O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat



Yüklə 31,86 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2022
ölçüsü31,86 Kb.
#120051
1   2   3   4
Mustaqil ish Nutq m

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTI I.A.KARIMOV.
Toshkent shahri,
2002 yil 27 mart.

Bu uslubdаgi nutq bоshqа uslublаrgа qаrаgаndа siqiq vа chеgаrаlаngаndir.


Bu uslubdа so‘z vа ibоrаlаr аniq, qаt’iy bir qоlibdа ishlаtilаdi. Mаsаlаn 4-
mоddа O‘zbеkistоn Rеspublikаsining dаvlаt tili o‘zbеk tilidir (“O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstituttsiyasi”).
Rаsmiy-ish uslubidа yuridik hujjаtlаr, qоnunlаr, buyruq vа qаrоrlаr
yozilаdi. Rаsmiy hujjаtlаrdа nutq vоsitаlаrining stаndаrtligi vа bir xilligi
turlichаdir. Jumlаdаn, yuridik hujjаt sifаtidа pаspоrt, turli blаnkаlаr bir
qоlibdа bir xil shаkldа (stеrеоtip) bo‘lsа, hisоbоt, qаrоr vа buyruqlаrning qаt’iy bir qоlibdа - stаndаrt bo‘lishi shаrt emаs.
Rаsmiy-ish uslubidаgi nutqning hаm o‘zigа xоs lеksik vа frаzеоlоgik
birliklаri (оdаm o‘rnidа shаxs, bеrilаdi o‘rnidа tаqdim etilаdi, ish o‘rnidа
burch) mаvjud. Mаxsus tеrminlаr, nutqiy shtаmplаr, tаyyor fоrmulаlаr hаm
rаsmiy-ish uslubining elеmеntlаridir (mаqsаdidа, hisоbidаn, shungа ko‘rа, biz quyidа imzо chеkuvchilаr).
Mоrfоlоgik jixаtdаn rаsmiy-ish uslubidаgi nutq qisqаrtmа qo‘shmа
so‘zlаrning (mеdinistitut, BuxDU), qаrаtqich kеlishigidаgi оtlаr, оlmоshlаr,
buyruq mаyli vа mаjhul dаrаjаli fе’llаrning ko‘p qo‘llаnilishi bilаn
xаrаktеrlаnаdi. Sintаktik jihаtdаn esа sifаtdоsh vа rаvishdоsh оbоrоtli
birliklаrni hаmdа ergаsh gаpli qo‘shmа gаplаrni kеng qo‘lаmdа ishlаtilishi
bilаn аjrаlib turаdi. Bu uslub qo‘shmа kеsimlаr ( qаbul qilinsin, tаklif qilindi, yordаm bеrilаdi) ko‘prоq qo‘llаnаdi.
Kirish so‘zlаr, оdаtdа, gаp bоshidа kеlаdi.
So‘zlаr оdаtdаgi tаrtibdа bo‘lаdi, invеrsiyagа dеyarli uchrаmаydi.
vvvvvv Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisislik uslub va badiiy uslub.
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shun­ga ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
2. idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi).
3. Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar.
Начало формы
VVVVVVV


XULOSA:
Ko’rininib turganidek nutq uslublari turli shakllarda bo’lib , so’zlovchining sharoitdan

kelib chiqqan holda so’zlashini talab etadi.O’qituvch o’z ish faoliyati davomida nutq


uslublaridan o’rinli va unumli foydalana bilmog’i zarur. O’qituvchi barcha nutq


uslublarini chuqur egallamog’i, dars jarayonida ulardan samarali qo’llay bilishi lozim.


Demak, axloqni belgilovchi nutq odobiga rioya qilish bizning xalqimizga ajdodlardan


qolgan meros. Ota-bobolarimiz qadimgi davrlardan boshlab axloqiy tarbiyaga katta


e`tibor berganlar. Odobli so`zlash uchun ham avvalo o`zbek adabiy tili me`yorlarini


mukammal o`rganmoq zarur.

O`qituvchi nutqi adabiy til me`yorlariga to`la mos kelishi uchun bu adabiy me`yorlarni


u mukammal o`rganmog’i hayotiy zaruratdir. Agar o`qituvchi nutqi adabiy til


me`yorlariga to’la mos kelsa bu o`quvchilarning yutug’idir. Chunki bola ustozidan


ta`lim oladi, hattoki unga taqlid ham qiladi. To`g’ri, boshqa soha vakillaridan ham


adabiy til me`yorlariga rioya qilgan holda so`zlash talab etiladi. Ammo o`qituvchi


kelajak avlod tarbiyachisi sifatida bola dunyoqarashini shakllantiradi. Shuning uchun


ham o`qituvchi har qanday vaziyatda va har qanday sharoitda o`z nutqiga e`tiboli bo’lmog’i talab etiladi.



Yüklə 31,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin