Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy yangiligi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə4/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy yangiligi. Shu paytga qadar ona tili oʻqitish metodikasida oʻzbek tili hodisalarini xorijiy tillar bilan qiyoslash usullari ishlab chiqilmagan edi. Bitiruv malakaviy ishimizda boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tilini xoriy tillar bilan qiyoslashga doir usul va topshiriqlar ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy ahamiyati shundaki, unda boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tili hodisalarini xorijiy tillar bilan qiyoslashdan foydalanish oʻquvchilarning oʻz ona tilisi xususiyatini chuqurroq tushunishiga yordam berishi asoslab berildi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tili hodisalarini xorijiy tillar bilan qiyoslashdan foydalanish oʻquvchilar nutqida soʻz va qoʻshimchani ortiqcha, nooʻrin qoʻllashning oldini olishga yordam beradi. Bu esa oʻquvchilar nutq madaniyatining oʻsishiga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB.


BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI TA’LIMIDA OʻZBEK TILINI XORIJIY TIL BILAN QIYOSLASHNING LINGVISTIK VA METODIK ASOSLARI

I.1. Tillarning tipologik tasnifi va oʻzbek tilining grammatik qurilishi

Tarixning guvohlik berishicha, oʻz tiliga ega boʻlmagan birorta eng kichik, juda ibtidoiy jamoa ham boʻlmagan. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda koʻrsatilishicha, taxminiy hisoblarga koʻra yer yuzida 5926 dan ortiq til mavjud boʻlib, shundan 500 tasi oʻrganilgan. Masalan, Sudanda yashaydiganlar 117 tilda, Hindistonda 1000 ga yaqin, Dogʻistonda 100 dan ortiq, Kongada 500, Indoneziyada 250 xildagi tillarda gaplashilishi e'tirof etiladi. Dunyodagi xitoy, ingliz, hind, ispan. rus, fransuz, oʻzbek tillarida millionlab soʻzlovchilar boʻlgani holda kamasin, karagas tillarida juda ozchilik odamlar soʻzlashadilar. Ammo hali oz sonli kishilar soʻzlashadigan kamasin, karagas kabi tillar ham mavjud, ammo ularning soni koʻp-ozligidan qat'i nazar har-bir tilng oʻz tarixi, qonuniyati bor va ular oʻz tillarini qalbida avaylab asraydilar. Bu tillarning rivojlanish darajasi va jamiyatda tutgan oʻrni, ularda gaplaashuvchilaming soni turlichadir. 100-200 kishidan tashkil topgan qabilaning tili ham, yuz millionli xalq gapiradigan til ham alohida til hisoblanadi. Mavhum tafakkur sohibi boʻlgan odam turli tillarni eshitganda yoki oʻrganganda ularda asosan ikki jihatdan: moddiy oʻxshashlik (net, not, nicht, nest yoki birodar, brother, Bruder, brat) va soʻzlarning grammatik tuzilishi, negiz yasalishi, gapda soʻzlarning bir-biri bilan bogʻlanish usulidagi oʻxshashlik (oʻzb. kitob + lar + im + iz + da) borligini albatta sezadi. Bu masalalar bilan jiddiy shugʻullanish XIX asrdan boshlandi. Tillarni turlarga ajratish toʻgʻrisida gap borganda genetik (geneologik), morfologik va struktural tasniflashga ahamiyat beriladi. Ba’zan tillarni turlarga ajratish tillar tipologiyasi deb ham yuritiladi. Tilshunoslik fanida bu eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Uni hal qilishga chet el olimlari qatori, oʻzbek tilshunoslari ham oʻz hissalarini qoʻshmoqda.


Ma’lumki, har qanday tipologiya qiyoslashni taqozo qiladi. J.Boʻronovning fikricha, til tizimlarini qiyosiy oʻrganishda umumiy tipologik uslub va tarixiy qiyosiy uslub mavjud.
Umumiy tipologik uslub lingvistik tipologiyani yaratishga xizmat qiladi. Lingvistik tipologiya oʻz navbatida struktural tipologiya universaliyasi, tillarning tipologik (morfologik) tasnifi, maxsus tipologik nazariya va etalon tilni aniqlashni qamrab oladi.
Umumiy tipologik uslub «turli tillar tizimlarini umumlashtirib, qiyoslab oʻrganuvchi uslub».
Hozirgi zamon lingvistik tipologiya fanining asosi boʻlgan struktural tipologiya tilning struktural tilshunoslik uslublariga asoslanib, turli tillarning struktural belgilarini sistemaga soladi va inventarlashtiradi. Struktural tipologiya aniq uslublar asosida til qatlamining differensial belgilarini, tipologik xususiyatlarini aniqlaydi va ularning tipologik tasnifini tuzadi. Struktural tipologiya tildagi har bir strukturani umumiy lingvistik ishtirokchi tarzida rganadi.1 Til universaliyalari barcha tillarga xos til xususiyatlardir. Hamma tillarning vazifalari bir xil boʻlganligi uchun, tillarda qandaydir oʻxshashlik boʻlishi tabiiydir. Tillar strukturasidagi ana shu oʻxshashlik hodisasi tildagi umumiy oʻxshashlik yoki universallik deyiladi.
Til universaliyalari barcha tillar sistemalariga xos umumiy lingvistik kategoriyadir. Til universaliyalari yoki universalizm tildagi umumiy kategoriyalarni oʻrganadi va deskriptiv hamda boshqa uslublarni tilning umumiy qonunlari bilan tipologik umumiylikni aniqlashda qoʻllaniladi. Universalizm til qonunlarining umumlashtirilishi demakdir.
Strukturalizm deduktiv uslub vositasida ish koʻrsa, universalizm induktiv uslub asosida ish koʻradi, ya’ni ma’lum umumiylikni barcha tillar tizimlariga tatbiq etadi.2 Masalan:
agar til faqat suffiksli bo ‘lsa, poslelog albatta boʼladi;
agar til faqat prefiksli bo ‘lsa, predlog ham boʼladi;
agar tilda rod kategoriyasi bo ‘Isa, son kategoriyasi ham bo ‘ladi;
agar tilda rod kategoriyasi otlarga xos boʻlsa, olmoshlarda ham rod kategoriyasi boʻladi.3
Morfologik tipologiya «tillarning grammatik qurilishiga qarab taksonomik guruhlarga boʻlish bilan shugʻullanadi». Bu tipologiya ustida quyiroqda batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Maxsus tipologik nazariya. «Tillar sistemalarini tipologik tadqiq qilish usullari hamda maxsus qoida va uslublarini yaratish, maxsus tipologik nazariyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maxsus tipologik nazariyani yaratishda dunyo tillari sistemasi struktural tipologiyaning obyekti hisoblanadi. U konkret til sistemasini alohida oʻrganuvchi deskreptiv uslub va bir guruh qardosh tillar sistemasini oʻrganuvchi genetik uslubdan foydalanib, umumiy tipologik uslublarni yaratadi.
Tipologik nazariya barcha tillar sistemalaridagi universallikni aniqlashga qodir boʻlishi kerak. Tipologik nazariya universaliyalarini bayon etish usullarini ifodalaydi, tipologiya uchun maxsus atamalar tanlaydi».

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin