O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Uchrashuvlar — kechalari. Bu uchrashuvlar eng yaxshi o'qituvchilar, bolalar uchun teatr 
qo'ygan rejissyorlar bilan, bolalar qonunbuzarliklari bilan shug'ullanuvchi prokuratura xodimlari 
boiishlari mumkin. Bu uchrashuv kechalari ham oldindan tayyorlanadi. Muhimi talabalarni 
qiziqtiradigan savollarni belgilab olish kerak. Suhbat mazmuni bola shaxsi shakllanishi haqida, 
bolalar psixikasi xususiyatlari to'g'risida talabalarning psixologik bilimlariga asoslanishi kerak. 
Muhokama etiladigan savollar orqali ular suhbatga tayyorlanib borishlari uchun talabalarga 
oldindan ma'lum qilgani maqsadga muvofiqdir. 
Kichik tajriba tadqiqotlari. Bunday murakkab bo'lmagan tajribalarni talabalar mustaqil 
ravishda o'qituvchi rahbarligida o'zlari o'tkazadilar. Natijalari haqida talabalar to'garak 
yig'ilishlarida yoki buning uchun maxsus tashkil etilgan majhslarda axborot berishlari mumkin. 
Bu axborotlarda psixologlarning tajriba ishlari natijalari ham keltirilishi mumkin. 
Talabalarni militsiyaning bolalar xonasi ishida ishtiroklari, bu yerda ular nazoratsiz bolalar 
oilaviy va turmush sharoitlari bilan tanishadilar, balog'atga yetmaganlar ishlarini ko'rishda 
ishtirok etadilar, militsiya ro'yxatida turuvchi bolalar va o'smirlarni individual otaliqqa oladilar. 
Psixologiya o'qituvchilari ularga kerakli yordam ko'rsatadilar, maslahatlar beradilar. 
Auditoriyadan tashqarida bajaigan ishlari haqida ma'lumotlar psixologik to'garaqlarda 
muhokama qilinadi. 
Bolalar bilan ishlab, ularning xulqidagi chetlanishlarni sababini aniqlash va ularni bartaraf 
etishga intilib talabalar bola psixikasi va uning shaxsi shakllanishini sharoitlarini yaxshiroq 
tushuna boshlaydilar. Bu faoliyat ijodiy xarakteiga ega bo'ladi, talabalarda o'z ishlarining 
natijalariga erishishga intilish uyg'otadi, to'g'ri qarorlarni mustaqil izlashga undaydi, odamlarga 
o'ylab va e'tibor bilan munosabatda bo'lishga o'rgatadi. 
Talabalarning maktabdagi tarbiyaviy ishlari o'quvchilarni o'rganish va ularni psixologik 
tuzilishini tavsiflash hamda auditoriyadan tashqari ishlarda muhokama etilishi mumkin. 
To'garak yig'ilishlarida bolalarning odoblari, ularga ta'sir ko'rsatish choralari muhokama 
qilinadi, o'quvchilar mustaqilligi va faolligi o'rganiladi, bolalar jamoasida yuzaga keladigan turli 
munosabatlar, shaxs shakllanishi va uning rivojlanishi bilan bog'liq boshqa masalalar muhokama 
etiladi. 


149 
O'qib chiqqan kitobidagi qahramonlarining harakatlari va xarakterlarini muhokama qilish. 
Bunday ishlarning maqsadi- odamlarning psixologik xususiyatlarini ochish, ularning harakatlari 
va ishlari sabablarini, hayot sharoitlarini ya taibiyaning shaxs shakllanishiga ta'siri o'rganiladi. 
Muhokama asari tanlaganda, unda ishtirok etayotgan shaxslarning fikrlari va hissiyotlari
ularning harakatlari sabablari aniq, yaqqol ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Turli sinflarda, turli 
sharoitlarda shaxs shakllanishi haqida fikr yuritish mumkin bo'lgan asarlar qiziqarli bo'ladi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin