Moskva maktabi: Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o‘rganishda Moska davlat universiteti va
Sharq tillari Lazarev instituti alohida o‘rin tutadi. Fedor Yevgenevich Korsh (1843-1915)ning
“Слово о поку Игорева” asaridagi turkiy unsurlar, turkiy xalqlar qadimgi she’riyati tuzilishi, turkiy
tillar tasnifi. Turkiy tillarda hozirgi-kelasi zamon fe’l shakllarining kelib chiqishi, qadimgi turkiy
tillarda cho‘ziq unlilar bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan.
Agafangel Yefimovich Krimskiy (1871-1942). Ukrain tilida “Turkiy xalqlar, ularning tili va
adabiyoti” nomli asari turkiy filologiya uchun ajoyib qo‘llanma sanaladi.
Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy (1876-1956) usmonli turk adabiyoti va tili bo‘yicha
“Образцы османского народного творчества» (Usmonli turk xalq ijodidan namunalar»), «Очерки
по новой османской литературе» (Yangi usmonli turk adabiyotiga doir ocherklar), «Грамматика
турецкого языка» (“Turk tili grammatikasi”) nomli asarlar yaratdi. Bu asarlar usmonli turk tili va
adabiyoti to`g`risida mumtoz asarlar qatoriga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |