To’nyuquq, Ungin, Kulichur, Selenga, Qorabalasog’un, Suji yodnomalari hamda Xayto Tamirdan
topilgan o’nta, Ixa-Asxetedan topilgan ikkita, Xangay va Gobidan topilgan mayda yodnomalar
15
3. Lena-Baykalbo’yi yodnomalari. Bular o’qilishi qiyin bo’lgan qirqqa yaqin qisqa
matnlardan iborat.
4. Oltoy yodnomalari. Bitta qoyaga bitilgan yodnoma va bir necha kumush idishlardagi
yozuvlardan iborat.
5. Sharqiy Turkiston yodnomalari. Bularga Turfandan topilgan, Dunxuan va Mirandan
topilgan qog’ozdagi yozuvlardir.
6. Markaziy Osiyo yodnomalari. Bularga Farg’ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent
vioyatlaridan, Yettisuv, Talasdan topilgan tangalar, uy-ro’zg’or buyumlari, yog’ochlar, sopol
idishlardagi yozuv yodgorliklari kiradi.
7. Sarikildan topilgan g’ishtdagi yozuv yodgorligi, Dunayga Nad-Sen Mikloshdan topilgan
kumush idishdagi yozuv va metallarga bitilgan yodgorliklar kiradi.
Ko’kturk yozuvining kelib chiqishi. Ko’kturk yozuvining kelib chiqishi, shakllanishi
xususida hozirgacha bir fikrga kelinmagan. Olimlar bu borada turli qarashlarni bildirishgan.
1. Xelsinki universiteti professori fin olimi Xeykel 1900-1901 yillarda dulbarchin yozuvi harflari run
yozuvdan kelib chiqqan va turkiy xalqlarga skandinaviyaliklar orqali o’tgan, degan qarashni ilgari
surgan.
2. O.Donner ko’kturk harflarining kelib chiqishi Kichik Osiyoning likya, finikiy, hitit va friji
harflari bilan bog’liq, degan fikrni aytadi.
3. Fin-ugor jamiyati nashr qilgan asarning uchinchi jadvalida bu harflar mazkur yozuvlarga
yaqinligi ko’rsatilgan. Turkiy qabilalar etnik tarkibini o’rgangan N.N.Aristov «agar hititlarning
turonli bo’lganliklari e'tirof etilsa, hitit harflarining asosi turkiy qabila tamg’alariga borib taqaladi»,
deb yozgan.
4. V.Tomsen ko’kturk yozuvidagi ba'zi harflarning semit-pahlaviy alifbosidagi harflarga
o’xshashligini bildirdi. Tomsenning bu fikrini V.Radlov ham qo’llab-quvvatladi.
5. N.D.Sokolov ko’kturk harflari kelib chiqishi jihatidan oromey yozuviga borib taqaladi,
lekin u turkiylar tarafidan o’z tillari milliy xususiyatlariga moslashtirilgan, degan qarashni ilgari
surdi.
6. Ba'zi olimlar ko’kturk yozuvi so’g’d, fors yozuvlaridan kelib chiqqan degan fikrni
bildirdilar. Masalan, 1906 yilda ingliz olimi Arnold Steyn Xitoy devorining g’arb tomonidan ko’p
hujjatlar topdi. Mazkur hujjatlarning ko’pchiligi xitoy yozuvida, bir qismi esa noma'lum harflar
bilan bitilgan edi. 1911 yilda R.Goto va A.Kouli noma'lum yozuvdagi hujjatlarni o’rganib, oromey
alifbosidan kelib chiqqan so’g’d yozuvida, bu yozuv esa qadimgi turkiy run yozuvlari uchun asos
bo’lgan degan fikrni aytishdi.
7. Ye.D.Polivanov 1925 yilda turkiy yozuvlarning kelib chiqishi haqida yozgan maqolasida,
ko’kturk yozuvining ildizlari turk tamg’alariga borib taqaladi. Shu bilan birga ularda so’g’d va
pahlaviy yozuvlarining ta'siri bor, degan fikrni bildirdi.
8. Qozoq olimi A.Amanjolov dulbarchin alifbosi eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikda
shakllanib bo’lgan edi. Uning shakllanishiga bevosita qadimgi grek, shimoliy va janubiy semit,
finikiya yozuvlari asos bo’lgan, degan qarashni ilgari surgan.
9.Ahmet Jafar o’g’li qadimgi turkiy alifbo turkiylar tomonidan milliy zaminda turkiy
tamg’alar
asosida yaratilgan,
deb hisoblaydi
1
.
10. O’zbekistondan ham bir qancha ko’kturk yozuvida bitilgan yodgorliklar topildi. Andijon
viloyati Marhamat tumanida joylashgan Lo’mbitepadan ko’zadagi yozuv, Qashqadaryoning
Shaxrisabz hamda Dehqonobod tumanining Chashmimiron qishlog’idan topilgan idishdagi yozuvlar,
shuningdek Toshkent viloyatining Yuqori Zarafshonidan, Farg’ona viloyati hududlaridan topilgan
yozuvlar turkiy yozuvlar taraqqiyotini o’rganganishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Q.Sodiqov,
N.Raxmonovlar mazkur yozuvlar bilan boshqa hududlardan topilgan yozuvlarni o’zaro qiyoslab,
qadimgi turkiy yozuvlar dastlab Markaziy Osiyoda shakllangan, degan xulosaga kelganlar.
Dostları ilə paylaş: