327
Bu ziddiyat har bir davlatning oltin standartdan boshlab, to hozirgi
kungacha bo`lgan evolyutsiyasini belgilab berdi. Masalan, oltin
standart davridagi oltinning tartibsiz oqimi (davlatlar o`rtasida)
oxiroqibatda ularning ishlab chiqaruvchi kuchlariga salbiy ta`sir etdi.
1929-1933 yilgi iqtisodiy krizis valyuta mexanizmining oltin standart
davridagi holatiga putur etkazdi: erkin valyuta almashinuvi qattiq
valyuta cheklovlari bilan almashdi, valyuta bloklari va zonalari tashkil
topdi, baynalmilallashuv jarayoni to`xtatildi. Bretton-vudsda tuzilgan
xalqaro hisobkitoblar modeli valyuta mexanizmini tiklashga qaratilgan
qadam bo`ldi. U aniq belgilangan tamoyillar asosida ish yuritar, uning
ustidan nazoratni XVF o`z bo`yniga olgandi.
Bretton-Vuds valyuta mexanizmi XX asrning 70 yillari
boshlarigacha faoliyat yuritdi, u milliy manfaatlarni xalqaro
majburiyatlar bilan birlashtirdi: davlatlarning nisbiy mustaqilligi
(ichki iqtisodiy siyosatni o`tkazish sohasida) xalqaro kredit tizimi
ishtiroki bilan ta`minlanardi. U o`z ichiga XVF krediti, zayomlar
to`g’risida bosh kelishuv (1961 yil), Markaziy banklar o`rtasidagi
svop kreditlari va boshqalarni olar edi.
O`tgan asrning 70 yillari boshida rivojlangan davlatlar
iqtisodiyoti shunday chegaraga yaqinlashdiki, bunda keyingi iqtisodiy
o`sish butun bazasini yangilash, valyuta ta`minotining samaradorligini
oshirishni talab etardi. SHuning uchun 1971-1973 yillardagi
«suzuvchi» valyuta kurslarining kiritilishi JVTning evolyutsiyasining
qonuniy bosqichi edi. Hozirgi suzuvchi valyuta kurslari tizimi asosida
xalqaro hisobkitob tizimida chuqur tarkibiy o`zgarishlar bo`lishiga
olib keladi. Ular nafaqat moliyaviy operatsiyalar hajmining o`sishida
(ular savdo operatsiyalari bilan 10:1 nisbatni tashkil etishdi), balki
moliyaviy oqimlar harakatining davlat byudjeti, soliq va kredit
siyosatidagi farqlarda o`z aksini topadi. Va shu munosabat bilan
mamlakatlar o`z milliy valyutasi kursini mustaqil belgilash imkonini
oldilar.
SHunday qilib, hozirgi valyuta tizimida, xalqaro va
baynanminallik o`rtasidagi nisbat milliy omillar tomoniga xal bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: