Fath Alixon Kojariy lug’ati. Bu lug'at XIX asrning o'rtalarida (1857-1858 yillarda)
yaratilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan yuksak baholangan. Rus turkologi A.A,Romaskevich bu
lugat bo'yicha maxsus tadqiqot olib bordi.
Asarning kirish qismida chig'atoy (eski o'zbek) tili va Alisher Navoiy asarlari to'g'risida
ma'lumot berilgan. Asarning lug'at qismi uch bo'limdan iborat: 1) o'zbekcha-forsclui lug'at; 2)
«Maboni-ul-lug'at» asarining muallijl Mirza Mehdixon tushunmagan so'zlar izohi; 3) Alisher Navoiy
asarlarida ishlatilgan ba'zi forscha so'zlar izohi.
Fath Alixon Kojariyning lug'ati so'z ma'nolari izohlarining puxtaligi, Alisher Navoiy va
boshqa shoirlarning asarlaridan keltirilgan misollarning ko'pligi bilan ajralib turadi. Lug'atda
hammasi bo'lib 8000 ga yaqin so'z izohlangan.
Dostları ilə paylaş: |