Muhammad Xoksorning «Muntaxab-al-lug'at» asari. Muhammad Rizo Xoksor
«Muntaxab~al-lug'at» («Saylanma lug'at») asarini 1798-99 yillarda yaratdi. Asar izohli lugatlar
seriyasiga kiradi.
Asarning kirish qismida muallif o'sha davrda mavjud bo'lgan lugatlar to'g'risida ma'lumot
berar ekan, bu asarlarda yo'l qoyilgan kamchiliklarni
f
ayrim so'zlarning ularda noto'g'ri izohlanganini
ko'rsatib o'tadi.
Lug'at ikki qismdan iborat. Birinchi qismda eski o'zbek adabiy tilida ishlatilgan arabcha
so'zlar, ikkinchi qismida esa forscha-tojikcha va eskirgan o'zbekcha so'zlar izohlanadi. «Muntaxab-
ul-lug’at»da hammasi bo'lib 2400 so'z berilgan,
Xoksor lug'atining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, unda so'zlarning to'g'ri
(asosiy) ma'nosi bilan bir qatorda, ko'chma (hosila) ma'nolariga ham izoh beriladi.
Lug'atda so'zlar arab alifbosi tartibida so'zning birinchi tovushiga (harjiga) qarab 28 bobga
taqsimlanadi. Har qaysi bobda so'zlar oxirgi tovushga (harfga) qarab guruhlanadi. Masalan, alif bilan
tugaydigan so'zlar, be bilan tugaydigan so'zlar, te bilan tugaydigan so'zlar kabi.
Dostları ilə paylaş: |