Sohibov T.F.
5
MUNDARIJA
KIRISH
I. ELEKTRON AXBOROTLAR VA ULAR XAVFSIZLIGI
1.1. Axborotlashgan jamiyatda elektron hujjatlar
1.2. Axborot xavfsizligi va axborot urushlari
1.3. Axborotlar xavfsizligi tushunchalari va himoya tizimlari
1.4. Kriptografiya – maxfiy xabarning ma`nosini yashirish
II. AFFIN TIZIMIDAGI TSEZAR USULIDA MATNLARNI SHIFRLASH VA
DESHIFRLASH DASTURI
2.1. Tsezar usuli va kalit so`zli Tsezar tizimi
2.2. Affin tizimidagi Tsezar usuli
2.3. Affin tizimidagi Tsezar usulida matnlarni shifrlash dasturi
2.4. Affin tizimidagi Tsezar usulida matnlarni deshifrlash dasturi
2.5. Affin tizimidagi Tsezar usulida matnlarni shifrlash va deshifrlashni o`rgatish
metodikasi
III. ISH JOYI MUHITINING OB-HAVO SHAROITI
3.1. Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi.
3.2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari
3.3. Atmosfera tarkibidagi changlar
3.4. Ish joyidagi havo muhiti
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVA
6
KIRISH
Axborot asrida, axborotlashgan jamiyatda dunyoni harakatlantiruvchi asosiy kuch
axborot ekani hech kimga sir emas. Agar qorayib 9 asr davom etgan agrar davrda er,
300 yilga yaqin davom etgan sanoat (industrial) zamonida
asosiy boylik texnika
sanalgan bo`lsa, XX asr oxiriga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoat rivojlangan
mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarishda axborotlar mehnatining asosiy predmeti
bo`lib qoldi. XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo`lgan turli axborotlar oqimi
global tizimda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan bo`ldi. Hozirgi mehnat
resurslarini moddiy ishlab chiqarish sohasidan axborot sohasiga
bevosita jalb etish
tendentsiyasi yuzaga kelgan-ki, bu endilikda axborot inqolobi nomini olgan eng
sezilarli belgiga aylangan. Axborot, energiya, vazn, bo`shliq va vaqtni bir butun
holda batafsil o`rganish hozirgi vaqtda inson hayotining
barcha jabhalarida muhim
ahamiyatga ega bo`lib kelmoqda. Shu bois oliy o`quv yurtlarining XXI asr
bitiruvchilari bundan keyingi axborotlashtirilgan jamiyatda ishlashni yangi
sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondoshishga tayyorlangan bo`lishlari kerak.
Mavzuning dolzarbligi. Sir emas, internet va yuqori texnologiyalardan foydalanish
bugungi kun odamining odatiy ehtiyojlaridan biriga aylangan. Hozir dunyo bo`ylab
aylanayotgan axborot miqdorining oshib, borayotgani hisobiga uning foydali va
zararli tomonlari ham ko`rinib qolmoqda. Ayni paytda
bunda xavfsizlikka ega
bo`lish, uni ta`minlash chora – tadbirlarini ham e`tibordan chetda qoldirmaslik zarur.
Negaki, so`nggi o`n yillikda dunyodagi kiberxavfsizlik tushunchasi batomom
o`zgardi, qachonlardir bir xakerning nojuya hatti – harakatlari sifatida e`tirof etilgan
kiberxurujlar bugungi kunga kelib kompleks shaklga ega bo`ldi va chinakam tahdid
ko`rinishini oldi. Shu bois o`z muhim axborotlarini kiberxurujlardan himoya qilishni
istagan davlatda bu boradagi dasturlar keng ko`lamda tadbiq etilmoqdaki, buning
natijasi o`laroq, kibermakon xavflariga ongli ravishda qarshi ko`rashishga erishish
maqsad qilinmoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda axborot xavfsizligi masalasi dolzarb
ahamiyatga ega.
Shuning uchun, axborot xavfsizligi masalasiga jiddiy qarashimiz,
uning tarixi, qo`llanilgan usullari va erishgan yutuqlari bilan tanishib borishimiz
muhim hisoblanar ekan. Bundan, axborot xavfsizligini ta`minlashning usullaridan biri
bo`lgan ushbu ‘Affin tizimidagi Tsezar usulida matnlarni shifrlash va deshifrlash
7
dasturini yaratish’ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining dolzarb va muhim ekanligi
ravshan bo`ladi.
Ishning maqsadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi orqali axborotlar
xavfsizligi
muammolari, axborotlashgan jamiyatda elektron axborotlardan
foydalanish va uni himoya qilish qanchalik muhim va ahamiyatga ekanligini yoritish,
kriptografiyaning axborotlarni himoyalashning usullaridan biri ‘Affin tizimidagi
Tsezar usulida matnlarni shifrlash va deshifrlash dasturini yaratish’ mavzusini tahlil
qilgan holda, ushbu himoyalash usulini batafsil bayon etish va ta`limiy xarakterdagi
dasturiy mahsulotni yaratish asosiy maqsadimizdir.
Ishning vazifasi. Mavzu doirasida axborotlashgan jamiyatda elektron axborotlar
xavfsizligini ta`minlash muhimligi va uning asosiy
tushunchalarini tavsiflagach,
matnlarni Affin usuli orqali shifrlash va deshifrlash tizimi hamda u orqali matnlarni
himoyalashga doir tahlillarimizni hamda dasturiy ta`minotni yaratishga doir
tadqiqotlarimizni bayon qilamiz.
Ishning amaliy ahamiyati. Biz o`z bitiruv malakaviy ishimizda axborotlarni Affin
usuli orqali shifrlash va deshifrlashni tahlil qilib, ta`limiy xarakterdagi dasturiy
mahsulotni yaratishga e`tiborni qaratishni maqsad qilib oldik.
Bu orqali, axborot
xavfsizligini ta`minlash bo`yicha ta`limiy xarakterdagi ma`lumot va dasturiy mahsulot
yuzaga keladi. Chunki, har qanday kriptotizim uslubi bayoni va matnlarni kompyuter
texnikasidan foydalangan holda shifrlash va deshifrlash dasturi, kriptografiyani
rivojlanishi uchun amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ishning ilmiy yangiligi. Axborot xavfsizlini ta`minlash bo`yicha ta`limiy
xarakterdagi har qanday kriptotizim uslubining batafsil tavsifi va dasturiy tadbigi ilmiy
ahamiyatga ega hisoblanadi.
Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Kompyuter muhitida saqlanayotgan axborotlar va
ularning xavfsizligini ta`minlashning kriptografik usullari.