O’qituvchilarni ishga qabul qilish Vazifaga kirishish
Yangi o’qituvchi uchun dastlabki bir necha yil og’ir kechishi mumkin. Bir
qancha davlatlarda (Avstriya, Belgiya, Angliya, Daniya, Fransiya, Germaniya,
Grestiya, Irlandiya, Italiya, Shotlandiya, Shveytsariya) yangi o’qituvchini dastlabki
tayyorgarlik kursini muvaffaqiyatli yakunlab, ishga kirish arafasida baholash davri
mavjud.
Avstriyada sinov muddati bir yildan iborat. Maktab xodimi yangi
o’qituvchining faoliyatini kuzatib borishga javobgar hisoblanadi. Yangi o’qituvchi
yil davomida haftada bir marta pedinstitutga katnash imkoniyatiga ega.
U bu muddatni qay darajada muvaffaqiyatli o’tkazganini maktab jamoasi,
ilmiy mudir, maktab inspektori va pedinstitut xodimi hal qiladilar.
Belgiyada o’qituvchi stajer bo’lgunicha 240 kun vaqtinchalik o’qituvchi
bo’lib ishlashi lozim. Stajirovka yana bir yilni o’z ichiga oladi. Bir yildan so’ng
stajyor faoliyatini ilmiy mudir hamda maktab inspektori baholaydi. Ilmiy mudir va
maktab inspektori bayonotiga asosan mazkur o’qituvchining lavozimiga loyiq
ekanligi yoki sinov muddatini yana biron yilga uzaytirish lozimligi yohud uning
faoliyati umuman qoniqarsiz ekanligi hal qilinadi. Germaniyada sinov muddati
bo’lg’usi o’qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi.
6 daraja mavjud: 1 — eng yuqori, 5 yoki 6 qoniqarsiz. O’qituvchi birinchi
darajada 12 oy sinov muddatida faoliyat yuritadi, 2 — 15 oy, 3 — ikki yil.
Maktab inspektori ilmiy mudir qarashlariga asosan sinov muddati nechog’li
samarali o’tganligi haqida qaror qabul qiladi.
Daniyada sinov muddati ikki yil davom etadi. Yakuniy qaror asosan ilmiy
mudir axboroti asosida maktab kengashi tomonidan qabul qilinadi. Grestiyada dars
o’tishning dastlabki ikki yili sinov muddati hisoblanadi. Shundan so’ng o’qituvchi
maktab maslahatchilari tomonidan baholanadi. Baho ijobiy bo’lgan holda
o’qituvchi o’z vazifasida doimiy qoldiriladi.
71
Shotlandiyada yangi o’qituvchi ta’limga muvofiq kursni tugatgan hamda
UO’Kning shartli ruxsati bilan o’qituvchi hisoblanadi. To’liq ro’yxatdan utish
faqatgina ikki yillik sinov muddatidan so’nggina amalga oshiriladi.