307
banklar o`rtasida vaqtincha bo`sh resurslarni
tezda qayta taqsimlash
imkonini beradi. Banklararo bozordan likvidlilikni ta`minlash
uchun
turli muddatlarga mablag’larni jalb qilish
mumkin, shu jumladan, bir
kunga ham. Bu bozordan mablag’larni olish operativligi umumiy
moliyaviy kon`yunktura, banklararo bozorning tashkiliy shakli va
albatta bankning obro`siga bog’liq.
Ko`rib o`tganimizdek, bankning likvidlilik va to`lovga qo-
biliyatlilik holati bank faoliyatidan tashqarida bo`lgan bir qator tashqi
omillarga ham bog’liq. Bular qatoriga quyidagilar kiritiladi:
– mamlakatdagi umumiy siyosiy va iqtisodiy vaziyat;
– qimmatli qog’ozlar va banklararo kredit bozorlarining ri-
vojlanish darajasi;
– qayta moliyalashtirish tizimi;
– Markaziy bank nazorat funktsiyasining samaradorligi.
Mamlakatdagi umumiy siyosiy va iqtisodiy vaziyat bank
operatsiyalari rivojiga turtki beradi, bank faoliyati iqtisodiy asoslarini
mustahkamligini ta`minlaydi, mamlakatdagi va xorijiy investorlarni
banklarga ishonchini mustahkamlaydi. Ko`rsatib o`tilgan shartlarsiz
banklar puxta depozit bazasini hosil qila olmaydi, operatsiyalarning
rentabelligini ta`minlash, aktivlar sifatini oshirish, boshqaruv tizimini
takomillashtirish kabilarni uddalash qiyin kechadi. Tijorat banklari
bank tizimining bir qismi sifatida mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy
o`zgarishlarni o`zida aks ettiradi, o`z navbatida, tijorat banklarning
holati mamlakatdagi umumiy ahvolni belgilaydi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganligi likvid mablag’lar
foydaliligini yo`qotmagan holda aktivlarni pul shakliga aylantirishni
eng tez va optimal variantini qo`llash imkoniyatini beradi. Bunday
holat fond bozori rivojlangan davlatlar uchun, ayniqsa, xarakterlidir.
CHunki aktivlarni qimmatli qog’ozlarga joylashtirish vositasida bank
bir vaqtning o`zida ham likvidlilikni ta`minlaydi, ham kerakli
daromadga ega bo`ladi. Banklararo kredit bozorining rivojlanganligi
banklar o`rtasida vaqtincha bo`sh resurslarni tezda qayta taqsimlash
imkonini beradi. Banklararo bozordan likvidlilikni ta`minlash uchun
turli muddatlarga mablag’larni jalb qilish
mumkin, shu jumladan, bir
kunga ham. Bu bozordan mablag’larni olish operativligi umumiy
moliyaviy kon`yunktura, banklararo bozorning tashkiliy shakli va
albatta bankning obro`siga bog’liq.
YUqoridagi omil bilan birga qayta moliyalashtirish tizimining
likvidlilikka ta`siri o`zaro chambarchas bog’liq.
308
Banklar faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillar
Qayta moliyalashtirish tizimi
Markaziy bankning tijorat
banklarini kreditlash jarayonidir. Likvid mablag’larga ehtiyoj
tug’ilganda tijorat banklari Markaziy bankdan qayta moliyalashtirish
stavkasida kredit olishi mumkin bo`ladi. Bu omilning bevosita ta`siri
shundan iboratki, qayta moliyalash stavkasi ortganda likvidlikni
ta`minlash uchun kreditlar omili qimmatlashib qoladi yoki aksincha.
Dostları ilə paylaş: