16 va undan katta yoshda topshiriladigan davlat imtihonlari GCSE - General Certificate of Secondary Education. 10-o’quv yilini
boshlovchilar va may/iyun imtihonlari bilan 11-o’quv yilini yakunlovchilar uchun
2 yillik kurs. Ballar tizimi: «A»dan «G» gacha («U» - o’tib bo’lmaydigan ball).
Agar bola «A» level kursidan ko’proq fan o’rganishni istasa, u GCSE
imtihonlarida shu fan bo’yicha «S»dan past ball olmasligi kerak.
«GCSE» imtihonlari uchun 10 tagacha fanlarni tanlash mumkin, lekin
o’rtacha 6 ta fan topshiriladi.
GCE «A» Level - General Certificate of Education Advanced Level. Oliy
o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun, 12-o’quv yilini boshlovchilar va 13-o’quv
yilini may/iyundagi imtihonlar bilan yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs. Ballar
tizimi: «A» dan «E» gacha, GCSE darajasida imtihon topshirishda «N» balli
tenglashtiriladi. «U» - o’tib bo’lmaydigan ball.
Imtihonlar topshirish uchun 1, 2 yoki 3 (ba’zan xatto 4) fan tanlanadi.
«AS» Level — 1 yillik kurs. Natijalari «A» level 1/2 ballariga tenglashtiriladi
.
Barcha yuqorida ko’rsatilgan imtihonlarning natijalari avgustning uchinchi
haftasida e’lon qilinadi.
Keyingi ta’lim Keyingi ta’lim (studentlarning) 16 va undan katta yoshdagi talabalarning oliy
o’quv yurtlariga kirish uchun jadal tayyorlaydigan turli kurslarda o’qishlariga
mo’ljallanadi. Bunday ta’lim turli fanlar bo’yicha tayyorlaydigan, texnika va tijorat
fanlarining eng quyi darajadan boshlab, to yo’naltirilgan kurslargacha, biznes
sohasida, ma’muriyatchilik va xo’jalikning nufuzli doiralarida yuqori malakali
xodimlar tayyorlashga yo’naltiradigan «keyingi ta’lim» kollejlarida bo’lishi
mumkin. Shuningdek, o’qishning davomi nokasbiy yo’nalishdagi kurslarda ham
bo’lishi mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan GCSE va «A» level kurslari ham
tegishlidir. Kunduzgi o’qish kurslariga qo’shimcha tarzda o’qishni ish bilan birga
olib boruvchilar uchun qator sirtqi va kechki kurslar ham mavjud. «Keyingi
ta’lim» kollejlari tijorat va ishlab chiqarish korxonalari bilan chambarchas
55
bog’langan va asosan ishchilar ixtisosligi bo’yicha kadrlar tayyorlaydi, ammo
«keyingi ta’lim»ning ko’p kollejlari oliy o’quv muassasalari bilan chambarchas
bog’liqdir. Bu kollej talabalariga oliy ma’lumot olishlari uchun universitetda
o’qishni davom ettirishlariga imkon beradi.