Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə18/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

11.Tilshunosning vazifasi. Bugungi kunda oʻzbek tilshunosligi oldida turgan birlamchi vazifa ona tilining sistem tuzilishi, ya’ni subutiy sifatlariga asoslangan holda adabiy til me’yorlarini isloh qilishdan iboratdir. Bu vazifa osonlikcha hal boʻlmaydi. Negaki inson olami sugʻro boʻlib odami kubro boʻlgan haq taoloning tajallisidir. Haqning zotini toʻla idrok qilish imkoni yoʻqligidan inson uning subutini qisman anglay oladi:
Subutidir aning sakkiz sifoti,
Sifat zoti emas, na gʻayri zoti.(Soʻfi Olloyor)
Faylasuf shoiru olim (Umar Xayyom)ning fikri mana bunday:
Onhoki xulosai jahon eshonand
Bar avji falak barotsi fikrat ronand.
Dar ma’rifati zoti tumonandi falak
Sargashtau sarnigunu sargardonand.
(Jahon xulosasi boʻlgan insonlar
Falakning avjida ot surgan onlar,
Zotini bilishda xuddi osmondek
Egilganu sarson ham sargardonlar).
Til inson ruriy faoliyati maqsuli boʻlganligidan uning ham subuti (sistem tuzilishi)ni toʻla va mukammal idrok qilish imisoni cheklangan. Shu bois koʻpchilik xalq oʻz tilini asrlar osha tadqiq qilib keladi. Malomatli maraz boʻlgan mustamlakachilikdan qutulgan oʻzbek ham bu ishga jiddiy kirishdi. Ishning samarali boʻlishi uchun turkning sitamzarif yigitlari (Navoiy) ruhni mustamlakachilik asoratidan xalos etmogʻi darkor. Shunda baxtsiz turkiy tilni (Fitrat), yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilib, bir chetiga rus ipili ham yopishtirilgan tilimizni (Abdulla Avloniy) ingliz tili soyasiga aylanib qolishidan asray olamiz. Ota-bobolardan meros, bebaho xazina boʻlgan tilimizning subutiy sifatlarini idrok qilishda bir qadam olgʻa qoʻyish imkoni tugʻiladi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin