O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

 
 


176 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Psixologiya fanlariga doir test metodlari 
Kaliforniya universitetida taklif qilingan test 
Ko‘rsatma: Diqqat bilan quyidagi savollarni o‘qib chiqing va ularga o‘z javobingizni bering. 
Xayolingizga kelgan birinchi javobni bering. 
1. Professor kech soat 8.00 da budilnikni 9-ga quyib uyquga yotdi. U necha soat uxladi? 
2. Erkak kishi o‘zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi? 
3. Avstraliyada ham 7-noyabr bormi? 
4. Mamedning 10 ta qo‘yi bor edi. 9 dan boshqa hammasi o‘lib qoldi. Nechta qo‘y qoldi.
5. Sen Aljirdan qo‘nib o‘tadigan Gavana-Moskva reysi bilan uchadigan samaliyot
uchuvchisisan. Uchuvchining yoshi nechada? 
6. Oylar 30-31 kunlar bilan tugaydi. Qaysi oyda 28 bor? 
7. Sen notanish xonaga kirib qolding. U erda benzin va gurgut bilan yonadigan chiroqlar 
bor ekan. Sen birinchi bo‘lib nimani yoqishing kerak? 


177 
8. Moskvadan Peterburgga va Peterburgdan Moskvaga bir vaqtda 2 poezd yo‘lga tushdi. 
Peterburgga kelayotgan poezdning tezligi 2-chisinikidan uch marta katta. Uchrashgan 
vaqtda ularning biri Moskvadan qancha masofada uzoqlikda bo‘ladi? 
9. Ota va o‘g‘il avto halokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o‘zidayoq halok bo‘ldi o‘g‘lini 
esa kasalxonaga yuborishdi. Operatsiya vaqtida xirurg bolani ko‘rib voy xudoyim-ey 
mening o‘g‘lim-ku deb yubordi. SHunday ham bo‘lishi mumkinmi? 
10. Arxeologlar eramizdan avvalgi 35-yili chiqqan tanga topib olishdi. SHunday ham bo‘lishi 
mumkinmi? 
11. YOg‘ochni 12 bo‘lakka bo‘lish uchun uni necha marta aralash kerak? 
12. Qo‘llarda 10 ta barmoq bor 10 ta qo‘lda nechta barmoq bor? 
13. YOmg‘irda quyon qanday shox tagida o‘tirishi mumkin? 
14. Vrach hakam bemorga 30 minut oralig‘i bilan 3 ta ukol belgiladi. Bemor ularning 
hammasini qancha vaqt ichida olsa bo‘ladi? 
15. Birdan 100 gacha bo‘lgan qatorda nechta 9 raqami bor? 
16. Tungi qorovul kunduzi o‘lib qoldi. Unga nafaqa to‘lanadimi? 
17. 7 ta sham yonib turgan edi, 3 tasini o‘chirib qo‘yishdi. Nechta sham qoldi? 
18. Ikki kiloli qadoq tosh, 1 kg va yarimta g‘isht og‘irligiga teng, bitta g‘ishtning og‘irligi 
qancha? 
19. 16 qavatli uyda bir liliput (pakana) odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayotib 
liftdan pastga tushib so‘ng ishga ketadi, ishdan qaytayotganda esa 10 qavatgacha liftda 
ko‘tarilib u yog‘iga piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi? 
Test javoblari  Savollarga javob berishda faqat noto‘g‘ri ya’ni “-” belgili javoblargina hisoblab 
chiqiladi va shunga qarab sinaluvchining tavsifnomasi beriladi. 
Kalit 1) 1 soat 2) yo‘q (chunki u kishining o‘zi o‘lib ketgan. O‘lgan odam nafaqat xotinining 
singlisiga balki mutlaqo uylana olmaydi) 3) Ha (bu hamma joyda kalendarda bor) 4) 9 5) 
sinaluvchining yoshi 6) hammasida 7) gurgut 8) bir xil masofada 9) ha (bu uning onasi) 10) yo‘q 
(u vaqtda tiyin bo‘lmagan) 11) 11 12) 50 13) ho‘l shox tagida 14) 1soat 15) 20 16) yo‘q 17) 
uchta (uchta o‘chirildi qolgani yonib bo‘lgan) 18) 2 kg 19) bo‘yi etmaydi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin