347
21.3. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi,
maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari.
Mintaqaviy rivojlanish banklari.
XMKga a`zolikka kirishda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
–
XTTBa`zoligi;
–
XMK kelishuv moddasini imzolash.
XMK turli xil tarmoqlardagi loyihalarni moliyalashtiradi,
ularga, qishloq xo`jaligi, tog’ sanoati, ishlab chiqarish, turizm va
boshqalarni kiritish mumkin. Ammo birinchi navbatdagi yo`nalish,
xususiy sektor bo`lib hisoblanadi. XMK faoliyatining to`rtta asosiy
yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin:
–
xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish;
–
rivojlanayotgan
mamlakatlardagi
tashkilotlarga
xalqaro
moliya bozorlaridan kapital jalb qilishda yordamlashish;
–
ta`lim, sog’liqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirishga
yo`naltirilgan xususiy investitsiyalar yo`lidagi to`siqlarni bartaraf
etish, shuningdek, innovatsion moliyaviy mahsulotlardan foydalanish
va salohiyatni oshirish orqali ichki moliya bozorlarini rivojlantirish;
–
xukumatlarga maslahat va texnik yordam ko`rsatish.
XMKning xususiyati shundaki, uning mablag’laridan investitsiya
olish uchun korxona va tashkilotlarga kredit berilganda, JTTB va
XRA talab qilgandek a`zo mamlakatlarga hukumat kafolatlari talab
qilinmaydi. Bu xususiy kompaniyalar uchun ular faoliyati ustidan
davlat nazoratidan saqlaydi, va rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish manfaatlariga xizmat qiladi.
Demak, xalqaro moliya institutlari jahon iqtisodiyotini barcha
jabxalarini iqtisodiy oshirish, ijtimiy va iqtisodiy muammolarni xal
etishda ularni mablag’lari hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Hozirgi kunda Respublikamizda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi
(XMK), Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va
Taraqqiyot banki (XTTB), Evropa Tiklanish va Taraqqiyot banki
(ETTB), Osiyo tarraqqiyot banki (OTB), Islom taraqqiyot banki
(IsTB), Germaniya tiklanish va taraqqiyot banki KfW Development
Bank (KFW) singari chet el banklari va boshqalar tomonidan ochilgan
hamda respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo`lgan milliy
iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o`zgarishlarni ta`minlaydigan investitsiya
loyihalarini kreditlashga mo`ljallangan kredit yo`nalishlari xizmat
qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: