Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


II. 4. Boshlangʻich sinflarda oʻzbek tili hodisalarini xorijiy til bilan qiyoslashga doir tajriba-sinov ishlari



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə23/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maxfirat diplom iwi new

II. 4. Boshlangʻich sinflarda oʻzbek tili hodisalarini xorijiy til bilan qiyoslashga doir tajriba-sinov ishlari


Men pedagogik amaliyot davrida Romitan tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 4-“V” sinfida ona tili darslarida o‘quvchilarni o‘z nutqida soʻzlarni toʻgʻri biriktirishga o‘rgatishga doir topshiriqlardan foydalandim. Tajriba-sinov yakunida quyidagi natijalarga erishdim:
1. O‘quvchilarda oʻzbek tilidagi grammatik hodisalar: son (birlik va koʻplik), egalik, shaxs-son ma’nolarining ifodalanishi rus, ingliz tillaridan farq qilishi haqida tushuncha hosil boʻldi.
2. Oʻquvchilar oʻzbek tilida mazkur ma’nolarning ifodalanishida qoʻshimcha va soʻz tejalishini tushunib yetdi.
3. O‘quvchilar o‘z og‘zaki va yozma nutqida qoʻshimcha va soʻzni tejab ishlatadigan boʻldi.
O‘quvchilarni o‘z nutqida son, egalik, shaxs-son shakllarini toʻgʻri qoʻllashga o‘rgatishga doir ishlar samaradorligini tekshirish uchun tajriba va nazorat sinflarida oʻzbek va rus, ingliz tillarida son, egalik va shaxs-son ma’nolarini qiyoslash asosida qiyosiy tahlil o‘tkazdim. Tahlil uchun quyidagi topshiriqdan foydalandim:
Topshiriq
Berilgan soʻz birikmalari va gaplarni oʻzbek tiliga tarjima qiling:
Five pensils, пять карандашей, На столе лежат ручки, карандаши, книги и тетради. My mother is teacher. Мой брат футболист. Я люблю читать сказки. I go to school every day.
Berilgan soʻz birikmalari va gaplar oʻzbek tiliga toʻgʻri tarjima qilinsa quyidagicha ifodalanadi: beshta qalam, Stolda ruchka, qalam, kitob va daftarlar yotibdi. Onam oʻqituvchi. Akam futbolchi. Ertak oʻqishni yaxshi koʻraman. Har kuni maktabga boraman.
Demak, oʻzbek tilida soʻz va qoʻshimcha tejaladi.
Tajriba va nazorat sinfi o‘quvchilari bu topshiriqni quyidagicha bajardi.



Jami o‘quvchi



Soʻz birikmasi va gaplarni toʻgʻri tarjima qilgan oʻquvchi soni

15 ‒ 19 ta

10 ‒ 15 ta

6 ‒ 9 ta

5 ta

Tajriba sinfi
4-V

32

22

6

2

2

Nazorat sinfi
4-B

30

11

5

7

7

Jadvaldagi ustunchalarga baholash mezonlari asosida yondashsak 1-ustunchadagi o‘quvchilarga 5 baho, ikkinchi ustunchaga 4 baho, uchinchi ustunchaga 3 baho, to‘rtinchi ustunchaga 2 baho qo‘yish mumkin. Shu asosda sifat ko‘rsatkichini hisoblasak tajriba sinfidagi o‘quvchilarning sifat ko‘rsatkichi 87,5 % ni, nazorat sinfidagi o‘quvchilarniki esa 53, 3 % ni tashkil etadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki tajriba sinfida soʻz va qoʻshimchani tejab ishlatish ko‘nikmasi nazorat sinfiga nisbatan ancha yuqori.



Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin