168
faoliyatini tashkil kilishning boshidan oxirigacha qatnashib, uning
xajmi ortib borsada, belgilangan kapital miqdori oxir oqibatda o`z
egasi - kreditorga kaytib to`lanishi lozim.
2.
Ssuda kapitalining o`ziga xos xususiyati, uning tovar sifatida
ekanligidir. Kreditor tomonidan pul mablag’lari qarzdor korxonaga
“sotiladi”, Korxonalar bu kapital xisobidan chiqarish vositalari va ish
kuchini sotib oladilar. Ssuda kapitalining tovar sifatidagi iste`mol
qiymati - qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida
qarzdor oladigan foyda xisoblanadi. Ssuda kapitalining iste`mol
kiymati oddiy tovarning iste`mol kiymatidan far qiladi. Ssuda kapitali
bo`yicha olingan foidaning bir kismi ssuda foizini tulash uchun
ishlatiladi.
3.
Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi
o`rtasidagi munosabatning uzok davom kilishidir. Ssuda kapitalining
kreditordan qarz oluvchiga o`tish jarayoni davrlar bo`yicha tarkatilgan
to`lov mexanizmining bosqichlarida ifodalanadi. Masalan, oddiy
savdo sotik jarayonida sotilgan tovarning narxi shu zaxotiyok
to`lanadi. Kredit resurslari va ulardan foydalanganlik uchun to`lovlar
odatda ma`lum vaqt o`tgandan keyin to`lanadi.
4. Ssuda kapitali xarakatining o`ziga xos xususiyatlaridan yana
biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali
xarakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz
oluvchi)o`rtasidagi munosabat, ya’ni kapital xarakati, pul (P-T)
ko`rinishida bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: