221
daromadlar xukumat xarajatlarini qoplovchi Markaziy bankdagi
kaznacheyliklikning foizsiz raqamiga o`tkaziladi. (Moliya vazirligi).
Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat
zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o`zining
portfelini to`ldirish uchun davlat qog’ozlarini sotib olish, davlatga
(xukumatga) tugri gazna kreditlarini berish bilan shugullanadi.
Davlat byudjetining defitsiti sharoitida ko`pgina mamlakatlarda
Markaziy bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish
funktsiyalari kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish
uchun usullardan foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining
kurslariga ta`sir ko`rsatish maqsadida ularni sotadi va sotib oladi,
sotish shartlarini o`zgartiradi, turli yo`llar bilan xususiy investorlar
uchun ularni jozibadorligini oshiradi.
Davlatning vakili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank
mamlakatning oltin-valyuta zaxiralaridan foydalanadi, milliy pul
birligi kursini ushlab turish uchun valyuta bozorlarida valyuta
intervitsiyasi kabi vositalardan foydalanadi. Markaziy bank xalqaro
valyuta-kredit tashkilotlarda o`z mamlakati nomidan qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: