O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Ikkinchidan, katta ahamiyatli ilmiy kashfiyotlar bilan bog'liq hodisalarni tarixiy 
(xronologik) ketma-ketlikda bayon etish kerak, ularni shunday qurish kerakki ilgarigi ilmiy 
ma'lumotlar asosida pishib yetishishi mantiqi va ularning aynan ana shu tarixiy davrda paydo 
bo'lishini obyektiv sirlari ko'rsatib berilsin. Talaba hodisalar tartibida faqatgina davr bog'liqligi 
emas, ma'lum mantiq va ijtimoiy hayot talablariga bo'ysinuvchi ilmiy fikrning harakatini ko'ra 
bilsin. 
Uchinchidan, psixologiya tarixi fanining rivojlanishi mantiqiy va davriy bog'liqliklarida 
hodisalar ma'lum tartibi sifatida bayon etilib, o'qituvchi asosiy tushunchalar, ilmiy 
mazmunlashgan yoki ushbu fanning juda keng tushunchasi sifatidagi kategoriyalarning 
o'zgarganligini esdan chiqarmashgi kerak, bunda atamalar ilgaridan qolgan bo'lishi mumkin. 
Misol uchun refleks, obraz, sabab, shaxs, intellekt va hokazolar tushunchalarini talqin etishda 
turli vaqtlarda turlicha mazmunlar taqlif etilgan. Balki psixologiya tarixiga bog'liq oxirgi 
maqolalardan foydalanib, bu soha tushunchalarini tahlil qilish bo'yicha maxsus ma'ruzalar 
tashkil etish kerak bo'ladi. 
To'rtinchidan, o'quvchiga qachonlardir aniq yangi xulosaga olib kelgan fandan muhim 
har bir hodisani ushbu muammoga zamonaviy qarashlar bilan bog'liqlikda ko'rsatib bera olish 
imkoniyati mavjud bo'lishi lozim. 


90 
Quyida o'qituvchi tanlab olib yoki to'laligicha foydalana oladigan yo'naltiruvchi savollar 
ro'yxati keltiriladi. 
Birinchidan, ma'ruzalar uchun ular psixologiya tarixidan alohida davrlarni muammoli 
bayon etish uchun metodik material bo'lib xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, 
nazariy 
konsultatsiya 
sifatida 
o'qituvchining 
ma'lum 
dastlabki 
tushuntirishlari bilan o'quv vazifalari, talabalarning mustaqil, ishlari va boshqalar. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin