O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Talabalarga topshiriqlar. Seminar mashg'ulotda rivojlanish va ta'lim o'rtasidagi 
bog'liqlikni aniqlash bo'yicha quyida keltirilgan tajribani tahlil qilib chiqing. 
4-5 yoshli bolalarga ikkita A va В ga bir xiida suv quyilgan idishlarni ko'rsatadi, agarda A 
idishdan kattaroq bo'lgan D idishga hamma suvni quyilsa, suvning miqdori o'zgaradimi deb 
so'raydilar va uni bolalarga ko'rsatadilar. Ko'pchilik bolalar suv qancha bo'lsa shuncha qoladi 
yoki shunday bo'ladi deb javob qaytaradilar, bu yerda suyuqlik miqdori haqidagi savol 
ko'rgazmali namoyon etiladi, so'z bilan «faqatgina nazariy» ko'rinishda quyidagicha (agarda 
unga quysak), shundan keyin haqiqatdan ham suvni A idishdan D idishga quyildi. Lekin bu 
ishni bolalarning ko'zi oldida emas, balki suvni quyish paytida idishlarni mato bilan to'sib turib 
bolalarga ko'rsatmay bajaradilar, keyin darhol olib tashladilar. Endi В va D idishlardan suv 
bolalar ko'zi oldida yaqqol ko'rinib turar edi. Endi bolalarning ko'pchiligi В idishni ko'rsatadilar 
chunki undagi suv balandligi yuqori edi. Nima bo'ldi; nima uchun so'z bilan tushuntirishda 
bolalar (xayolida, nazariy manzarani aniq ko'rmay turib) suvni qayta quygan bilan uning 
miqdori o'zgarmasligini yaxshi tushunadilar. Uning xatoligini o'zgarsa ham (D idishi kengroq 
edi), bu tajribani o'z tadqiqotlarida foydalangan psixologlar buni bolaning tushunchasi 
rivojlanayotgani bilan tushuntiradilar. Misol uchun «miqdor» va «sabab» (soni nima uchun 
o'zgardi, degan savolga bolalar chunki quydik idishga deb javob qaytardilar) bolalarda 
tasavvurida kattalarnikidan farqli umuman boshqacha ma'noga ega bo'lishi mumkin va ular nima 
haqida so'rayotganlarini tushunmasligi mumkin. 
a) 
bu rivojlanish o'z-o'zidan bo'ladigan jarayon deb hisoblagan J.Piaje haq deganimi, bu 
ta'limga bog'liq emasmi? Bu o'z-o'zidan o'tib boradigan kerakli rivojlanish darajasini kutib 
o'tirmay ta'lim bu rivojlanishga nima yetmayotgan bo'lsa shuni kiritib uning darajasini ko'tarish 
kerakligini bildirmaydimi? 
b) 
nima uchun bolalar suvni so'z bilan (nazariy) quyilganda to'g'ri javob berib haqiqiy 
(ko'rgazmali) quyilganda xatoga yo'l qo'yadilar. 


133 
Talabalarning mustaqil ishlari va ularni seminar mashg'ulotlariga tayyorlashda o'quv 
masalalarni tuzishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin. 
O'quvchilarning yoshi psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib va kerakli o'quv 
qo'llanmalarini o'qib chiqib quyidagi ikkita savolga javob bering. 
a) qanday qilib o'quvchilar, ota-onalar, maktab rahbarlari yoshi, rivojlanishi har bir davri 
uchun xos bo'lgan ta'lim va tarbiyalashda faoliyatning yetakchi turlarini hisobga olishlari kerak 
(misollar bilan ko'rsating)? 
b) ehtiyojlar doirasidagi rivojlanishdagi qarama-qarshilik birligini, uning operatsion-texnik 
imkoniyatlarini, ta'lim va tarbiyada qanday qilib hisobga olish mumkin (javoblarni har bir yosh 
davri uchun alohida tayyorlang). 
Rivojlantiruvchi ta'limning ma'nosi nima, qanday o'qitishlarni rivojlangan deb aytib 
bo'lmaydi (alohida ta'lim amaliyotida)? 
Amaliy ta'limda uchraydigan o'qitish motivlarini aytib o'ting va ularning har birning asosida 
qanday talablar yotishini tushuntirib bering. 
P.Ya.Galperinning bosqichma-bosqich bilan aqliy harakatlarni shakllantirish psixologik 
konsepsiyasining ta'limning boshqa hamma konsepsiyalaridan prinsipial farqi nimada? 
L.S. Vigotskiyning hozirda uning shogirdlari va izdoshlari tomonidan rivojlantirilayotgan 
tarixiy-madaniy nazariyasi ma'nosini yosh va pedagogik psixologiyaga nisbatan qisqacha 
qanday ifoda etgan bo'lar edingiz? 
An'anaviy o'qitish nazariyasida psixologiyada va pedagogikada bo'lgani kabi xatolar 
o'qitishda albatta bo'ladi, ba'zan hatto bu foydali ham bo'ladi. Muammoga to'g'ri munosabatda 
bo'lganda deb hisoblash qabul qilingan, chunki «xatolarda o'rganiladi», aqliy harakatlarning 
bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasi asosida (P.Ya.Galperin va uning izdoshlari) tashkil 
qilingan o'qitish xatosiz bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Bu fikrni to'g'riligi bir necha bor 
tajribalar bilan isbotlangan, bir necha yuz minglab bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan o'qitish 
bo'yicha o'tkazilgan tajribalarga yakun yasab I.F.Talzina shunday yozadi; «o'zlashtirish asta-
sekinlik bilan xatolardan xalos bo'lish sifatidagi tasavvurlarni o'zlashtirishning haqiqiy tabiatiga 
to'g'ri kelmaydi deb to'la ishonch bilan aytish mumkin, bilimsizlikdan bilimga yo'l umuman 
olsak bexato bo'lishi mumkin». 


134 
18- mavzu.  PEDAGOGIK OLIY O’QUV YURTLARIDA PSIXOLOGIYA 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin