O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

etuvchi savollar — masalalar. Agarda talabalar psixik faoliyat va uning namoyon bo'lishining 
alohida faktlari, umumiy qonuniyatlarini izlab, topa olishni o'rganib olmasalar, ularning 
xotiralarida uzoq muddat saqlab qola olmaydilar, shuningdek, psixologik bilimlar rasmiyligicha 
qoladi. Masalalarni tuzishda psixologiya o'qituvchisi ularning pedagogik faoliyati davomida 
yuzaga kelishi mumkin bo'lgan savollardan foydalanishi kerak. Bu savollarni talabalar oldiga 
yangiliklarni tushuntirish da qo'yish mumkin. Ular talabalarning mustaqil ishlari uchun berish 
mumkin. Ular jamoa bo'lib muhokama qilib javoblar olgani yaxshi natija beradi. U holda ham 
bu holda savollarga javoblarni muhokama qilish va to'g'ri xulosani izlash albatta, bajarilishi 
kerak. Masalan, moslashish kabi sezgi qonuniyatini tushuntirib, talabalar oldiga shunday savol 
qo'yish mumkin: «Nima uchun og'riqqa moslashish bo'lmaydi?». Bu savolga javob berish uchun 
og'riq hislarini signal sifatidagi ahamiyatini aniqlab olish kerak. Bu savolga javob talabalarga 
organizmning muhitga moslashishi jarayonida sezgilarning biologik ahamiyatini tushuntirishga 
yordam beradi. 
Psixologik bilimlarning kengayishi va chuqurlashishiga psixologiya bo'yicha auditoriyadan 
tashqari mashg'ulotlar yordam beradi. Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar davomida talabalar 
kitob bilan jiddiy ishlash mahorati va ko'nikmalarini egallaydilar, oddiy kuzatishlar va 


147 
murakkab bo'lmagan tajribalar o'tkazishga o'rganadilar. Auditoriyadan tashqari ishlar, jamiyat 
tomonidan qo'yiladigan savollarga mustaqil javoblar izlash talabini kuchaytiradi. 
Savol va javob kechalari. Ana shunday kechalar auditoriyadan tashqari ishlarni boshlashda 
foydali, chunki talabalar savollariga javob berib, psixologiya o'qituvchisi shu bilan psixologiya 
sohasida chuqur ishlash kerakligini ko'rsatadi va shu maqsadda to'garak tashkil etishni taqlif 
etadi. Talabalarni yozma holda bergan savollarini oldindan guruhlariga ajratib olish maqsadga 
muvofiqdir. Bu savollarning ba'zilariga o'qituvchining topshirig'i va yordami bilan talabalar 
o'zlarini tayyorlashlari mumkin. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin