Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə15/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

5. Grammatik ma’noning mustaqil soʻz bilan ifodalanishi. Flektiv tillarda ham ayrim qoʻshimcha grammatik ma’noga betaraf boʻladi. Rus tilida -л qoʻshimchasi shaxs ma’nosiga betaraf. Mazkur ma’no namoyon boʻlishi uchun lugʻaviy vosita, mustaqil soʻz, ya’ni olmosh qoʻllanadi (я чита-л, ты чита-л, он чита-л). Olmosh grammatik ma’no ifodalab tejalmay ishlatiladi. Shuning uchun tuslanish jadvalida yoziladi, kesimlikni shakllantirishda zarur unsur sifatida qatnashadi. Rus tilida sodda gapning ikki sostavli boʻlishi, ya’ni ega va kesimdan tuzilishi shu bilan izohlanadi.
Agglutinatinativ tillarda shaxs ma’nosi avvalo soʻzning oʻzagidan anglashiladi (fe’lning oʻzagi II, otning oʻzagi III shaxsni bildiradi). Bundan tashqari fe’lda ham, otda ham har qaysi shaxsni koʻrsatadigan qoʻshimcha mavjud. Bu qoʻshimchalar koʻp ma’noli boʻlib mustaqil soʻz, ya’ni kishilik olmoshi bilan ma’nodosh. Aniqroq qilib aytganda fe’lning shaxs, son, hurmat, mayl, zamon qoʻshimchalaridan -m, -man, -(a)y men olmoshiga; -k,-miz, -(a)ylik biz olmoshiga; -san,-ng, oʻzak sen olmoshiga; -siz,-ngiz, -(i)ng siz oLmoshiga; -di,-gan, -yapti, - adi, -sa,-sin, -moqchi va hokazo u olmoshiga toʻliq yoki qisman ma’nodoshdir. Gapda qoʻshimcha ishlatilishi shart, soʻz (olmosh) esa tejab ishlatiladi. An`anaviy tilshunoslikda shu hodisa toʻgʻri qoidalashtirilgan. Fe’lning tuslaiish jadvalida olmosh yozilmaydi. Lekin mazkur olmoshlarni gapda qoʻllashda (ogʻzaki va yozma nutqda) koʻp holda shu qoidaga rioya qilinmaydi. Ona tili sistem tuzilishining shu xususiyati shoʻro davrida sodda gapning tuzilish jihatdan talqinida inobatga olinmadi.
Xuddi shuningdek mazkur olmoshlarning qaratqich kelishigi bilan egalik qoʻshimchalari orasida ma’nodoshlik mavjuddir: mening shakli bilan -(i)m qoʻshimchasi, bizning bilan -(i)miz, seiing bilan -(i)ng, sizning bilan -(i)ngiz, uning, ularning bilan -(s)i ma’nodoshdir. Bu vositalardan ham biri (olmosh) tejab ishlatiladi, ikkinchisi (qoʻshimcha) tejalmaydi. Bundan tashqari oʻzbek tilidagi soʻz shakli rus, nemis, ingliz tillarida soʻz birikmasiga mos keladi: kitob- im — моя книга, my book deb tarjima qilinadi. Shoʻro davrida flektiv va agglutinatinativ tillar orasidagi shu farqqa ham koʻp e’tibor berilmadi. Binobarin endigi vazifa oʻzbek tilshunosligida soʻz va qoʻshimcha ma’nodoshligi hamda soʻz shakli va soʻz birikmasi munosabatini shu nuqtayi nazardan oʻrganishdir.
6.Grammatik ma’noning qisman qoʻshimcha, qisman soʻz bilan ifodalanishi. Flektiv tillarda ham barcha grammatik ma’no qoʻshimcha bilan ifodalan-masligidan yana bir hodisa shakllangan. Ayrim grammatik ma’no qisman qoʻshimcha, qisman soʻz (yordamchi, vazifasida qoʻllanuvchi soʻz) bilan ifodalanadi. Rus tilida tarz-yoʻsin (aspekt) ma’nosi shunday. Tugallanganlik-tutallanmaganlik (совершенность) ma’nosini ifodalash uchun xoslangan qoʻshimchalar vid kategoriyasini hosil qiladi. Tarz-yoʻsin ma’nosining ayrim koʻrinishi esa soʻz bilan ifodalanadi. Natijada soʻz va qoʻshimcha ma’nodoshligi hosil boʻladi: заплакал –начал плакать kabi. Agglutinatinativ tillarda oʻzak betaraf boʻlgan ma’nodan ayrimini ifodalovchi qoʻshimcha boʻlmasa, ayrimini sistem tarzda, izchil ifodalash uchun xoslangan qoʻshimcha нetarli emas. Jumladan tarz-yoʻsin ma’nosining bir koʻrinishi (takroriylik, davomiylik)ning ifodalanishida qoʻshimcha ishtirok etadi. Bu ma’noni ayrim qoʻshimcha (-yapti, -moqda, -yotir, -yotgan edi) oʻzi bildirsa, ayrimi (-ar edi) unga betaraf boʻlib lugʻaviy yoki boshqa matniy vosita yordamida ifodalanadi. Mazkur ma’noning koʻpchilik koʻrinishi mustaqil soʻz oʻzagidan anglashiladi. Bunday holda soʻz oʻzagining lugʻaviy ma’nosi turli darajada xiralashib, zaiflashib morfologik unsur (qoʻshimcha) tomon siljish roʻy beradi. Soʻz morfologik vosita vazifasini bajaradi, boshqacha aytganda soʻzning grammatikalizatsiyalashuvi voqe boʻladi. Hozirgi oʻzbek tilida bunday vazifada koʻmakchi fe’l deb yuritiladigan oʻttizga yaqin soʻz [32] ishlatiladi. Bu fe’llar tarz-yoʻsinning turli koʻrinishini ifodalash uchun xizmat qiladi: Oʻqib chiqdi, oʻqib boʻldi (tugallanganlik), kulib yubordi (qoʻqqisdanlik), oʻylab oʻtirdi (davomiylik) va hokazo. Bunday ma’nolardan ba’zisi mustaqil soʻz bilan ham ifodalanadi (toʻsatdan yigʻladi). Ta’kid darajasi baland boʻlsa ikkala tur vosita birgalikda qoʻllanadi (toʻsatdan yigʻlab yubordi). Ta’kid nazarda tutilmay bayon nohissiy boʻlsa mustaqil fe’lning oʻzi ishlatiladi (yigʻladi).
Taxmin, gumon, chama ma’nosini bildiradigan vositalar ham shunday xususiyatga ega: -sa + kerak (bugun ketsa kerak), balki + ar (balki borar), balki + gandir (balki tugagandir), -ar, -gandir (borar, koʻrgandir). Xabar manbaini koʻrsatuvchi vositalar ham shu siraga kiradi: meningcha (meningcha oʻqigan), uning aytishicha (uning aytishicha uylangan), -gan (uylangan) va hokazo.
7.Oʻzak takrorining grammatik va uslubiy ma’no ifodalashi. Agglutinatinativ tillarda oʻzakning fonetik imkoniyati cheklanganligi va mustaqil qoʻllana olishi bilan bogʻliq yana bir qodisa mavjud. Bu hodisa grammatik ma’no ifodalashda soʻz oʻzagining aynan yoki qisman takrorlanib ishlatilishidir. Bunday takror mustaqil va nomustaqil, lugʻaviy va grammatik soʻzlarning barchasiga xos. Takroriy soʻz yakka soʻzdan anglashiladngan ma’noning kengayib koʻplik, jamlik ma’nosini namoyon boʻlishi hamda uni kuchaytirilgan, ta`kidlangan va hokazo tarzda ifodalashi bilan farq qiladi. Shoʻro davrida juft va takroriy soʻzlar grammatik vosita sifatida darslik va qoʻllanmalarga kiritildi. Lekin ularni qoʻllashda rus tili ta’siridan hali ham qutulganimiz yoʻq. Masalan oʻzbek tilining xususiyati inobatga olinsa oziq-ovqatlar emas, oziq-ovqat deyish toʻgʻri boʻladi.
8. Oʻzak lugʻaviy ma’nosining xususiylashgan-xususiylashmaganligi. Flektiv tillarda soʻz oʻzagining ma’nosi xususiylashgan, oʻzakdan anglashiladigan tushunchaning koʻlami keng boʻlmaydi. Lugʻatning turkum, guruhlarga ajralishi, uning sintaktik vazifa bajarishi ham oʻzakning shu xususiyati bilan uzviy bogʻlangan.
Agglutinatinativ tillarda soʻz oʻzagining fonetik jihatdan cheklanganligi uning lugʻaviy jihatdan umumiylashishiga olib kelgan. Ayni bir oʻzak turli xil tushuncha anglatadi yoki ularga betaraf boʻladi. Oʻzakning bu xususiyatini ham voqelantirish qisman soʻz yasovchi qoʻshimchaga, asosan matniy vositalarga qoladi. Shunga koʻra lugʻatning turkumlarga ajralishi va uning gap boʻlagi boʻlib kelishi flektiv tillardan farq qiladi. Shoʻro davrida lugʻatni turkumlashda shu farq inobatga olingan deb boʻlmaydi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin