O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna


Ish joylarida tayyorgarlik o’tkazish qarori



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
qiyosiy pedagogika

Ish joylarida tayyorgarlik o’tkazish qarori
Fransiyada Vazir har yili kelgusi o’quv yilida o’qituvchilar tarkibini 
tayyorlash mashqlarida hisobga olinadigan prinstiplar, rahbarlik va eng ahamiyatli 
narsalar. bayonnomasini ishlab chiqadi. Maktab direktori mashqlarning milliy 
dasturini tayyorlaydi. Quyidagilar eng zarur deb hisoblanadi:
— Bilimlarning zamonaviyligi;
— O’qitish usullarini takomillashtirish;
— Boshqaruv malakasini rivojlantirish.
Grestiya ta’lim vazirligi milliy darajadagi malaka oshirishga javob beradi. U 
eng zarur narsalarni aniqlaydi, masalalar qo’yadi va mashg’ulotlar shakli hamda 
mazmuni yuzasidan qaror qabul qiladi. Shuningdek, shunta mos qonunchilik 
asoslarini ishlab chiqadi. Italiyada malaka oshirish to’rt xil harakat ko’rinishidagi 
tayyorgarlik bo’yicha milliy dasturga asoslanadi:
— Milliy tizim;
— Mintaqaviy tizim; 
— Viloyat tizimi;
— Mahalliy o’qituvchilar kengashlari.
Irlandiya Respublikasi ta’lim departamenti malaka oshirishni tashkil qiladi
belgilaydi va unga xomiylik qiladi. Bir qancha agentlar departamentga 
ehtiyojlariga javob beruvchi o’z takliflarini kiritadilar. Takliflar inspektorlar 
tomonidan ko’rib chiqiladi. Shotlandiyada Davlat kotibi 75 foiz miqdor fondni 
alohida grantlar tizimining eng asosiy sohalari kurslariga ajratadi. Homiylik 
jabhasi departament tomonidan ta’lim boshqaruvi avvaldan xabardor inspektorat 
ishtirokida ko’rib chiqiladi.
Kurslarga muqarrar va erkin qatnashish
Yevropaning bir qancha davlatlarida davomiyligi bir necha kun bo’lgan 
majburiy malaka oshirish haqida qaror qabul qilingan (Finlyandiya, Irlandiya, 
Norvegiya, Partugaliya, Shotlandiya, Ispaniya). Boshqa mamlakatlarda bir kunlik 
konferenstiyalarga ishtirok etish majburiy hisoblanadi (Belgiya va Fransiya).
Belgiyada har yili mahalliy inspektorlar tomonidan ish joylarida 
uyushtiriladigan ikki-uch kunlik kurslarga qatnashish majburiydir. Inspektorlar 
tomonidan qo’shimcha kurslar ham tashkil qilinishi mumkin, biroq ularga 
qatnashish majburiy emas. Shotlandiyada o’qituvchilarga tayyorgarlik uchun har 
yili 5 kun ajratiladi va uning berilishiga ta’lim bo’limi javob beradi. 50 soat 


73 
minimum ishni rejalashtirish vaqti (IRV) har yili o’qituvchilarning maktabning 
kengroq miqyosdagi ehtiyojlari uchun ajratiladi. Ta’lim rejasini qayta ishlash, 
o’qituvchilar malakasini oshirish, maktabning ichki aloqalari, kasbiy kamolot, 
pedkengash va ta’lim bo’limi yig’ilishlarida kasbdoshlar bilan uchrashishni misol 
qilish mum- kin. O’qituvchi 50 IRVning 20 soatini direktor ko’magida individual 
ish uchun ajratish huquqiga ega.
Butun professional faoliyati davomida o’z ehtiyojlarini qondirish uchun 
Fransiyada o’qituvchilarga tayyorgarlik kurslarida ishtirok etish uchun(36 hafta) 
kredit ajratiladi. Ularga kurslarga o’z ixtiyori bilan qatnashishi huquqi beriladi. 
Ularning 
qatnashuvi 
ta’lim bo’yicha tuman inspektorati tomonidan 
rag’batlantiriladi. Niderlandiyada o’qituvchilar malakasini oshirishning qiziq 
o’ziga xosligi bor — ularda hatto ishsiz o’qituvchilar ham mashg’ulotlarda ishtirok 
etish huquqiga ega.
Yevropa Ittifoqining har bir davlatida joylarda tayyorgarlik o’tkazish uchun 
qanchadan pul sarflanishini aniq aytish qiyin. Biroq shuni aytish lozimki
mashg’ulotlarga ajratilgan mablag’ ta’lim uchun ajratilgan umumiy mablag’ning 1 
foizga yaqinini tashkil etadi.
Bir qancha davlatlarda (Angliya, Niderlandiya, Shotlandiya) o’qituvchilar 
tayyorgarligiga ajratilgan mablag’ maktablarga beriladi. Maktablar o’z 
ehtiyojlarini o’zlari aniqlaydi yoki ularni mavjud vositalar, ba’zan tashqi agentlar 
yordamida belgilaydilar. Bu ehtiyojni qondirish tizimini yaxshilash hamda ish 
sifatini oshirishga olib keladi. Hukumat zimmasida mashg’ulotlarni milliy 
tashabbus miqyosida mablag’ bilan ta’minlash vazifasi qoladi.
Angliya va Uelsda o’qituvchilar malakasini oshirishni mablag’ bilan 
ta’minlash uch manba asosida shakllanadi:
— Hukumat miqyosida. Bunda fond mahalliy ta’lim organlari vositasida 
taqsimlanadi.
— Mahalliy ta’lim bo’limlarining o’z mablag’lari. Bir qismi maktablarga 
berilib, bir qismi o’qituvchilarni joylarda tayyorlashga ajratiladi.
— Malaka oshirish mashg’ulotlarini mablag’ bilan ta’minlash fondi. 
O’qituvchilarni tayyorlash agentligi maktab o’qituvchilari uchun ochilgan 
kurslarga homiylik qiladi.
Angliya va Uelsda 23000 boshlang’ich va o’rta maktablarning 400000 
o’qituvchisini qayta tayyorlash uchun har yili 800 millionga yaqin dollar 
sarflanadi.
Norvegiya 
hukumati 
malaka 
oshirish 
kurslariga 
o’qituvchilarning 
qatnashuvini mablag’ bilan qo’llab-quvvatlashni o’z zimmasiga oladi. 
O’qituvchiga islohotlar bilan bog’liq predmet bo’yicha bilimlarni mustahkamlash 
va boshqa maktab masalalari bo’yicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi. Daniya’ning 
har bir maktab boshqaruv kengashi yillik byudjetdan o’qituvchilar malakasini 
oshirish uchun kerakli mablag’ni ajratishni zim- masiga oladi. Har bir maktab 
direktori maktabning o’qituvchilarni qayta tayyorlash siyosatini aniqlaydi, har bir 
mashg’ulot turiga fond ajratish, o’qituvchilarni kurslarga taqsimlash masalalarini 
bajaradi.


74 
Gretsiya ta’lim vazirligi o’qituvchilarni tayyorlashning barcha turlari bo’yicha 
mablag’larni rejalashtirish va boshqarishga javob beradi. O’z vaqtida mintaqaviy 
boshqaruv organlari ijro etuvchi rolini o’ynaydi.
5 oylik tayyorgarlik kurslarini yo’l-yo’lakay o’tovchi doimiy o’qituvchilar 
hali ishga kirmagan, tayyorgarlik bosqichini o’tagan o’qituvchilar bilan 
almashadilar. Belgiyada o’quvchilar ta’tilga chiqqanida o’qituvchilar uchun 2-3 
kunlik tayyorgarlik kurslari uyushtiriladi.
O’zbekistonda o’qituvchilar malakasini oshirishni o’tkazishning asosiy 
tomonlari : 
-o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini o’z predmeti bo’yicha oshirish;
— o’qitishning yangi usullarini o’rganish;
— tajriba almashish va tajribali pedagoglarning ta’limi;
— kompyuter malakasini o’rganish va takomillashtir ish.
Asosiy zaif tomonlar:
— o’qitishning yomon usullari;
— zarur va zamonaviy adabiyotlarning etishmasligi;
—malaka oshirish institutlaridagi yomon sharoit; 
— keraksiz predmetlarning ko’pligi;
— kompyuter texnologiyasini egallashining past darajasi;
— yuksak malakali pedagoglarning etishmasligi.
O’zbekistonda o’qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish 
usullari:
— chet davlatlarda stajirovka va chet el tajribasini o’rganish; 
— malaka oshirish institutlariga tajribali ma’ruzachilarni jalb qilish;
— zamonaviy metodik adabiyotlarning qo’llanilishi;
— kompyuter malakalarini o’zlashtirish;
— malaka oshirish institutlarining mintaqaviy filiallarini tashkil qilish;
— o’qitishning zamonaviy usullari;
— amaliy mashg’ulotlar ustuvorligi;
— o’quvchilar fikriga e’tibor berish;
— o’quvchilar ehtiyojlariga katta e’tibor berish.
O’qituvchilar doimiy kasbiy rivojlanishda o’z ehtiyojlarini aniq belgilay 
oladilar. Ular o’qitish usullarini boshqa tajribali o’qituvchilar bilan muhokama 
qilib aniq baholay oladilar va kompyuter malakalarini takomillashtiradilar. Bir 
vaqtda o’qituvchilarning aksariyati ma’ruzalarni qiziq emas va zerikarli, o’qitish 
usullarini yomon va ba’zilari xatto malaka oshirish institutlariga qatnashish vaqtni 
va pulni bekorga sarflash deb hisoblaydilar.
Vaziyatni o’zgartirishning birinchi usuli — chet el tajribasini qo’llash 
hisoblanadi.
Yevropada o’qituvchilar tarkibini takomillashtirish talablarini tahlil qilish 
an’anasi shakllangan. Rivojlanish rejasi mavjud institutlarda takomillashish 
zarurati xodimlar bo’yicha yig’iladi va jamoatchilik e’tiboriga havola qilinadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin