O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

1-guruh Sanoat 
Sizda sanoat sohasiga mansub bo‘lgan kasblarga qiziqish va moyillik mavjud. Siz 
samolyotsozlik, energetika, avtomobilsozlik, geologiya, metallurgiya, kimyo va engil sanoat 
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan kasb-hunar 
kollejlari shuningdek matematika fizika kimyo fanlarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan 
akademik litseylarda ta’lim olishingiz mumkin. 
2-guruh Transport 
Sizda avtomobillarni boshqarish ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan kasblarga moyillik yuqori. SHu bois siz transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar 
tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarida yoki matematika va fizika fanlari yo‘nalishidagi
akademk litseylarda tahsil olishingiz mumkin. 
3-guruh Aloqa 
Sizda aloqa bilan bog‘liq kasblarga moyillik yuqori. Siz telekomm- unikatsiya radio 
pochta elektron uskunalarni boshqarish, xalqaro aloqa telefon telegraf va boshqa sohalar 
bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari va fizika fanini chuqur 
o‘rgatuvchi akademik litseylarga o‘qishga borishingiz mumkin. 
4-guruh Qurilish 
Sizda qurilish sohasidagi kasblarga qiziqish mavjud. Sizga qurilish avtomobillari va 
mashinalarini boshqarish sanitariya-texnik tizimlar temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalar, 
duradgorlik kabi kasblar tayyorlaydigan kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishga tavsiya 
etiladi. 
5-guruh Uy-joy komunal xo‘jalik 


182 
Sizda suv gaz ta’minoti turar joy va jamoat binolaiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan kasblarga qiziqish mavjud. Siz uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasi uchun kasblar 
tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarida yoki aniq fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylarda 
ta’lim olishingiz mumkin. 
6-guruh Tibbiyot 
Sizda sog‘liqni saqlash sohasining umumiy amaliyot stomatologiya ortopediya farmatsiya 
tibbiy optika va labaratoriya tashxisi sohalaridagi kasblarga qiziqishingiz yuqori. Tibbiyot 
yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejida yoki kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan akademik 
litseylarda o‘qishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin