O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
qiyosiy pedagogika

Zambiya ta'lim tizimi. 
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalar. Zambiya mustaqillikka 
erishgach, boshlang'ich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga 
o'qitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlang'ich maktabda o'qiydi. 
Boshlang'ich maktabning 1-4 sinflarda darslar ona tilida, so'ng ingliz tilida olib 
boriladi. O'rta maktab 5 yillik. Boshlang'ich maktablar uchun o'qituvchilar kichik 
(to'liqsiz) o'rta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2-3 yil davomida 
tayyorlanadi. Kichik o'rta maktab o'qituvchilari esa to'liq o'rta maktab negizida 
pedagogika kollejlarida 2 yil davomida , to'liq o'rta maktab o'qituvchilari institutda 
tayyorlanadi. Hunar-texnika ta'limi boshlang'ich maktab negizidagi hunar 
maktablarida va hunarmandchilik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada 
universitet (8 f-t), Kitve-Nkanada uning filiali bor. Zambiyada yana bir qancha 
institut va kollejlar shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy 
hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish 
kolleji va b. Yirik kutubxonalari: Lusakada Zambiya universiteti kutubxonasi, 
Zambiya kutubxonalar boshqarmasi, shahar ommaviy kutubxona, Ndola va Kitve-
Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. 
Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy-muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan 
partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar. 
Mavzu:
Ta’lim sohasini isloh qilishda xalqaro tajribalarning ahamiyati. 
Ta’limni isloh qilishning muhim yo’nalishlaridan biri, uning tarkibini qayta 
qurishdir. Dunyo mamlakatlarida an’anaviy boshlang’ich ta’lim ommaviy bo’lgan 
bo’lib, u ishlab chiqarishni bilimli (savodli) ishchi kuchi bilan ta’minlanar edi. 60-
70-yillar oxirida esa, demokratiyalashtirish to’lqinida dunyo mamlakatlarida o’rta 
ta’limni kengaytirish, shuningdek, oliy ta’limni rivojlantirish yo’lga qo’yila 
boshladi. Bu holat 70-yillarda umumiy o’rta ta’limni tashkil etish vazifasini o’z 
oldiga maqsad qilib qo’ygan Sobiq SSSRga ham taalluqlidir. 
Iqtisodiy gullab-yashnashning asosi bo’lgan ta’limni saqlab qolish va uning 
sifatini oshirish ehtiyoji ko’plab davlatlarda ta’limni standartlashtirish 
muammolarini birinchi o’ringa qo’ydi. 


86 
Shu o’rinda Sobiq Ittifoq tadqiqotchisi B.S. Gershunskiy va V.M. 
Berezovskiylarning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joiz: - «Standartlashtirish bu 
istalgan jabhada biron narsani maqsad qilish va natijasini baholash bosqichlari 
bilan birga o’tkaziladigan muolajadir»
1

AQSH ta’lim Departamentining ko’rsatmasiga binoan:
«Standartlar bu shunga qaratilganki, ya’ni undagi ishtirokchilar bilishi va 
qila bilishi lozim».
2
Standartlashtirish birinchi, asosiy muammo sifatida asosan markazdan 
boshqarilmaydigan, ya’ni AQSH, Buyuk Britaniya singari davlatlarda, ya’ni 
ko’proq yagona umum milliy talablarga ehtiyojlar mavjud bo’lgan davlatlarda 
paydo bo’la boshlagan. 
Bu ko’proq Sobiq Ittifoq tasarrufidagi respublikalarga taalluqlidir.
AQSH da esa, islohot maqola, ma’ruzalarda, ya’ni nomining o’zi mavjud 
ta’lim tizimidan qoniqmaslikdan guvohlik berib turgan: «Millat xavf ostida: 
maktabni isloh qilish zarur» (1983yil), «XXI asr uchun ta’lim» (1983 yil) kabi 
ilmiy maqolalarda o’z aksini topgan. Ularda amerika talaba va o’quvchilariga 
ta’limning yuqori bosqichlaridagi bilim berishning sayozligi tanqid qilindi. 
80-yillarning oxirlarida esa, qator, ya’ni maqsadi ta’limni yaxshilashga 
qaratilgan qonun aktlari qabul qilingan.
«Amerika–2000: ta’lim istiqboli» (1991) deb nomlangan hujjatda ta’kidlanishicha 
2000 yil amerikalik o’quvchilar o’zlarining boshqa mamlakatlardagi 
tengdoshlaridan matematika va tabiiy fanlarni egallashda yuqori ko’rsatkichlarga 
erishadi deyilgan. 
1991 yilda AQSH ta’lim standartlari va test usulidagi ta’limning davlat 
standartlarini rivojlanishi bo’yicha Milliy Kengash tuzildi. Komissiya tuzilib, 
uning ishtirokida matematika, ingliz tili, tabiiy fanlar, tarix, geografiya, 
fuqarolikka kirish, san’at singari fanlardan ta’lim standartlari yaratildi. 1993 yil 
ta’lim standartlarini matematika yo’nalishida ishlab chiqish yakunlandi. Qolgan 
standartlarni ishlab chiqish 1994-95 o’quv yilida tugatilishi lozim edi.
AQSHda shtatlardagi va maktab okruglaridagi avtonomiya’ning yuqori 
bosqichi umummilliy ta’lim standartlarining yaratilishida asosiy muammo bo’lgan. 
Shundan so’ng, ta’lim Departamenti standartlarning majburiy emasligi 
to’g’risida qaror qabul qildi.
Angliyada esa ta’lim standartlarini yaratishda boshqa yo’ldan bordi. 
Markazlashmagan ta’lim, ya’ni bunda maktablar katta mustaqillikdan 
foydalanishdi va ularning o’zaro o’quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, tanqid 
qilishga keng yo’l (ayniqsa sanoat doiralarida) ochildi. 
Ta’lim predmetlari yuqori va to’liqsiz o’rta maktablar uchun 80-yillarning 
oxirida ingliz tili (adabiyot), matematika, din va jismoniy tarbiyadan yaratildi. 
Shuningdek, birinchi marta Angliyada majburiy maktab uchun o’quv rejasi 
tuzish haqidagi takliflar ta’limning Bosh nazoratchisining «11-16 yoshlar uchun 
o’quv reja» (1977yil) tuzishidan boshlangan. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin