Fayzullaxonning «Lugati turki» asari. «Lugati turki» lug'at o'zbekcha-forscha lug'atlar
qatoriga kiradi. Turkolog A.M.Shcherbakning taxminicha, lug'at XVII asarning oxirida yaratilgan.
Asar uch qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida eski o'zbek tilidagi hodisalar fe'lning
masdar shaklida fors tilida izohlangan, ikkinchi qismida fe'lning boshqa shakllari (mayl, zamon kabi
shakllari) tavsiflangan. Asarning uchinchi qismi otlar talqiniga bag'ishlangan.
Lug'atda so'zlarning talaffuziga aid ma'lumotlar ham mavjud. Ozbek adabiy tili fonetik
sistemasi taraqqiyotini o'rganishda bu ma'lumotlardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |