Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OʻZBEK TILINI XORIJIY TIL BILAN QIYOSLASHDAN FOYDALANISH YOʻLLARI



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə20/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OʻZBEK TILINI XORIJIY TIL BILAN QIYOSLASHDAN FOYDALANISH YOʻLLARI

II.1. "Otda birlik va ko'plik" mavzusini oʻrgatishda xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish


Avvalo boshlangʻich sinf ona tili darsliklarida -lar qoʻshimchasini qoʻllashda tejamkorlikka rioya qilingan-qilinmaganini olib qaraymiz. Bosh va ikkinchi darajali boʻlaklarda mazkur qoʻshimchaning tejab-tejamasligi son kategoriyasi talqini bilan bogʻliq. Bir darslikda koʻp predmetlarni bildirgan soʻzlar kimlar? nimalar? soʻrogʻiga javob boʻladi deyilsa, ikkinchisida predmet nomini bildirib, kim?, kimlar? Yoki nima?, nimalar? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar ot deyiladi. Otlar birlikda (bola) va koʻplikda (bolalar) qoʻllanadi deb koʻrsatiladi.
Koʻrinadiki, otning miqdor ma’nosi yuqori sinf darsliklaridek A. Gʻulomov nazariyasiga asosan talqin qilinib rus tiliga xos xususiyat qoida qilib berilgan. Bunday talqin oʻzbek tiliga mos kelmasligi qoidaning oʻzidan koʻrinib turubdi. Bitta darslikda soʻroq soʻzi mualliflar aytmoqchi birlikda, ikkinchisida koʻplikni anglatadi. Bundan birlik-koʻplik ifodalanishini boshqacha talqin qilish kerakligi anglashiladi. Oʻzbek tilida tub ot faqat birlik, -lar qoʻshilgan ot faqat koʻplik bildirmaydi. Shu inobatga olinsa mazkur qoidada soʻroqlari oʻrniga soʻrogʻi, shuningdek boshqa oʻrinlarda koʻplik ifodalash uchun tub ot qoʻllanganining sababi oydinlashadi.
Maqolda tub ot yaxlit koʻplikni bildiradi: Odobli bola elga manzur. Koʻplik barcha soʻzidagidek boʻlganidan barcha odobli bola ma’nosi anglashilib -lar tejaladi.
Koʻplik mantiqan ayon boʻlsa -lar tejalib tub ot qoʻllanishiga misol uchala darslikda ham uchraydi:unli tovush undosh tovushdan imasi bilan farq qiladi (25, 13). Bitta tovush nazarda tutilmagani oʻqituvchigagina emas, oʻquvchiga ham ayyon.
Koʻplik gapdagi biror vositadan anglashilsa -lar tejalib tub ot qoʻllanadi: hamma yoqni barg qopladi (25, 40) . Otasi unga koʻk, qizil shar berdi (25, 94). Koʻplik birinchi misolda olmoshdan, ikkinchi sifatning takroridan anglashiladi. Quyidagi misolda bu vazifani ot (tinchlik) va fe’l (boʻlib) bajaradi: tinchlik soʻzini boʻgʻinga boʻlib talafuz qiling (25, 13).
Bitta otda qoʻllangan -lar ikkinchisidan ham koʻplik anglashilishiga yordam beradi: ajratib koʻrsatilgan soʻzlarga soʻroq bering (25,10). Soʻroq yorsdamida otlarni aniqlang (3,29). Egalik qoʻshimchasini olgan otlarni aniqlang (3,33). Tub otning ana shu xususiyati e’tirof etilsa darsliklarda koʻp oʻrinda -lar ortiqcha notoʻgʻri qoʻllangani ma’lum boʻldi: tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi (25,12). Soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratib yozing (25,23; 3,17). Soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib koʻchiring. (33,41). Otlardan sifatlar yasang (25,80) . bu misollarda -lar ikkinchi otda tejalsa quyidagi misollarda birinchisidan tejaladi: soʻroqlar yordamida birlik va koʻplikdagi otlarni aniqlab ayting (3,29). Soʻroqlar yordamida toping ( 3, 67). Ayrim gapda -lar ikki marta ortiqcha ishlatilgan: Soʻroqlar oʻriniga otlarga mos sifatlar topib koʻchiring ( 25, 79). Bu misolda -lar umuman qoʻllanmasa boʻladi, chunki mashqda soʻroq soʻz va sifat kabi ot ham bitta emas. Koʻplik keyingi gapdan ayon boʻlganidan quyidagi misolda -lar bir yoki ikki marta tejalishi mumkin: Soʻzlarda qanday qismlar boʻladi (25, 95). Quyidagi misolda -lar uch marta ortiqcha qoʻllangan: Chiziqchalar oʻrniga berilgan otlarga xos fe’llar tanlab gaplar tuzing ( 25, 88).
Koʻplik otning oʻzidan anglashilganda ham -lar tejalishi kerak: Shudgorlangan yerda qurt-qumursqalar yaxshi koʻrinadi ( 33, 94). Yer zararli hasharotlardan tozalandi (33, 94). Ikkinchi gapda koʻplik qoʻshimcha (-ot) bilan ifodalangan boʻlsa, birinchisida takror yordamida namoyon boʻladi. Shu inobatga olinsa koʻpchilik doʻkan peshtoqida yozilga oziq- ovqatlarda ham -lar tejalishi ayon boʻladi.
-lar qoʻshimchasini tejash maqsadga muvofiq boʻlganda oʻrni bilan sondan ham foydalanish kerak. Quyidagi misolda gap soʻzidan oldin ikki-uchta yoki uch- toʻrta qoʻllansa -lar tejalib vazifa oydinlashadi: Soʻzlardan gaplar tuzing (25,36).
Aniqlovchi son va boshqa miqdor bildiruvchi soʻzdan ifodalanganda -lar tejalib tub ot qoʻllanishi uchala darslikda ham uchraydi: nechta gap, ikkita gap (33,3), uch-toʻrta gap (33,12), ikki yoki bir necha gap ( 33,38), qirq xil millat ( 33,61), nechra boʻgʻin ( 25,14), ikki chiziq (25,35), toʻrt – beshta gap (25,3), koʻp kitob (25,36), toʻrt kishi (3,41), oʻnta oʻquvchi (3,36), bir quloch boychechak (3,38), quloch-quloch gul (3,24).
Koʻp holda ana shu qoidaga rioya qilinmasligidan -lar ortiqcha qoʻllangan: toʻrta soʻzlar (33,73), hamma bolalar (33, 123), koʻp narslar (33,123), turli tillarda (33,109), minglab soʻzlar (25,45), koʻp narsalar ( 25, 6, 44, 57), ayrim soʻzlar (25,21) , turli mevalar (25,6), har xil kapalaklar ( 25,80), yuzlab kishilar (3,43), bir milliondan ortiq zararkunandalarga (3,27), hamma shaharlarga (3,36), ayrim soʻzlar (3,19), bir gala chiyaboʻrilar (3,77).
Aniqlovchi miqdor bildirmaydigan soʻzlar ifodalanganda -lar aniqlanmishda tejaladi: Tanafusda derazalarning darchasini ochib qoʻyamiz (25,56). Bayon nohissiy boʻlganidan quyidagi misollarda ham aniqlanmishga -lar qoʻshilmaydi: Yoʻlda ularning ovqatlari tugab qoldi (3,41). Gʻoʻzalarning barglari soʻliy boshladi (2,41). Daraxtlarning barglari sargʻayadi ( 3,9).
Quyidagi gaplarda -lar aniqlovchida emas, aniqlanmishda tejalishi kerak edi: Oyning nomlarini yozing (25,12) Oyning nomlarini fasllarga boʻlib yozing (33,65). Shahar nomlarini alfevit tartibida ayting (33,27).
Bayon hissiy boʻlsa -lar anqlanmishda ham tejalmaydi: daraxtlarning oppoq shoxlari yarqiraydi ( Gʻuncha 3,65). Shabadada daraxtlarning yashil yaproqlari tebranadi (25,103).
Uyushiq ega va koʻmakchili toʻldiruvchida -lar koʻmakchisining tejab- tejalmasligiga alohida izohlanishi kerak. Bayon nohissiy boʻlsa -lar ba’zan tejaladi. Qoʻy , qoʻzi yaylovda oʻtlaydi (25,4).
Oʻzbek tilining xususiyatiga toʻgʻri kelmaganidan -lar koʻmakchisining rus tilidagidek tejalmay qoʻllanishini toʻgʻri deb boʻlmaydi: Javonda oʻquv qurollari: daftarlar, kitoblar, ruchkalar har xil qalamlar saqlanadi (25,72). Bu gapda -lar faqat umumlashtiruvchi soʻzga qoʻshiladi. Quyidagi gapda uyushiq toʻldiruvchining oxirgisida qoʻshilib egada ham tejaladi.: Kosmonavtlar, quruvchilar, dengizchilar haqida markalari bor (3,5). Bayon nohissiy boʻli barisi degan ma’no anglashilganidan quyidagi misolda uyushiq eganing oxirgisiga ham -lar qoʻshilmaydi: Qaldirgʻochlar, uzunqanotlar, koʻkqargʻalar issiq oʻlkalarga uchib keta boshladi (33,31).
Barisi degan miqdor ma’nosi tub otga xos boʻlganidan quyidagi uyushiq boʻlakda -lar ishlatilmaydi: Tovushlar va harflar(25, 11). Boshqa sarlavhalarda ham -lar tejalsa toʻgʻri boʻladi. Koʻplik otning oʻzidan anglashilganidan quyidagi gapda -lar uyushiq eganing birinchisida ham tejaladi. Sabzavotlar va qovun- tarvuz yigʻib olindi. (33,46).
Uyushiq boʻlak oldida miqdor bildiruvchi soʻz qoʻllansa -lar tejalishi kerak: Chiroq atrofida juda koʻp kapalak va parvonalar uchib yuribdi (3,109). Bu gul toʻgʻrisida koʻplab qoʻshiqlar, afsonalar yaratilgan (N.Rahmatov; 3,64)
Bayon hissiy boʻlganda ba’zan -lar tejalib uyushiq boʻlakning oxirgisiga qoʻshiladi:
Nizom deydi: - Kecha va kunduzlar!
Olim deydi: - Odam, jonivor, daraxtlar!
(Q.Muhammadiy; 25.65-66)
Bu she’rda his-tuygʻu (sevinch, shodlik) -lar va ohang bilan ifodalangan boʻlsa quyudagi misolda ta’kid faqat -lar vositasida ifoda etilgan: Qish. Qor yogʻyapti. Kun sovuq. Keng dalalar mevali bogʻlar, baland togʻlar oq choyshabga oʻralgan koʻrinadi (25,60).
Endi kesimda -lar tejalib-tejalmasligi haqida fikr yuritamiz. Egadan koʻplik anglashilsa kesimda -lar tejaladi: Bu qonunga xilof ish tutgan kishilar xato qiladi ( I. Karimov; 31,1). Shu payt uchta a’lochi oʻquvchi qoʻshni maktabdan bizni yangi yil bilan tabriklash uchun kirib keldi (3, 66). Bunday qoʻllanish she’rda ham uchraydi: bolalar ahil boʻlsa, Shudir bizning baxtimiz ( M. Hayitmetov; 25;77). Lekin nazariya taqazo qilinganidan toʻrtala darslikda ham bu qoidaga aksar rioya qilinmagan. Oqibatda bolalar. Oʻquvchilar oti, ular olmoshiga bogʻlangan fe’l kesimda 30-40 martadan -lar ortiqcha ishlatilgan. Boshqa otlar ham qoʻshib hisoblasa har qaysi darslikda yuzlab oʻrinda tejamkorlikka rioya qilinmaganligi ma’lum boʻladi.
Har bir darslikdan kesimga -lar ortiqcha qoʻshilganiga bir nechtadan misol keltiramiz. Quyidagi gaplar 1-sinf ona tili darsligidan olingan: Bolalar yana qanday oʻyinlar Loʻynayaptilar? (,5). Qadimda odamlar baland osmonda uchishni orzu qilganlar (,81).
Mana bu misollar 2-sinf ona tili darsligidan: Ishchilar mashinalarni zavodda yasaydilar (,34). Bolalar donxoʻrak yasadilar (,35). Yovvoyi kaptarlar bogʻda yashaydi. Bolalar ularga don beradilar (,35). Shuning uchun kishilar uni uyda boqadilar (,38). Aka-ukalar uyga qaytayotgan edilar (,51). Bu gapda egaga ham -lar ortiqcha qoʻshilgan. Kishilar qalam, ruchka, oʻchirgʻicmh soladigan quticha oʻylab topganlar (,67). Oʻquvchilar unda yozuv qurollani saqlaydilar (,67). Tomoshabinlar ularni olqishladilar (,81). Karim, Salim, Halim Oqsoy qishlogʻida yashaydilar (,85).
Quyidagi misollar 3-sinf ona tili darsligidan: Kishilar soʻzlaydilar (, 4). Faqat insonlargina soʻzlashhni biladilar (,4). Oʻquvchilar sayohatga boradilar (,5). Oʻrtoqlari undan xafa boʻldilar (,17). Dunyodagi xalqlar bir soʻzni sevinib aytadilar (,28). Ikki dugona uy vazifalarini oʻz vaqtida puxta bajaradilar (,34).
Yuqori sinf darsliklaridagidek moslashuv qoidasig qat’iy rioya qilinganidan koʻplikdagi egaga bogʻlangan ot kesimda ham -lar tejalmagan: Bular qanday hayvonlar ? (25,82). Bular qanday gaplar? (25,29) . Ular qanday gaplar? ( 25.27). Choynak, payola, stakan idishlar. Doʻppi, palto, koʻylak- kiyimlar (25, 66). Bu gaplarni oʻqib katta arava qaydan yursa, kichik arava shundan yurar ekan-da deging keladi. Aks holda kesimga qoʻshigan -lar ruscha gap soyasi ekanligini payqab undan voz kechish u qadar qiyin ema edi.
Ona tilining xususiyati ega koʻplikda boʻlganda kesimda -lar tejalganidek kesimdan koʻplik anglashilganda egada ham -lar tejalishini taqazo qiladi: Nega harf soni koʻp? (33,230) Istagimiz doʻst – koʻpaysin ( P. Moʻmin; 33,47) Lekin, koʻp oʻrinda bu qoidaga rioya qilinmagan: Fermada sigirlar koʻp (25,54), Qaynamagan suvda mikroblar koʻp boʻladi ( 25, 58). Unli tovushlar nechta? ( 25,15). Bogʻda gilos, olxoʻri daraxtlari koʻp (33,25).
Oʻktamning stolida silliq qilib qoʻyilgan savagʻichlar, taxtachalar, yelim, iplar qalashib yotardi (H. Nazir ; 3, 107). Shoir she’rlar, gʻazallar yozaveribdi (O. Husanov 3,7).
Oʻqituvchi bu mavzuni otishda otdan olfin son kelganda oʻzbek, rus, ingliz tillarida otning qanday shaklda boʻlishini qiyoslab koʻrsatadi.
Oʻquvchilar, oʻnta qalam rus tilida десять карандашей, ingliz tilida then pensils deyildi. Ya’ni rus, ingliz tillarida otdan oldin son kelganda otga koʻplik qoʻshimchasi qoʻshiladi. Oʻzbek tilida esa -lar qoʻshimchasi qoʻshilmaydi. Ya’ni oʻnta qalamlar deyilmaydi. Bunday deyilsa xato hisoblanadi.



Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin