O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna


Mavzu: Ayrim Afrika mamlakatlari ta’lim tizimi tahlili



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
qiyosiy pedagogika

Mavzu:
Ayrim Afrika mamlakatlari ta’lim tizimi tahlili

Reja: 
1.Jazoir ta'lim tizimi. 
2. Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi. 
3. Zambiya ta'lim tizimi. 
Tayanch tushunchalar: 
Maorifi , hunar-texnika ta'limi, milliy muzey.
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari.
 
Jazoir mustaqilikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta 
universitet, 170 ta boshqa oliy o'quv yurtlari, 700 ta hunar-texnika ta'limi 
markazlari bor. Mamlakatdagi umumta'lim maktablarida 260 mingdan ortiq 
o'quvchi, oliy o'quv yurtlarida 200 ming talaba ta'lim oladi. Eng yirik kutubxonasi- 
Jazoir shahridagi milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin asar). Yirik muzeylari-Jazoir 
milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari milliy muzeyi (1897) va b. 
Asosiy ilmiy muassasalari Jazoirdagi Yadro tadqiqot instituti (1966), 
Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, 
Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz
Paster instituti (parazitologiya vamikrobiol.), gigiyena, traxoma va tropik 
oftalmologiya, stomatologiya institutlari shug'ullanadi.
 Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi. 
 
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. Hozirgi JAR hududiga 
yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr o'rtalarigacha) afrikalik yoshlarga ta'lim 
berish an'anaviy afrikacha yo'ldan borgan: yosh avlodga turmush ko'nikmalari va 
hayot falsafasini o'rgatar edi. Yevropalikalarning dastlabki manzilgohlari barpo 
etilgach, ularning farzandlari cherkov ruhoniysida diniy kitob o'qishni o'rganardi. 
xristian dini targ'ibotchilari (missionerlar) 18-asr oxiri-19 asr boshlarida dastlabki 
maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yevropaliklar va 


85 
mahalliy millat bolalarining alohida-alohida o'qishini joriy etdilar. 1995-96 yil 
o'quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag' 
ya'ni davlat byudjetining 21,2 % sarflandi. Jami o'quvchilar 9,3 mln kishiga yetdi. 
Boshlang'ich maktab o'qituvchilari kollejlarga, o'rta maktab o'qituvchilari 17 
universitet va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Pretoriya, 
Vitvatersrand, Stellenbosh, Keyptaun universitetlari. Yirik kutubxonalari: 
Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875 yilda tashkil topgan), Keyptaundagi 
shahar (1952), Parlament (1857), Janubiy Afrika ommaviy (1818) kutubxonalari, 
Keyptaun 
universitetining 
kutubxonasi 
(1829). 
Asosiy 
muzeylari: 
Blumfonteyndagi milliy muzey, Janubiy Afrika tabiat tarixi muzeyi, Janubiy 
Afrika madaniyat tarixi muzeyi, Keyptaundagi Milliy galereya. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin