O'ZIGA XOSLIKLARI
Bu psixologiyaning ikki amaliy sohasi, agarda ularni birgalikda yagona o'quv fani sifatida
qaraladigan bo'lsa, bolalik yillarida yoshning rivojlanishi va insonni o'qitish hamda
tarbiyalashning samaraliligini psixologik sharoitlarni tushuntirish uchun umumpsixologik
nazariyani qo'llashdan iborat bo'ladi.
Bu fanlarni o'rganish talabalar, o'qituvchilar ota-onalar, har qanday katta odam uchun amaliy
ahamiyatga ega bo'ladi. Talaba uchun esa har xil yoshdagi odamlarning psixologik
xususiyatlarini tushunib olish hamda ularga o'yin va o'quv faoliyatini tashkil etishda ta'sir
ko'rsatish, faoliyatda shaxsning yaxshi xislatlarini rivojlantirish uchun bo'lajak faoliyatida ushbu
sohadagi bilimlaridan foydalanishni o'rganib olishiga yordam beradi.
Insonning yoshi psixik rivojlanishi qonunlari ontogenezini o'zlashtirib olish o'qituvchiga
o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash malakalari bo'yicha pedagogik ishlarni maqsadga muvofiq
tashkil etishga uni ilmiy yo'nalishida olib borishga, o'z-o'zidan borayotgan jarayonni ko'p
jihatdan boshqariladiganga aylantirish imkonini beradi. Bunday bilimlar har qanday ota-ona
uchun ham kerakdir.
Yosh va pedagogik psixologiyani o'qitishning metodik xususiyatlari haqida qisqacha to'xtalib
o'tamiz.
Psixologiyaning bu ikki sohasi bitta yoki ikkita mustaqil o'quv fanidan iborat bo'lishi
mumkin, o'qitish metodikasi ular bitta yoki ikkita o'quv fani sifatida o'rganishga bog'liq bo'ladi.
Pedagogik oliy o'quv yurtlari psixologiya fakultetlari uchun ular ikkita mustaqil fandan iborat
bo'ladi, boshqalar uchun esa (ped. o'quv yurti psixologiya fakulteti bo'limlari va pedagogik
bo'lmagan o'quv yurtlari uchun) yosh va pedagogik psixologiya odatda, bitta fan sifatida
o'qitiladi. O'qitishning metodikasi qanday bo'lishi kerakligi esa psixologiya fanning bu
sohalarining mazmunini ochib berilganda aniq bo'lib boradi.
Yosh psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi sifatida inson psixikasi yoshi
dinamikasini o'rganadi. «Qisqacha psixologik lug'atda» ta'kidlanganidek (1985), «deyarli
pedagogik psixologiya mazmuni bilan mos keladi; o'zining tarixiy rivojlanishida ularni bir-
biridan deyarli ajratib bo'lmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning haqiqiy birligi-inson
ontogenezda rivojlanuvchi va o'zgaruvchi o'rganish, obyektidir. U yosh psixologiyasida
rivojlanish qonuniyatlarini borishida ishtirok etadi. Pedagogik psixologiyada esa —
130
pedagogning maqsadga muvofiq harakatlari jarayonida o'qitish va tarbiyalovchi vosita sifatida
ishtirok etadi». Boshqa manbalarda yosh psixologiyasi deyarli bolalar psixologiyasi bilan
aralashtirilib yuboriladi, ya'ni ularning mazmunan bir xil deb qaraladi, misol uchun «Qisqacha
psixologik lug'atda» bolalar psixologiyasiga doir deyarli ma'lumot mavjud emas, yosh
psixologiyasi haqida esa ma'lumot mavjud. Lekin «psixologik lug'atda» (1996) yosh
psixologiyasi haqida hech gap aytilmagan, ammo bolalar psixologiyasi haqida katta bo'lim
mavjud bo'lib unga ko'ra ichki sharoitni hisobga olishda va shaxsda psixologik o'zgarishlarga
erishgandagina samara berishi mumkin. Yosh va pedagogik psixologiya fanining amaliy sohasi
sifatida o'zining ilmiy doirasidagi sohasi aniq psixologik hodisalarni tushuntirish (ya'ni ta'lim va
tarbiya, rivojlanishi hodisalarini) uchun bo'lganligi kabi ularni qayta o'zgartirish uchun ham
xizmat qiladi (ya'ni rivojlanish qonunlarga binoan o'qitish va tarbiyalash haqiqiy jarayonlarni
tashkil etish uchun). Bu shuni anglatadiki, talabalarga hodisalarni tushuntirish uchun ular ilmiy
tekshirish metodlarini egallab olishlari kerak, (misol uchun, nima uchun bir bilimlar
boshqalaridan ko'ra oson o'zlashtiriladi, qolganlari qiyin o'zlashtirilishini tushuntirish uchun
yoki bolani o'smirlik o'zgarishi davrida muvaflaqiyatli tarbiyalash asosida qanday sabablar
yotishini). Bundan tashqari, aniqlangan faktni o'zgartirish uchun psixologik bilimlar ko'rinishini
bilish, ya'ni tashkil etuvchi tajribalar metodlarini bilishi kerak (bu masalani talaba yosh
psixologiyani o'rganish davri davomida hal etish mumkin).
Pedagogik psixologiya — tarbiyaning psixologik muammolarini o'rgatuvchi psixologiya
fanining sohasi, yosh psixologiyasi esa — inson psixikasi rivojlanishining yosh bosqichlarini
o'rganadi.
Nima uchun psixologiyaning bu ikki sohasi ko'pincha birlashtiriladi va bir qator o'quv
yurtlari o'quvchilari bitta o'quv fani sifatida o'qitadilar, sabab nima, tushuntirib bering.
Milliy psixologiyamizning fundamental tushunchasi (bu tushunchani psixologiya faniga
kiritgan L.S.Vigotskiy davridan boshlab) faoliyat tushunchasi hisoblanadi. Shuning uchun
pedagogik psixologiyada insonning psixik rivojlanishi uning faoliyati negizida yuzaga kelishi
sifatida qaraladi; faoliyatning o'zgarishi inson ongini o'zgarishiga olib keladi va har bir yosh
davrida psixik rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan va uning keyingi yoshi davriga o'tishini
belgilaydigan qandaydir asosiy, yetakchi faoliyat turi mos keladi.
Biz amaliy fanlar bilan ish olib borayotgan bo'lganimiz uchun seminar — amaliylar, seminar
— munozaralar, «ish — o'yinlar» «мозговаяатака» davrida suhbat, talabalarning shaxsiy
mustaqil fikrlash va amaliy xarakterlarini faollashtiruvchi boshqa metodlar yordamida amaliy
131
o'qitish metodlari hamda usullariga alohida e'tibor berishimiz kerak. Ma'ruzalar va aytib o'tilgan
faol metodlarni qo'llash bilan amaliy mashg'ulotlarning turli shakllari hamma talabalar —
bo'lajak o'qituvchilar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaning nazariy va amaliy
muammolarini ijodiy o'zlashtirishlarini ta'minlashi kerak.
Talabalarning o'quv harakatlarini dasturlashtirish, ularning fikrlashlarini o'rganayotgan
kursning asosiy savollariga yo'naltirish uchun o'quv masalalari to'plamini tuzish kerak (faol
fikrlashni talab etuvchi savolli topshiriqlar). Quyida talabalarda bajarish ko'nikmasini hosil
qilish uchun kerak bo'lgan shunday o'quv topshiriqlar to'plamining taxminan namunasi
keltiriladi.
Bu asarni o'qib chiqqandan key in «tarbiya» tushunchasining psixologik mazmunini
(pedagogik emas) — «ta'sir ko'rsatishini» siz psixologik nuqtayi nazari bilan kelishgan holda
qanday qabul qilasiz?
Tarbiyachilar shaxsning rivojlanishi psixologik qonuniyatlarga haqiqatan tanish sifatida,
tarbiya amaliyotiga (metodikasiga) siz nima yangilik kiritish taqlif etgan bo'lar edingiz?
Talabalarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
Seminar mashg'ulotlarida quyidagi savollarni muhokama etishga tayyorlang; psixologiyada
o'qitish va rivojlanish nisbatlari bilan bog'liq bir necha nuqtayi nazarlar mavjud; a) psixik
rivojlanish o'zining qonunlari bo'yicha boradi, o'qitish esa, ijtimoiy tajriba shakllanishi sifatida,
rivojlanish esa erishilgan darajaga tayanishi kerak, ya'ni rivojlanish jarayonining ortidan borishi
kerak (J.Piaje), b) psixik rivojlanish uning butun obyektivligi deb faraz qilinishiga qaramay
to'g'ri yo'lga qo'yishdagina (psixologik asoslangan) o'qitish bilan o'z- o'zini boshqarishi mumkin,
ya'ni ta'lim rivojlanishidan oldinda bo'lishi, o'zining ortidan ergashuvchi, rivojlantiruvchi
bo'lishi kerak (L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, V.V.Davidov va boshq), d) o'qitish — bu
rivojlanishning o'zidir, ya'ni rivojlanish va ta'lim bir narsadir (E.Tordayk), keltirilgan nuqtayi
nazardan qaysi biri sizningcha to'g'rimi? Nima uchun qolganlarini noto'g'ri deb hisoblaysiz,
asoslab bering.
Amaliy mashg'ulotga tayyorlash tartibida, birinchi savolga o'z javobingizdan kelib chiqqan
holda, masalani yechimiga yondashing. Psixologiya bo'yicha mashg'ulotda bir xil talablar o'quv
materiallarini tushunarli darajada (didaktikaning prinsiplaridan biri ana shunday) berilishi kerak
deb hisoblaydilar, bo'lmasa o'quvchilar tushunmaydilar, bunga ayrimlar qarama-qarshi
chiqishadi; «unda ta'lim rivojlanishi qanday qilib ortidan olib yuradi»? Agarda tushunarlilik
132
bugungi darajadan yuqoriga ko'tarilmasliligi unda o'quvchilami o'zining rivojlanishida qolib
ketishiga majbur etamizku, kim haqligini tushuntirib bering, (psixologlarning rivojlantiruvchi
o'qitish' haqidagi asarlarini o'qib chiqing va tahlil qiling; V.V.Davidov A.M.Matyushkin hamda
J.K.Fleyvelkining «Jan Piajening genetik psixologiyasi» kitobiga yakuniy so'zini;
P.Ya.Galperin, D.B.Elkoninlarning. «J.Piajening bolalar fikrlashlarini rivojlanishi haqidagi
nazariyasini tahlil qilish» va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |