Asosiy qism:
"Sistem tilshunosligida gapning sintaktik struktura unsurlari gap bo’laklari
sintatik pozitsiya nuqtai nazaridan, propozitiv struktura uslublari esa ob'ektiv
reallik strukturasiga izomorflik nuqtai nazaridan , kommunikativ (aktual)
struktura tema (ma'lum ) va rematik (yangi) nuqtai nazardan o’rganiladi."Bu
nutq parchalarining har bir grammatik qurilishi, leksikasi, ohangi jihatidan
bir-biridan keskin ajralib turadi. Birida rasmiy nutqqa xos leksika asosiy o’rinni egallaydi.
Uslubshunoslikka bag’ishlangan asarlarda nutqning quyidagi uslublari ko’rsatiladi.:
1. So’zlashuv uslubi.
2. Rasmiy uslub.
3. Ilmiy uslub.
4. Publisistik uslub.
5. Badiiy uslub.
Har bir uslub o’ziga xos sistema bo’lib, boshqa uslublardan ko’pgina belgilari bilan
Конец формы
Rаsmiy - ish uslubi. Bu uslub rasmiy hujjatlar til xususiyatlarini o’zida
mujassamlashtiradi. E'lonlar, qarorlar, sud va davlat idoralari hujjatlari shu
uslubda yoziladi. Rasmiy uslub hayotda juda keng qo’llaniladi. Shuning
uchun uning lug’ati rang - barang so’zlardan tashkil topadi. Masalan:
E'lon!
Bugun kech soat sakkizda mahalla xotin-qizlari kengashining navbatdan
tashqari yig’ilishi bo'ladi. Kun tartibi:Usmon Abrorovning oiladagi xulqi va
mahalla erkaklarining galdagi vazifalari.Barcha kengash a'zolarini qatnashishlarini so’raymiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Ro’za hayitini dam olish
kuni deb e'lon qilinishi to’g’risida. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi
musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar
o’rtasida mehr- oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram-Ro’za
hayit ("Iyd al-fitr")ni 4 -aprel dam olish kuni deb tayinlansin.
Dostları ilə paylaş: |