130
Bundan tashqari, yillik bazaviy inflyatsiyaning yuqori darajasi
iqtisodiyotda uzoq vaqt davomida sekin-asta kamayib boradigan
turg’un inflyatsion jarayonlarning saqlanib qolayotganidan dalolat
beradi. Bazaviy inflyatsiyaning sekin pasayishiga olib keladigan
omillardan biri tartibga solinadigan narxlar oshirilishining ikkilamchi
ta`siridir.
Shu bilan birga, 2017–2018 yillarda bazaviy inflyatsiyaning
qiymati bir necha barobar ortishi bilan birga uning tarkibida ham
sezilarli o`zgarishlar kuzatildi (6-rasm).
Jumladan, 2017 yilning boshida bazaviy inflyatsiyaning 28 foizi
oziq-ovqat mahsulotlari va 56 foizi nooziq-ovqat mahsulotlari
narxlari oshishi evaziga shakllangan bo`lsa, 2018 yilning
sentyabr’ oyiga kelib oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 51 foizga,
nooziq-ovqat mahsulotlari ulushi 38 foizga teng bo`ldi. Ushbu davrda
bazaviy inflyatsiyada oziq-ovqat tovarlaridan go`sht mahsulotlarining
hissasi katta bo`ldi. Xususan, 2018 yilning boshida mazkur
guruhning hissasi avvalgi yil boshiga nisbatan 6 barobarga oshib,
5 foiz bandni tashkil etdi va sentyabr’ oyiga kelib 3 foiz bandgacha
pasaydi. Nooziq-ovqat tovarlaridan kiyim- kechak va qurilish
mollarining hissalari keskin oshdi. 2018 yilga kelib, kiyim-kechak va
oyoq kiyimlar hissasi 2 barobarga oshgan bo`lsa, qurilish mollarining
bazaviy inflyatsiyadagi hissasi 2017 yilning boshiga nisbatan 6
barobargacha oshdi.
Dostları ilə paylaş: