O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
qiyosiy pedagogika

Grenada ta'lim tizimi
Maorifi: inglizcha tizim ta'sirida tarkib topgan. 6-14 yoshli bolalar uchun 
majburiy bepul ta'lim joriy etilgan. Xususiy maktablar ham bor. Boshlang'ich
maktabda ham, o'rta maktabda ham o'qish muddati-7 yil. Hunar-texnika va 
pedagogika bilim yurtlari bor. Grenadada Vest-Indiya unstitutning 1 ta fakulteti 
joylashgan.
Gretsiya ta'lim tizimi 
 
 Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari:
Maorif tizimi 4 
bosqichga bo'linadi: 6 yillik, 3yillik o'rta va 3yillik o'rta maxsus, shuningdek, oliy 
ta'lim. Umumiy va o'rta ta'lim majburiydir. Gretsiyada 17 unstitut va bir qancha 


57 
texnika institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki unstitutlari, Afina politexnika 
instituti. Ilmiy muassasalari: Afina akademiyasi (1926 yil tashkil etilgan; unda bir 
qancha institutlari va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin institut, universitet va bir 
qancha ilmiy jamiyatlar, Afina shahridagi Milliy rasadxona (1842 yil tashkil 
etilgan) va boshqalar. Gretsiyadagi Milliy kutubxona (1828 yil tashkil etilgan), 
Afina shahridagi Deputatlar palatasi kutubxonasi, unstitutlar kutubxonalari yirik
kutubxonalardir. Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874 yil tashkil 
etilgan). Akropol (1878 yil ochilgan), Vizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix 
muzeyi (1882), San'at asarlari milliy galereyasi (1900) hammasi Afina shahda 
joylashgan. 
 Gruziya ta'lim tizimi 
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari:
Qadimgi yunon 
tarixchilari bergan ma'lumotlarga ko'ra Gruziya hududidagi davlatlarda maorif 
antik davr namunasida tashkil etilgan. 3-a. ning 2-yarmida asos s rivojlantirish 
sohasida ko'p ish qildi 4-a.da xristianlik davlat diniga aylangach, cherkov va 
monastirlar huzurida maktablar ochildi. Biroq, chet ellik istilochilarning
bosqinlari gruzin madaniyati rivojini uzoq vaqt to'xtatib qo'ydi. 13-asrga kelib 
katta fan va maorif markazlari-Gelat (G'arbiy Gruziya) va Ikaltey (Sharqiy 
Gruziya) akademiyalari barpo etildi, 17-asr 2-yarmidan chet ellarda gruzin alifbo 
va darsliklari boshladi. Gruziya davlatchiligi tugatilgach (1801), maorif tizimi 
Rossiya namunasi asosiga o'tkazildi. 2000 yil Gruziyadagi 3500dan ko'proq 
umumiy ta'lim maktabi va o'rta maxsus o'quv yurtlarida 850 mingga yaqin bola 
o'qidi. Gruzin va abxaz maktablari bilan bir qatorda rus, arman, ozarbayjon va 
osetin maktablari ham mavjud. Gruziyada 19 oliy o'quv yurti, jumladan Tbilisi va 
Suxumi unstitutlari, politexnika, qishloq xo’jalik, tibbiyot va b. institutlar bor. 
2000 y Gruziyadagi oliy o'quv yurtlarida 100 mingdan ko'proq talaba ta'lim oldi. 
200 ga yaqin pullik oliy maktablar ham mavjud. Asosiy ilmiy kuchlar
Gruziya 
Fanlar akademiyasi
ga birlashgan. 2000 yil Gruziyada 110 muzey ishladi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin