20
7.
Oldindan xatolar ko'zda to’tilgan ma'ruza - talabalarni berilayotgan ma'Jumotlarni
doimiy kuzatib borishga rag'batlantirishga mo'ljallangan (mazmunida xatoni izlash:
metodologik, metodik, orfografik). Ma'ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo'l
qo'yilgan xatolarni tahlil qihsh amalga oshiriladi.
8.
Ma'ruza-konferensiya — oldindan qo'yilgan muammo 5—10
minut davom etadigan
axborotlar tizimi bilan ilmiy-amaliy mashg'ulot sifatida o'tkaziladi. Har bir chiqishi o'qituvchi
taqlif etgan dastur doirasida tayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat bo'ladi.
Beriladigan matnlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritib beradi. Ma'ruza yakunida
o'qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va chiqishlarini to'ldirib
yoki taqlif etilgan
ma'lumotlarga aniqlik kiritib yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi.
9.
Ma'ruza-konsultatsiya — turlicha ssenariyda o'tkazihshi mumkin. Birinchi varianti
«savol-javoblar» usulida amalga oshiriladi. Ma'ruzachi butun ma'ruza vaqti davomida bir bo'Iim
yoki bir kurs bo'yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi.
Bunday ma'ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o'tkazilib
bu uch xilda
olib boriladi: ma'ruzachi yangi o'quv ma'lumotlarini bayon etadi, savol qo'yiladi, qo'yilgan
savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi.
Maktabda o'quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko'pligi
va turli tumanligiga
qaramay ularning har bir turi va ko'rinishi ma'ium didaktik masalalar to'plamini hal etadi va o'z
vazifasini bajaradi. Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o'quv yurtlari
o'qituvchilarining ijodi va
mahorati haqida xabar beradi, o'z ishlari samaradorligidan
mafaatdorliklarini bildiradi. Shunga ko'ra o'quv ma'ruzasi uning tuzilish
komponentlari haqida
ma'lumot berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: