon etilgan o'quv materiallarini 
mazmuni va mantiqiga talabalarni aniq va to'g'ri yo'naltiruvchi muammoli savollar to'plash 
(o'quv vazifalarini) tuzish kerak. Seminarda talabalar fikr yuritib bo'lgan mustaqil ishlar 


89 
asoslarini tashkil etgan masala savolarining mazmunini muhokama etish mumkin Shundan kelib 
chiqqan holda, psixologiya tarixini o'qitadigan o'qituvchining asosiy ishini quyidagicha ifoda 
etish mumkin. Muammoli ma'ruzani bayon etishda talabalarning mustaqil ishlarini 
dasturlashtirish orqali seminar mashg'ulotlaridan ijodiy munozaralarga aylanadi 
Umuman olganda, psixologiya tarixi bo'yicha ma'ruzani bugungi holatga olib kelgan uni 
bosib o'tgan yo'lini reproduktiv tahlil qilish asosida hozirgi davr haqidagi suhbatga aylantirishga 
harakat qilish kerak. Albatta, ko'pchilik talabalar psixologiya tarixi bo'yicha aniq asoslarni 
tushuna olmaydilar va fan bo'yicha bilimlarning yagona manbayi o'qituvchining ma'ruzalari 
bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun ularning sifati uchun javobgarlik mas'uliyati juda yuqori 
bo'ladi. Talabalar uchun juda ham noqulay vaziyatni o'quv dasturi bo'yicha talabalar kerakli 
adabiyotlarning yo'qligini hisobga ohb, ma'ruza qanday talablarga javob berish kerak. 
Birinchidan, ma'ruza mazmuni shunday tuzilishiga harakat qilish kerakki, psixologiya 
tarixining asosiy davrlari va bosqichlari qisqa shaklda va aniq mantiqiy bayon etilsin. Talaba ana 
shu davrlar pog'onalaridan yuqoriga ohb chiquvchi uni taraqqiyotga olib keluvchi bosqichlarini 
ko'rishi muhimdir. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin