201
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy
darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai
nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan
mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga
solib turadi.
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz
aylanishlarning rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan
depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan
chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi)
cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o`tkazish, shu bilan
birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz
oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit
mul’tiplikatsiyasi (ya`ni mablag’larning bir bankdan boshqasiga
zanjirsimon shaklda o`tkazilishi) va kredit ekspantsiyasi deb nom
olgan.
Markaziy bank tomonidan o`rnatilgan majburiy zaxira talablari
bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi
bo`lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: