58
5. Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimining yutuqlarini O’zbekistonda
tadbiq etish
mumkinmi?
Mavzu: Ayrim rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya tizimi va
qiyosiy tahlil.
Reja:
1. AQSH ta’lim tizimi va uning tarkibi.
2. Niderlandiya ta’limining ayrim masalalari.
3. Saudiya Arabistoni ta’lim tizimi.
Tayanch so’zlar:
maktabgacha tarbiya; boshlang’ich maktab; o’rta maktab;
dastur; litsey; oliy ta’lim.
AQSH ta’lim tizimi.
Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya
muassasalari;
— 1-8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda
bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
— 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17
yoshgacha
bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u
2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amalga oshiriladi.
So’nggi bosqich, dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil
etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv
yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida
bo’lishi mumkin.
Shunisi
diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf
o’quvchilaridan tashqari barcha o’quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilan band
bo’ladilar. AQSH maktablarida o’quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut.
Amerika konstitustiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi shtatlar
boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta’limni mablag’
bilan
ta’minlash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o’quv yurtlarida faoliyatni
muvofiqlashtirib borishni Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim
ishlari
vazirligi olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo’lib ajralib chiqdi.
Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo’yicha AQSH dunyo mamlakatlari
o’rtasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. AQSH ta’lim tizimining rivojlanish
sur’ati ancha yuqori bo’lib, uning boshlang’ich ta’lim bosqichida o’qishi lozim
bo’lgan bolalarning 99,9 foizi o’rta bo’g’ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O’quvchilar
umumiy sonining 46 foizi o’rta
maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga
kiradilar. Barcha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh,
shu jumladan,
59
ta’tilning oliy bosqichida 12 million yigit-qiz tahsil oladi. AQSHda har 10 ming
aholiga 307 talaba to’g’ri keladi. Bu jahonda yuksak ko’rsatkichlardan biridir.
Bulardan tashqari AQSHda har yili 33 million kishi uzluksiz ta’lim va malaka
oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million o’qituvchi mehnat qiladi.
Hap yili o’rta maktabni 3 million o’quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta’lim
bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga
30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.
Dostları ilə paylaş: